11-mavzu. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Reja


Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining sportchilar tarbiyasini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari


Download 50.67 Kb.
bet5/6
Sana23.01.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1112356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-Mavzu

4.1. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining sportchilar tarbiyasini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so‘ng qabul qilingan “Ta’lim to‘g’risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g’risida”gi Qonunlarda g’oyaviy - siyosiy sport faoliyatini insonparvarlashtirish va sport bilan shug’ullanuvchilarni yanada ko‘paytirish vazifasini qo‘yadi.

  • Sportchilarda ilmiy mafkurani kuchaytirish.

  • Yoshlarni sportga qiziqishini rivojlantirish.

  • Sportchilarda axloqiy – siyosiy, huquqiy tarbiyani yaxshilash.

O‘qituvchi sportchilarni musobaqada g’alaba qilish ruhida tarbiyalash muammolarini hal etishda sport turlarining mazmuni, talabalarning yoshi, individual xususiyatlarini va sport qobiliyatlarida rejasini, real imkoniyatlari, o‘qish sharoitlarini hisobga olgan holda yondashishi lozim. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining tashkilotchilik faoliyatida tavsiya etilayotgan ish rejalari sport tadbirlarini tanlab olishi va amalga oshirishi mumkin. Buning uchun u sportchilar shaxsini o‘rganishi, pedagogik kuzatish dasturiga ega bo‘lishi lozim.
1. Sportchilar shaxsini o‘rganishi va kuzatishlar olib borishi.
2. Sportchilarning ota - onasi qayerda va kim bo‘lib ishlaydi?
3. Oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, ularning daromad manbai?
4. Sportchi uchun oilada yaratilgan kun tartibi va madaniy - maishiy sharoitlari?
4.2. Sportdagi yutuqlaring asosiy belgilarini o‘rganish:
1. Sportchining shaxsiy taraqqiyoti sportga qiziqishi, harakat bilim malakalarni egallab olishi, kitob o‘qishga bo‘lgan intilishi, sport musobaqalariga ishtiroki.
2. Sport faoliyatiga bo‘lgan munosabati. O‘z sport jamoasidagi do‘stlariga munosabati, darslarga muntazam qatnashishi, sport texnik - taktik yangi harakatlarni ustalik bilan egalab oldimi? Sport mashg’uloti va musobaqalariga kechikadimi? Sport mashg’ulotini qoldiradimi? Musobaqadagi muvaffaqiyat va yutuqlarni qanday baholay oladi?
3. Sportchining qiziqish va mayllari. Adabiyot, san’at, fan va texnika, sport turlariga qiziqadimi? Qaysi to‘garakda ishtirok etadi? Qaysi kasbni egallashga intiladi?
4. Sportchining ijtimoiy - siyosiy faoliyatini o‘rganish;
1. Har qanday sport turi bilan shug’ullanuvchining ijtimoiy - siyosiy ishlaridagi qatnashuvchi guruh hayoti bilan qiziqish va sport ishlaridagi faoliyatini o‘rganish.
2. Sportchilarning ma’naviy ishlarni bajarishga bo‘lgan intilishi. Talabaning o‘zi sevgan sport musobaqalarida ishtirok etishni kuchaytirish, g’alaba qilishga bo‘lgan kuchli hissiyotini vujudga keltirish, talabaning tashkilotchilik malakasini shakillantirish.
3. Talabalarning sport jamoalaridagi tutgan mavqei va talabaning jamoadoshlari bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirishga ahamiyat berishi, shuningdek, guruhda obro‘ va hurmat, e’tibor qozonayotganini o‘rganishi lozim.

Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling