11-mavzu. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Reja
Download 50.67 Kb.
|
11-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari.
11-MAVZU. JISMONIY MADANIYAT O‘QITUVCHILARI TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. REJA. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining pedagogik mahoratini shakllantirish. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Ko‘z oldimizda yangi avlod qayta qurish avlodi kamol topmoqda va shakllanmoqda. Yangi o‘rinbosarlarni jismoniy baquvvat, ruhan tetik qilib tayyorlash jismoniy madaniyat o’qituvchisi va murabbiylarimizning, butun jamiyatimizning eng mas’uliyatli vazifasidir. Hozirgi kunda jismoniy madaniyat o‘qituvchisida qandaydir fazilatlar mavjud bo‘lishi lozim. Bu borada «Ta’lim to‘g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunini ro‘yobga chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to‘g’risida»gi farmonini bajarish maqsadida Oliy ta’lim tizimidagi jismoniy madaniyat fakulteti professor - o‘qituvchilari yuqori malakali jismoniy madaniyat mutaxassislarini tayyorlash va tarbiyalash jarayonini takomillashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ular ayni vaqtda fakultetda ta’lim olayotgan talabalarning pedagogik mahoratini, jismoniy madaniyat va sportga oid bilimlarini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlariga oid malaka va ko‘nikmalarni puxta egallashlari, o‘rta maktablarning yuqori sinflarida, litsey va kollejlarda yuqori saviyada dars bera oladigan mutaxassislarni yetishtirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Chunki yuqoridagi hujjatlar mazmunini yuqori darajada tayyorgarlikka ega bo‘lgan ma’lumotli mutaxassislargina bugungi kun talablari darajasida ro‘yobga chiqara oladi. Biroq bu sohada hal qilinishi lozim bo‘lgan jiddiy muammolar ham mavjud. Bu muammolar jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari uchun xosdir. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi ma’lumotiga ega bo‘lgan pedagogik kadrlar tayyorlashning vazifasi va mazmunini yanada kengaytirish ham shakllantirish yuzasidan quyidagi fikr - mulohazalarni bildiramiz: Sertifikat guvohnomasiga ega bo‘lgan va sportda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan sportchilar uchun fakultetda murabbiylar tayyorlash bo‘limini ochish maqsadga muvofiq; Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari va murabbiylarini tayyorlashda bitiruv akademik daraja bakalavr ishlari mazmunini maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti, o‘quvchi - talabalar sport maktablari bo‘yicha tanlangan ixtisoslikka yaqinlashtirish kerak; Ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlashning saviyasi va sifatini oshirish maqsadida magistrlar tayyorlaydigan bo‘lim ochish zarur. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy qadriyatlarni o‘rganishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Keyingi yillarda Samarqand davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetida zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, jismoniy madaniyat mashg’ulotlarini milliylashtirish, qadriyatlarimiz asosida ta’lim - tarbiya berish hamda talabalarda milliy ong va milliy tafakkurni shakillantirish borasida bir qancha ilmiy, nazariy, amaliy tadbirlar amalga oshirildi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda asosiy vazifa soha bo‘yicha tayyorlanayotgan o‘qituvchi – murabbiylar zimmasiga tushadi. Tayyorlanayotgan jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining bilim va malakalari, insoniy fazilatlari, sport mahorati qanchalik yuqori bo‘lsa, ular o‘sib kelayotgan yosh avlodni shunchalik yuqori darajada tarbiyalaydi, xalqimizning avloddan – avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlarini, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan turmush tajribalarini yoshlarga beradi. Jismoniy madaniyat ta’lim tarbiyasi jarayonning ma’rifiy va tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos. Jismoniy madaniyat darslari va turli xil mashg’ulotlari va musobaqalari, ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlari, «Universiada» sport musobaqalari, turli xil sport uchrashuvlar bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan ta’lim – tarbiya jarayonidir. Bu jarayon samaradorligini oshirish avvalo, tashkilotchi o‘qituvchi, murabbiylarning bilim tajribasiga, kasb tayyorgarligiga, dunyoqarashiga, shaxsiy jismoniy tayyorgarligiga ko‘pgina boshqa omillarga bevosita bog’liq bo‘ladi. Shuningdek, sport murabbiysi va shug’ullanuvchining bugungi ichki va tashqi dunyosini belgilab beruvchi ma’naviyati, bu ma’naviyat darajasi uning milliy mafkurasidan nechog’lik xabardorligiga bog’liqdir. Bu o‘z navbatida, jismoniy madaniyat ta’lim – tarbiya jarayonini samaradorligining oshirishga yordam beradi. Kuzatishlar, tahlillar natijasida jismoniy madaniyat ta’lim - tarbiyasida milliy mafkuraning quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanishi aniqlandi: Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi darsning nazariy ma’lumotlar bo‘limida Alp pahlavonlar, Alpomish, Pahlavon Mahmud, Amir Temur, Manguberdi, Bobur, To‘maris va boshqalar haqida ma’lumotlar berishi lozim. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi darsning amaliy mashg’ulotlar bo‘limida «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda Alpomish va Barchinoy bilan talabalarni tanishtirishi zarur. Sport musobaqalari jarayonida. Sport musobaqalarining ochilishida O‘zbekiston madhiyasini yangrash va bayrog’ini ko‘tarish tadbirga bayramona ruhiyat bag’ishlaydi; «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada»larda sportchilar va hakamlar olimpiada o‘yinlaridagidek tantanali qasamyod qabul qilish; Sport musobaqalaridan bo‘sh paytida musobaqa o‘tayotgan shaharlardagi tarixiy obidalar bilan tanishish; Davlatimizning va uning rahbari sovrini uchun o‘tkazilayotgan sport musobaqalari (O‘zbekiston Prezidentining sovrini uchun tennis, kurash, O‘zbekiston kubogi va h. k.) Sport musobaqalari qoidalariga qat’iy rioya qilish tomoshabinlarni, raqibni, hakamni hurmat qilib halol - pokiza musobaqalashish va h. k. Yuqorida ko‘rsatilgan qadriyatlardan foydalanish yo‘nalishlarning barchasi jismoniy madaniyat bilan shug’ullanuvchilarda o‘zlikni anglash, milliy g’urur, Vatan tuyg’usi, Vatan mehri, orzu - istaklarni va h. k. hislatlarni shakillantirishga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari jismoniy madaniyat o‘qituvchilari oldiga qo‘yiladigan yangicha talablar asosida amalga oshirilishi kerak. Bu avvalo, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat ta’lim saviyasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish talabalarni jismoniy harakat mashqlari bilan muntazam va mustaqil shug’ullanishga qiziqtirib, o‘z sog’lig’ini mustahkamlash ko‘nikma, malakalari bilan qurollantirish. Bunday vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi jismoniy madaniyat o‘qituvchilarini tayyorlash asoslarini yaratish sohaning muhim muammolaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda zamonaviy va shinam jihozlangan, jihozlanayotgan maktablar, litsey, kollejlarda jismoniy madaniyatdan ta’lim beruvchi o‘qituvchining zamonaviy kasbiy bilim, malaka va sport mahoratiga ega bo‘lgan bo‘lishi kerakligi talabi kun sayin o‘smoqda. Zamonaviy jihozlangan sport inshootlari mavjud bo‘lgan maktab, litsey, kollej va oliy ta’limda zamonaviy dars berishga qo‘yilayotgan talablarga bugungi tayyorlanayotgan mutaxassislarimiz tayyormi? Ana shu muammoni o‘rganishga bag’ishlab o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarimiz natijalari avvalo, jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning DTSlarida jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiylariga qo‘yilayotgan talablarni takomillashtirishga muhtoj ekanligini ko‘rsatmoqda. Download 50.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling