1.1. Mashg‟ulotning o‟qitish texnalogiyasi
O`quv vaqti
– 80 daqiqa
Talabalar soni: ________
Mashg‘ulot
shakli:
Informatsion ma’ruza
Ma`ruza
rejasi:
1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida.
2. Pedagogika fanining metodologiyasi.
3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
4. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi va
fanlar
tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.
5. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Mashg’ulotning maqsad: Pedagogika nazariyasi fanining predmeti,
maqsad va
vazifalari haqida tushuncha berish
Pеdagogik
vazifalar:
Вo‘lg‘usi
pedagog
kadrlarda
jamiyatimiz
taraqqiyoti
yo`nalishidagi yaxlit
tushunchani
shakllantirish.
Pedagogika
fanining
maqsad va vazifalari
haqida
bilim berish
Ma’ruza mazmuni:
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-
«yetaklamoq» degan ma‘noni bildiruvchi lotincha «daydagogos»
so‘zlaridan paydo bo‘lishi quyidagicha izohlanadi: eramizdan
oldingi
I asrlarda Gresiyada, quldorlarning bolalalarini
ovqatlantiradigan,
sayrga olib boruvchi, tarbiyachi-qullarni
«pedagog» deb atalgan. U bolalarning kamolga еtishiga mas‘ul
bo‘lgan. Quldorning bolasini еtaklab maktabga olib borgan va olib
kelgan. Maktabda ishlovchi o‘qituvchilarni «didaskallar»
(didayko-men o‘qitaman) deyishgan.
Feodalizm jamiyatiga kelib
esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorligi natijasida ta‘lim-tarbiya
bilan maxsus shug‘ullanuvchilar vujudga kelgan. Ularni chex
pedagogi Ya.A.Kamenskiy ta‘kidlaganidek, «pedagog» deb
nomlaganlar va bu so‘z hozir ham ta‘lim-tarbiya
beruvchi
o‘qituvchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: