11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Axloqiy tarbiyaning vazifasi


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Axloqiy tarbiyaning vazifasi 
O'zbek maktabida o'quvchilarni axloqiy tarbiyalash, sadoqatga asoslangan eng 
insonparvar, adolatli va oliyjanob, ahloqining ijobiy tomoni tobora to'laroq 
nomoyon bo'ladi. Bizning axloqimiz umuminsoniy, ma'naviy boyliklarni ham, 
kishilarning axloqiy me'yorlari va ular o'rtasida eksplutasiyaga qarshi, ozodlik 
va ijtimoiy tenglik, baxt-saodat va tinchlik uchun ko'p asrlik kurash jarayonida 
xalq ommasi yaratgan munosabatlarni ham o'z ichiga oladi. 
-Jamoatchilik axloqi. Uning asossiy tamoyili. ―bir kishi hamma uchun, 
hamma bir kishi uchun‖, degan g'oyadan iboratdir. U xudbinlik, o'zini va o'z 
manfaatini ko'zlashni rad еtadi, umumxalq jamoa va shaxsiy manfaatlarni o'zida 
uyg'unlashtiradi.
-Insonparvarlik axloqi. U mehnatkash insonni ulug'laydi. U kishilar o'rtasida 
chinakam insoniy munosabatni o'rtoqlarcha hamkorlik va o'zaro yordam 
munosabatlarini, shaxsiy va ijtimoiy hayotda hayrixohlik, xalollik, sofdillik va 
kamtarlikni qaror toptiradi. 
-Faol ta'sirchan axloq. U insonni yangi mehnat va ijodiy zafarlarga
tadbirkorlikka, jamoa va butun mamlakat hayotida sidqidildan ishtirok etishga, 
yangi turmush tarziga zid bo'lgan barcha narsalarga faol qarshi chiqishga, milliy 
istiqlol mafkurasi uchun qat'iyat bilan kurashishga undaydi.
Vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash 
O'zi tug'ilib o'sgan zaminga mehr-muhabbat, jahonda birinchi davlatning 
tarixiy 
g'alabalaridan 
faxrlanish 
tuyg'ularini 
baynalminallik-qardosh 
mamlakatlarning mehnatkashlari bilan taraqqiyot va tinchlik uchun kurash olib 
borayotgan barcha kishilar bilan birdamlik tuyg'ulari o'yg'un namoyon bo'lishi 
borasida bundan buyon ham tinmay ish olib boraveradi. 
Bizning davlatimiz har bir kishisiga barcha millatlar va elatlarni 
birlashtiruvchi do'stlik va qardoshlik tuyg'usi, millatlararo yuksak aloqa 
madaniyati singdirilishidan, millatchilik va shovinizm, milliy maxdudlik va 
milliy xudbinlik ko'rinishlariga, turmushga, yangilanishga xalaqit berayotgan 
urf-odatlar 
va 
fe'l-atvorlarga 
nisbatan 
murosasizlik 
his-tuyg'ulari 
singdirilishidan manfaatdordirlar. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, vatanni himoya qilishga, uning uchun butun 
o'zining kuch g'ayratini, agar lozim bo'lsa, hayotini ham bag'ishlashga shaylik 
tuyg'usini xosil qilish g'oyaviy tarbiyaviy ishning muhim vazifasi bo'lib 
qolaveradi.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib, maktabning axloqiy tarbiya sohasidagi 
asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 


1. 
Yosh avlodni muntazam suratda jamiyatda qabul qilingan ahloqiy 
me'yorlarga rioya qilishga o'rgatib borish; 
2. 
Bolalarning xulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish, uning 
axloqiy tajribalar asosida tarbiyalash; 
3. 
O'quvchilarni axloq tamoyillarini egallab olish va ularga amal 
qilishga safarbar qilish; 
4. 
Mustaqil yurtimizni har tomonlama kamol topgan quruvchilarini 
voyaga еtkazish. 
Har bir jamiyat o'zining axloqiy me'yorlar va talablar tizimiga ega bo'ladi.
Jamiyatimiz shaxsning ona vatanga sodiq bo'lish va uning dushmanlariga 
nisbatan murosasizlik, tekinxo'rlikka sira toqat qilmaslik, mehnatsevarlik va 
barcha mamlakatlarning mehnatkashlari bilan qardoshlarcha birdamlik singari 
sifatlarini hamma narsadan yuqori qilib qo'yadi. O'quvchilarda vatanga 
muhabbat xislari, xalqqa xizmat qilish, mustaqil g'alabalarni mustahkamlash, 
himoya qilish, mehnatkashlarni baxt-saodati uchun kurash tuyg'usi o'stiriladi. 
O'qitish o'quvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog'lab olib 
boriladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. U yana amaliy faoliyat 
bilan bog'lab olib boriladi.
Shaxsning jamiyat va vatanga, mehnatga, kishilarga, o'z xulqiga 
munosabtalarini ko'rib chiqamiz: 
- Jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi 
munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaroviy еtukligi, baynalminallik 
fazilatlarida aks еtadi. Uning maqsadlarida vatan boyliklarini ko'paytirish, 
mustaxkamlash va ximoya qilishga qaratilgan ishlarda namoyon bo'ladi. 
Vatanparvarlik va baynalminallik axloqiy tarbiyada alohida o'rin tutadi. 
Diniy adabiyotlarda ―Vatanni sevmoq iymondandir‖,- deb bejiz aytilmagan. 
Tarbiyachi va o'qituvchi bolalarda vatanga muhabbat, faxrlanish, xalq va 
mamlakat yutuqlaridan quvonish, uning dushmanlariga nafrat tuyg'ularini 
tarbiyalaydi. Vatan ravnaqi yo'lida xalol va fidokorona mehnat qilishga 
tayyorlaydi. Shaxsning ijtimoiy faolligi ortadi.
Baynalminallik axloq tamoyili sifatida vatanparvarlikni boyitadi, o'z milliy 
qobig'iga o'ralib qolishga yo'l bermaydi. Barcha xalqlar bilan do'st bo'lib, 
tinchlik va taraqqiyot uchun kurashadi.
Demak, axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi.
Axloq falsafiy tushunchadir. U har bir shaxs uchun zarur bo'lgan rostgo'ylik, 
kamtarlik, xalollik oliyjanoblik, mehnatsevarlik xushyorlik, odoblilik, 
insonparvarlik, jamoatchilik, qahramonlik, do'stga sadoqatlilik, saxovatlik, 
intizomlik, diyonatlik, xudojo'y fazilatlarni shakllantiradi.
Axloq millatning ijtimoiy qatlamining ma'naviy, milliy, mafkuraviy va ruxiy 
hususiyati sifatida maydonga chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil bo'lishi munosabati bilan axloq 
masalalariga yangicha yondashish boshlandi. Axloqiy tarbiyada ham 
milliylikka e'tibor kuchaydi. O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy 
qadriyatlari, o'tmish an'analaridan foydalanish, o'zbekona urf-odatlarning 
ustivorligiga amal qilish kun tartibiga quyildi.


Darhaqiqat, axloqiy tarbiyada milliy qadriyatlar va an'analar, din 
pedagogikasi muhim o'rin tutadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, sovet davrida 
ana shularga e'tibor berilmas edi. Xatto, ―din xalq uchun afyundir‖ shiori ostida 
din va dindorlarga olib boriladi. Maktab dindan ajratildi. Hozir esa, ahvol 
butunlay boshqacha. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ko'p fikrlik, 
vijdon erkinligi berildi. Dinning xalqimiz ma'naviyatiga ruxiyatiga, tarbiyasiga 
hayotbaxsh ta'sirini xalqimiz ko'rmoqda. Birgina misol - Muhammad 
payg'ambarning so'zi Hadisda shunday deyiladi: ―kishilarning yaxshisi, xalqqa 
foydalirog'idir‖. Yoki, ―Mo'minlarning afzali go'zal xulqli kishilardir‖. Bu 
kishilarni ezgulikka chaqiruvchi nasihatning qanday zarari bor. Hyech qanday. 
Islom dinining muqaddas kitobi – Qur'oni Karim va Hadis bashariyatga 
yaxshilik yo'lini ko'rsatadi. Sharq pedagogikasi, xalq pedagogikasi ana shu 
kitoblarga asoslangan. Axloqiy tarbiyada diniy adabiyotlardan o'rinli 
foydalanish lozim. 
Axloq va fuqaro еtukligi bu g'oyaviylikning, ijtimoiy faollikning negizidir. 
Hozir mustaqil Respublikamiz fuqarolarini shakllantirish, ularni axloqiy va 
huquqiy jihatdan tarbiyalash, huquq-tartibotni buzish hollariga murosasizligini 
kuchaytirish, jamiyat va davlat manfaatlariga g'amxo'rligini oshirish, 
Respublikamizning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini mustaxkamlash 
borasida faolligini rivojlantirish muhim vazifa bo'lib qolmoqda. Vatanimizning 
har bir fuqarosi Respublikamiz Prezidenti tomonidan olg'a surilgan istiqlol va 
taraqqiyot besh yo'lini amalga oshirish uchun kurashish darkor. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling