11-mavzu. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Reja


Sportchining irodaviy xususiyatlarini o‘rganish


Download 50.67 Kb.
bet6/6
Sana23.01.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1112356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-Mavzu

4.3. Sportchining irodaviy xususiyatlarini o‘rganish:
1. Sportchining ma’lum maqsadi o‘z oldiga qo‘ya bilishi va maqsad sari intiluvchanligi, dadilligi, tashabbuskorligi, mustahqilligi, o‘zini tuta bilishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, tartib - intizomga rioya qilishi.
2. Sportchining psixik rivojlanish xususiyatlari. Asab tizimining kuchi, harakatchanligi, sportchi bir ishdan ikkinchi ishga faol kirishib ketaoladimi? Aqli va emotsional jarayonlari, boshqalarga e’tibori, musobaqadan keyingi xotirasi, taffakuri, biror voqea - hodisadan ta’sirlanish xususiyatlari qanday? Sportchi muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o‘z fikrini, his - tuyg’usini qanday iroda eta oladi?
3. Sport to‘garaklarida shug’ullanuvchi talabalarning ongi, chuqur va mustahkam bilim olishga qiziqishlarini tarbiyalashi.
Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tashkilotchilik mahorati xuddi bilimi kabi bir joyda to‘xtab qolmasligi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi doimo o‘z ustida ishlashi va talabalarga o‘rgatadigan sport faoliyatini belgilovchi nazariy va amaliy bilimini va mahoratini oshirish to‘g’risida jon kuydirishi zarur bo‘ladi.
Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi yosh avlodni jismonan barkamol va ruhan tetik qilib tarbiya berishdek muhim, olijanob insonparvarlik vasifasini bajarayotgan, ijodiy va amaliy faoliyati XXI asr oxiri va XXII asr boshlariga to‘g’ri keladigan o‘zbek o‘qituvchisining xislatlari asosan amaliy ishda sport sohasida tajriba orttirish jarayonida tarkib topadi hamda taraqqiy etadi. Shu bilan birga o‘qituvchi sport turlari bo‘yicha o‘z malakasini oshirishi o‘zida sport faoliyatida muvaffaqiyat qozonishga yuqori darajada imkon yaratadigan sifatlarini tarbiyalash sohasida doimo ish olib borishi zarur.
Nazorat uchun savollar:

  1. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi qanday vazifalar va funksiyalarni bajaradi?

  2. O‘qituvchi faoliyatining shakllari va shart sharoitlari nimalardan iborat?

  3. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi shaxsning pedagogik yo‘nalishi va mahorati nimalardan iborat?

  4. Qanday sifatlar jismoniy madaniyat o‘qituvchisining kasbiy sifatlariga kiradi?

  5. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi obro‘yi nimalardan iborat?

  6. O‘qituvchi faoliyatining samaradorligi qanday o‘lchovga ega?

  7. Qanday usullar orqali o‘qituvchi o‘z mahoratini oshiradi?

  8. Talabaning jismoniy madaniyat darslariga bo‘lgan munosabatlari turli xilligining sababi nimada?

  9. Talaba shaxsini o‘rganishda o‘qituvchi qanday metod va qoidalardan foydalanadi?

  10. O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi yaxshi ijtimoiy - ruhiy muhitni tahlil qiling?

  11. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining pedagogik mahorati tuzilishini izohlab bering?




1



Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling