11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Ekologik tarbiya – tarbiya nazariyasining yangi shakli
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
Ekologik tarbiya – tarbiya nazariyasining yangi shakli
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo'nalishlari mavjud. Bu yo'nalishlar ichidan pedagogik yo'nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo'lib, maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o'rgata boriladi. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe» ni ochib, birinchi so'zini xijjalab o'qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» deb ta'kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichiklagidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Ekologik tarbiyada o'quvchilarni o'z maktabini; yashaydigan muhiti-shahar va qishloq ko'chalarini ko'kalamzorlashtirish, mevalli va manzarali daraxt ko'chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi еtgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog'liqdir. Agar bu masala oilada to'g'ri yo'lga qo'yilmagan bo'lsa, uni maktablarda, keyingi ta'lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo'ladi. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an'analarni vujudga keltirganlar. Bolalar go'daklik chog'laridanoq ahloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko'kalamzorlashtirish xissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash; xojatxonalarni ariiq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash; yong'in chiqmasligi chorasini ko'rish; turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki ko'rib qolganlaridan foydalanish; nihollarni sindirib, payxon qilmaslik; qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti- harakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uini iflos qilma, Chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o'zing iste'mol qilasan", "Pishib еtilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo'ladi, Chunki unda ahli mo'minning nasibasi bor" deb pandu- nasixatlar qilganlar. Islomdan avval zardushtiylik dinida tabiatni, xususan, suvni iflos yoki isrof qilgan kishi 400 darraga maxkum etilgan. Suvga hurmat islom dinimizda ham saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta'sirida xalqda ko'plab maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyatlar, ertaklar vujudga kelgan. Ekologik ta'lim va tarbiyalash tizimi bolalar bog'chalarida, umumiy ta'lim maktablarida, keyingi ta'lim bosqichlarlda hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Bu o'rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik savodxonlikning pastliligi uqtiriladi. Masalan, hozir ko'plab odamlar mollarini ekinzorlarda, bog'larda xatto mevali va manzarali daraxtlarga bog'lab boqadigan bo'lib qolishmoqda. Axir o'tmishda xalqimiz qaramog'idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan- ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan еrda emas, alohida ajratib qo'yilgan yaylovlarda o'tlatgan yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o't-o'lanlar payxon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan. Daraxtlarga, o'simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan. Ma'lumki, inson aqli uning umumiy rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8 yilida 30 foizini, 8-17 yilda esa 20 foizni tashqil qiladi. Shuni hisobga olib, ekologik ta'lim-tarbiyani; asosan, bog'cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog'cha bolalarida avval ekologik ta'lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o'qituvchilarga ekologik ta'lim-tarbiya beriladi. O'lkamizming tabiiy o'simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan yoshlarni maktab Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling