11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Kadrlar tayyorlash milliy modeli


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Kadrlar tayyorlash milliy modeli - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz 
ta‘lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro 
hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak 
ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, 
loyiha Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta‘lim 
sohasidagi xizmatlarning iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi; 
 
davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va 
ularni qabul qilib olishning kafillari; 


uzluksiz ta’lim – malakali, raqobatbardotsh kadrlar tayyorlashning asosi 
bo‘lib, ta‘limning barcha turlarini, davlat ta‘lim standartlarini, 
kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish 
muhitini o‘z ichiga oladi
 
fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, 
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi; 
 
ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning 
tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni 
belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini 
moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta‘minlash jarayonining 
faol ishtirokchisi. 
 
Kasb-hunar kolleji - o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va 
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar 
bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish 
maqsadida tegishli davlat ta‘lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta‘limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim 
muassasasi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling