11-mavzu. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Reja
Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish
Download 50.67 Kb.
|
11-Mavzu
Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish.
Sport mashg’uloti va musobaqa jarayonida olib boriladigan ishlar jismoniy madaniyat o‘qituvchisidan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Talabalar jamoasini uyushtirish, uni tarbiyalash, uyushgan ahil jamoaga aylantirish, talabalarning ko‘p qirrali, o‘quv, sport, ijtimoiy foydali faoliyatini tartibga solish yoki o‘qituvchining tashkilotchilik mahoratini qay darajada egallashiga bog’liq. Albatta, jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining qobiliyatlariga qarab ba’zi o‘qituvchilar yaxshi tashkilotchi bo‘lishi, ba’zilari esa birmuncha yomonroq bo‘lishi mumkin. Lekin maxsus tayyorgarlik yordamida yaxshi tashkilotchi bo‘lib yetishish har qanday o‘qituvchining qo‘lidan keladigan ishdir. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tashkilotchilik mahoratini asosiy xarakterlovchi belgilarini oldindan sezish va bilishi jismoniy mashg’uloti va sport musobaqa jarayonini tezlaydi. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining haqiqiy tashkilotchilik san’ati jamoa sportchilarining sport mashq yuklamalarini bajarishdagi imkoniyatlarini hisobga olibgina qolmay, balki ularning har birining musobaqada g’alaba qilish qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantirishga yo‘naltiradi, ularning faolligini o‘stiradi va sport turlarini to‘g’ri tanlash yo‘li bilan tarbiyalaydi. Tashkilotchi o‘qituvchining mahoratini belgilovchi yana bir belgi qilinishi lozim bo‘lgan sport faoliyati uchun zarur anjomlar bilan ta’minlashdir. Tashkilotchi o‘qituvchining sport ishlari yaxshi natija berishi uchun, unda qanday shaxsiy fazilatlari bo‘lishi kerak? Shuni qayd etish lozimki, bu fazilatlar tug’ma emas, balki o‘z ustida ishlash natijasida tarbiyalanadi. Yaxshi tashkilotchining fazilati eng avvalo, sport to‘garaklarida shug’ullanuvchilarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi. Xuddi shuningdek, tashkilotchi jismoniy madaniyat o‘qituvchisining ikkinchi fazilati uning ishchanligi, sport bilan bog’liq vujudga kelgan savollarni joyida hal qilishi, intizomlilik va tashabbusda namuna bo‘lishidir. Hozirgi kunda sport faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish davrning muhim talabi bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan ham jismoniy madaniyat o‘qituvchisi ishni ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: 1. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi o‘z ishida talabalarni jismoniy madaniyat va sportga qiziqtirishni hisobga olgan holda shu kun uchun muhim bo‘lgan aniq maqsadni belgilashi; 2. Sport jamoasining xususiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalarni tushunishi; 3. Jismoniy madaniyat nazariyasining qonuniyatlari va prinsiplarini yaxshi egallashi; 4. Talabalarda sportga mehr uyg’otish uslublari vositalarini yaxshi bilishi; 5. Talabalarni individual xususiyatlarini o‘rganishi; 6. Bir butun sport jamoasini o‘rganish; 7. Talabalarning o‘qishdan keying mashg’ulotlarni aniqlash tartibga solishi; 8. Sport to‘garaklarida shug’ullanayotgan talabalarni har tomonlama tahlil qilib o‘rganishi; 9. Talabalar qiziqishini hisobga olgan holda sport komandalarini tuzishi va uning asosiy vazifalarini belgilashi; Download 50.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling