11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Individuallik - shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari. 
 
Institut - bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy 
va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturlarini 
amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi. 
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat 
(oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni 
asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va 
hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat 
pedagogik jarayon. 
 
Iqtisodiy ta‘lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, 
xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq 
munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy 
bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
 
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, 
fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
 
Kadrlar 
malakasini 
oshirish 
va 
ularni 
qayta 
tayyorlash 

mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda 
chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta‘lim bosqichi. 
 
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning 
tahlili hamda ta‘lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida 
tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, 
ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqlol 
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi 
avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling