Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikasiyalash) - muayyan hodisani
oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf - yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan, ma‘lum o‘quvchilar
guruhi.
Surdopedagogika (yunoncha «surdus» – kar) - eshitish qobiliyati
buzilgan
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi fan;
korreksion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta‘lim metodi.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy
qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy
tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi,
xulq-atvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya
jarayoni
-
o‘qituvchi
va
o‘quvchi
(tarbiyachi
va
tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: