11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
17-mavzu: Axloqiy va estetik tarbiya. REJA: 1. Axloqiy tarbiya mazmuni. 2. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari. 3. Estetik tarbiyaning mazmuni. 4. Estetik tarbiyaning vazifalari. Tayanch so‘z va iboralar: axloq, shaxs ma‘naviyati, madaniy-axloqiy kamolot, axloqiy ong, odob, xulq, fazilat, xislat, estetik ideal, did, nafosatlilik. 1. Axloqiy tarbiya mazmuni. Axloqiy tarbiya nima va u o'z oldiga qanday maqsadni qo'ydi? Axloq birinchidan, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib qoida bo'lib, bu tartib qoidalarining xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. («Filosofiya», «O'zb», 76. 45-bet). Jumladan, axloq, adolat, saxovat, xalovat, xalollik, rostgo'ylik kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi. U bizning kundalik ishlarimizga va ongimizga aktiv ta'sir ko'rsatib, jamiyat nomidan yaxshilik bilan yomonlik, zulm, adolat bilan adolatsizlik o'rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni, xatti-harakatlarni belgilab beradi. Ikkinchidan, axloq ijtimoiy fikr, ong bilan jamiyatda belgilab qo'yilgan odamlarning xulq atvor qoidalarining yig'indisi bo'lib, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini, majburiyatlarni belgilab beradi. Axloq odamlarni jamiyatdagi axloqiy еtuk, еtuk xulq atvorining namunasi bo'lib hizmat qiladi. Odamlar o'rtasidagi munosabatlarning to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi. Axloq me'yorlari xulq atvorning boshqaruvchisi sifatida odob me'yorlariga yaqin turadi. Huquqga zid xatti-harakat axloqsiz harakat deb qaraladi. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli bo'lishga o'rgatish bilan profilaktika ishlarini ham olib boradi. Uchinchidan, ahloq falsafiy kategoriya bo'lib, har bir shaxs uchun zarur bo'lgan rostgo'ylik, kamtarlik, halollik, oliyjanoblik, mehnatsevarlik, xushyorlik, odoblilik, insonparvarlik singari fazilatlarni shakllartiradi. To'rtinchidan, axloq, ijtimoiy qatlamning, xalqning ma'naviy qiyofasi, g'oyasi, ruhiyatining harakterli xususiyati sifatida maydonga chiqadi. Axloqning eng asosiy vazifasi fuqarolikni shakllantirishdan iboratdir. «Eng muhimi,-deb yozgan еdi V.A.Suxomlenskiy fuqorolikni tarbiyalashdir, chunki bu butun tarbiyaviy ishlarning mag'zi, o'zagi hisoblanadi». Har bir jamiyat o'z fuqorolari oldiga ma'lum talablar tizimini qo'yadi. Bu avvalo, insonnig axloqiy fazilatlariga, uning xulqiga qo'yilgan talablardir. Kishilar mehnat va muomala jarayonida bir-birlari bilan turli tuman munosabatda bo'ladilar. Bu munosabat jamiyat va har bir fuqaro oldiga quyidagi talablarni ta'riflab beradigan qonunlar, qoidalar bilan tartibga solib turiladi. Bu majburiyatlar ahloq talablariga ko'ra belgilanadi. Bu talablarda har bir katta yoshli kishining, umuman, jamiyatga, atrofdagi kishilarga, o'z oilasiga munosabati belgilanadi, inson ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanishga, davlat mulkini ehtiyot qilishga, o'z oilasining mehnatga layoqatsiz a'zolari to'g'risida g'amxo'rlik qilish va ularni moddiy jihatdan qo'llab quvvatlashga, belgilangan yoshi еtgan farzandni maktabga yuborishga va shu kabilarga majburligi ta'kidlanadi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs hulqini baholash uchun nizom bo'lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq shaxsning hulqidagi ayrim harakat va odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi. Axloq ijtimoiy taraqqiyotning natijasidir. U sinfiy harekterga ega. U yangi ijtimoiy munosabatlar bo'lib, vatanga, xalqqa sodiqdir. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling