-har kanday fikrni aytish mumkin, fikrlar xech qanday motivlarsiz vazifaga
qarab aytiladi.
-g‘oyalar
tanqid qilinganda, ularni muxokoma qilish fikrlar va muloxazalar
tugaguncha davom etadi. Hamma fikrlar qayd qilib boriladi.
Aqliy hujum o`tkazilib bo`lingandan so`ng vazifani еchish bo‘yicha berilgan
takliflar o‘rganilib chiqilishi lozim. Aqliy xujum ma‘ruza, amaliy mashg‘ulot (10-
15 kishi) bilan o‘tkaziladi. Bu usul katta guruxlarda xam (120 va undan ortiq)
yangi goyalarni ishlab chiqish samaradorligini sezilarli
darajada ochishini
ta‘minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik (5-6 kishi) guruxlarga bo‘linib, ular xal
qilinadigan ijodiy vazifa va muammo buyicha 15
daqiqa davomida mustaqil
ravishda aqliy, masalan, radioaloka-yo‘ldoshli aloqa to‘g‘risida xujum
o‘tkazadilar. Shundan so‘ng xar bir kichik guruh vakillari o‘z
guruxlarida ishlab
chiqilgan g‘oya xaqida axborot beradilar va o‘qituvchi raxbarligida jamoa bo‘lib
baxo beradilar va ularning eng yaxshilari tanlab olinadi. Aqliy xujum
tinglovchilarini faollashtiradi va charchoqni еngadi.