11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Talabalar mustaqil ta‘limini baxolash mezoni


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Talabalar mustaqil ta‘limini baxolash mezoni. Talabalarning
mustaqil ishi bo‘yicha faoliyati o‘quv rejasidagi xar bir fan uchun mustaqil ishga 
ajratilgan soatdan kelib chiqqan xolda xisoblangan ballar bo‘yicha reyting tizimi 
asosida baxolanadi. 
Talabaning mustaqil ta‘lim bo‘yicha reytingi «Talabalar bilimini 
baxolashning reyting tizimi xaqida» nizomga ko‘ra aniqlanadi. 
Talabaning mustaqil ta‘lim bo‘yicha faoliyatini baxolashda uning 
topshiriqlarni qanchalik tuliq, to‘g‘ri va sifatli bajarilganligi, Yangi bilimlarni 
o‘zlashtirish darajasi, topshiriqlarni bajarishga qanchalik ijodiy yondashganligi, 
topshiriqlar bajarish muddatiga qanchalik amal qilganligi xisobga olingan xolda 
ball qo‘yiladi.
Eng yaxshi bajarilgan topshiriqlar, referatlar, ma‘ruza matnlari va shu 
kabilar talaba nomi bilan institut saytiga kiritiladi. 
Kelajagi buyuk davlatni bunyod etishda yangicha fikrlaydigan, bozor 
munosabatlari sharoitlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadigan yuksak malakali, 
chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir. Mamlakatimiz rivojlangan 
davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy axborot tizimlari 
va texnologiyalarini inson faoliyatining barcha jabhalariga, shu jumladan ta‘lim 
tizimiga keng joriy etish muhim omillardan biridir. Oliy ta‘lim muassasalarining 
o‘quv-tarbiya jarayonida mustaqil ta‘limni samarali tashkil etishning psixologik 
asoslarida talabalarning mustaqil bilim olishi ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini 
shakllantirishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli fan 
o‘qituvchisi oldida: 
• talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va 
rivojlantirishda fanning ahamiyatini oshirish; 
• mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va uni talabalar 
tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirish; 
• talabalarning bilish faoliyatini va o‘zlashtirish darajalarini 
rivojlantirish asosida o‘qitishning usul va shakllarini takomillashtirish; 
• ta‘limda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash usullarini 


ishlab chiqishdek muxim vazifalar turadi. 
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ta‘limda talabalarning mustaqil bilim 
olishini kuchaytirishga qaratilgan topshiriqlar yordamida amaliy dasturlardan 
foydalanishga o‘rgatish zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2005 yil 25 
fevraldagi 34-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 2005-2006 o‘quv yilidan 
boshlab o‘quv jarayoniga kiritilgan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat 
qilish va baholash tartibi to‘g‘risida»gi namunaviy Nizomda «Talabaning mustaqil 
ishi-o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv 
ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u uslubiy va axborot resurslar bilan ta‘minlanadi 
hamda bajarilishi reyting tizimi asosida nazorat qilinadi», deb qayd etilgan. Bu esa 
talabalarga fanlardan mustaqil ish topshiriqlari berish orqali ularni mustaqil ta‘lim 
olishga undashni talab etadi. Talabalar mustaqil ta‘limi tashkiliy shakllari 
o‘qitilayotgan fan xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli kafedralar 
tomonidan aniqlanadi. Guruxdagi talabalarning o‘zlashtirish darajalari va shaxsiy 
qobiliyatlarini e‘tiborga olib mustaqil ta‘lim topshiriqlari to‘plamlari ishlab 
chiqiladi. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagogik kadrlarni 
tayyorlashda mustaqil ta‘limni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Lekin, o‘quv 
jarayonida kompyuter vositalari yordamida talabalarning fanlarni mustaqil 
o‘zlashtirishi va o‘zlashtirgan bilim darajalarini aniqlovchi kompyuter dasturini 
yaratish va undan foydalanish metodikasi hamda uni takomillashtirish еtarli 
darajada o‘rganilmaganligi, ayniqsa, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va 
kommunikasiya vositalaridan foydalanib mustaqil ta‘limni tashkil etishga еtarlicha 
e‘tibor berilmayotganligi sezilmokda. Shuning uchun ham hozirgi kunda oliy 
ta‘lim tizimida fanlardan mustaqil ta‘limni tashkil etish va talabalarning bilim 
olishi uchun kompyuter dasturlari yaratish hamda ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida 
foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri ekanligi 
shubhasizdir. 
Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» qabul qilinganligi natijasida ta‘lim tizimida zamonaviy pedagogik 


texnologiyalardan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash, ta‘lim 
tizimida yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, jumladan, 
kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ta‘lim sifatini 
oshirish, o‘quv jarayoniga oid zamonaviy o‘quv-nazorat dasturlari ishlab chiqishga 
bo‘lgan talab kuchaymoqsa. Shu sababli ta‘lim sifatini yaxshilash yo‘lida 
uchraydigan muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlarga zaruriyat 
yanada ortib bormoqda.
Mustaqil 
ta‘lim 
topshiriqlari 
va 
ularning 
mazmunini 
ishlab 
chiqish; talabalarning mustaqil ta‘lim mazmunini o‘zlashtirishlari, ularning bilim 
darajalarini aniqlovchi pedagogik dasturiy vosita yaratish va undan foydalanish 
metodikasini ishlab chiqish; talabalarning mustaqil ravishda o‘zlashtirgan 
bilimlarini aniqlash uchun kompyuter dasturidan fanni o‘qitishda foydalanish 
metodikasini ishlab chiqish. 
Talabalarning faolligini oshirishda ularning mustaqil bilim olishi muxim o‘rin 
tutsa, ularning mustaqil olgan bilim darajasini aniqlash jarayonida esa, ularning 
mustaqil ishlashi turadi. Talabaning mustaqil bilim olishida mustaqil ta‘limni 
tashkil etish uslubiyatining o‘ziga xos talablarini xisobga olish zarur. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling