11-mavzu. Jismoniy madaniyat o‘qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Reja


Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining pedagogik mahoratini shakllantirish


Download 50.67 Kb.
bet2/6
Sana23.01.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1112356
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-Mavzu

Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining pedagogik mahoratini shakllantirish.

Jismoniy madaniyat o‘qituvchilik kasbi eng qiyin, eng muhim kasblardan biridir. Bu fan murabbiylari Olimpiada, jahon, Osiyo va Respublika chempionlarini tayyorlaydi, kelajagimiz bo‘lgan talabalarni o‘qituvchi va murabbiyga ishonib topshirgan. O‘qituvchi ishchi va kolxozchilarni, olimlar va mehnat qahramonlarini, uchuvchi va boshqa ko‘pgina kasb egalari bo‘lgan fuqarolarni tarbiyalab, davlatimiz uchun foydali kishilar qilib yetishtiradi.
Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi talabalar bilan ilmiy - amaliy ishlashda ularning har xil sport faoliyatiga yo‘naltirish bilan birga, pedagogik ta’sir o‘tkazishning ustasi bo‘lishi va sport texnikasini mukammal egallashlari lozim. Pedagogik ta’sir o‘tkazish mahorati faqatgina texnik usullarni egallashdan iborat emas. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiyning pedagogik mahorati, talabalar sport jamoalarining ijtimoiy fikriga keng yo‘l ochib berishidan iboratdir.
Hamma mutaxassislikdagi o‘qituvchilarga taalluqli bo‘lgan pedagogik mahoratning asosi o‘zi o‘qitayotgan fanni chuqur bilishidir.
O‘qituvchi - murabbiy uchun mohir pedagog va murabbiylarning sport faoliyati va tajribalari bilan tanishish katta ahamiyatga ega. Eng yaxshi o‘qituvchi va murabbiylarning tajribalari o‘rganilsa shundagina unumdorligi yaxshi bo‘ladi. Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilari, pedagogik amaliyotda tajribalari o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan darslarni, sport to‘garagi mashg’ulotlarini, ta’lim - tarbiya jarayonini kuzatish uchun vaqtni ayamasliklari, yosh o‘qituvchilarni tajribali o‘qituvchilar bilan pedagogik va sport mahorati sohasidagi masalalarni birgalikda hal qilish muhim ahamiyatga ega.
Bu jismoniy madaniyat o‘qituvchisi uchun tipik bo‘lgan sport qobiliyatlarini shakllantirish to‘g’risida gapirganimizda, sport faoliyatining hal qiluvchi rolini e’tirof etishga asoslanamiz. Hech qaysi bir jismoniy madaniyat o‘qituvchisi, hatto talantli bo‘lsa ham, tayyor o‘qituvchilik mayllari va xislatlari bilan tug’ilmaydi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jismoniy madaniyat o‘qituvchisi shaxsning hamma yaxshi xislatlari, uning sport va pedagogik mahorati, avvalo, o‘qituvchilik faoliyatiga tayyorlanish jarayonidagi keyinchalik esa talabalar bilan olib boradigan sport mashg’uloti va musobaqalari ishlari jarayonida mashaqqatli mehnat natijasida hosil qilinadi.
Biroq har qanday kishi ham jismoniy madaniyat o‘qituvchisi bo’laverishi mumkinmi?
Aftidan sport pedagogik faoliyatiga nisbatan layoqatli o‘qituvchigina tez orada o‘z ishining mohir ustasi bo‘lishi mumkin. Ammo biz mayillik va layoqatli o‘qituvchining tug’ma intilish natijasi deb emas, balki hayot sharoitlari ta’sirida paydo bo‘lgan faqat pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishga intilishning natijasi deb bilamiz. Bu mayilliklar ba’zan ancha barvaqt paydo bo‘lishi ham maktabda o‘qib yurgan yillaridayoq sport turlariga qiziqishning paydo bo‘lishi natijasida jismoniy madaniyat o‘qituvchilik mehnatiga nisbatan barqaror qiziqish, bolalar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishga intilish tarzda namoyon bo‘lishi mumkin.
Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining pedagogik qobiliyatlar sifatida quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Talabalarga jismoniy madaniyat to‘g’risida bilim berish qobiliyati, bunga avvalo, jismoniy mashg’ulotlarni aniq, qisqa va qiziqarli bayon qilish va ko‘rsatish yo‘li bilan erishiladi.

  2. Talabalarda harakat, malaka va ko‘nikmalarni shakillantirish.

  3. Talabalarning sport turlari bilan shug’ullanish mustaqilligi va ijodiyligini o‘stirish.

  4. Sport turlarining texnik va taktik jihatlarini tez va aniq fahmlashga o‘rgatish.

  5. Jismoniy mashq yuklamalarini to‘g’ri rejalashtirish.

  6. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi talabalarni doimo nazorat qilish, guruh faolligini ajrata olish va uyushtirish, sport jamoalarini jipslashtirish ko‘nikmalarida ifodalanadigan tashkilotchilik qobiliyatlari.

  7. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining fanga va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi, o‘z bilimlarini talabalarga berishga intilish va talabalarni samimiy sevish kabilarning gormonik holda uyg’unlashuvigina o‘qituvchi shaxsning pedagogik ishi ustasining qiyofasini ko‘rsatishi mumkin.

  8. O‘qituvchining talabalarni tushunish qobiliyati va maxsus jismoniy va ruhiy tayyorgarligi hamda psixologik bilimlarni talabalar bilan olib boriladigan jismoniy mashg’uloti va sport musobaqalari ishlarida amaliy jihatdan qo‘llanishi talab qiladigan pedagogik mahorati.

Tajribali jismoniy madaniyat o‘qituvchisi hamisha talabalarning qalbida nimalar sodir bo‘layotganligini tushunishga qobiliyati bilangina emas, balki talaba bilan til topishi, muayyan talabaga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning oqilona choralarini o‘z vaqtida tanlash, talabani sevgan birorta sport turiga qiziqtirish qobiliyati, ya’ni pedagogik mahoratni ro‘yobga chiqarish qobiliyati bilan ham ajralib turadi. Mashhur ruhshunos olim K. D. Ushinskiy pedagogik mahorati «aslida psixologik mahoratdan boshqa narsa emas» deb hisoblagan1.
Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining talablarga nisbatan ehtiyotkor, qattiqqo‘llik, xushfe’l bo‘lishi yaxshi, eng yaxshisi esa adolatlilikdir. O‘qituvchi talabalar bilan ishlashda o‘quvchidan talaba shaxsiga nisbatan qattiqqo‘llilik va talabchanlik va ayni vaqtda, nazoratli munosabatda bo‘lishi talab qilinadi. Bu nimalarda aniqlanadi:

  1. Sport faoliyatida talabani hurmat qilish va unga nisbatan talabchan bo‘lish.

  2. Sport mashg’uloti va musobaqalari jarayonida talabalarning mustaqilligini rivojlantirish va ularning ishiga rahbarlik qilish.

  3. O‘qituvchi talabaning sport musobaqasidan oldingi ruhiy tayyorgarlik holatini nisbatan diqqat bilan kuzatishi va sport mashg’ulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi.

  4. Talabalarning sport musobaqasiga psixologik tayyorgarlik holatini o‘stirish hamda irodaviy faolligini rivojlantirish, sport to‘garaklariga jalb qilishda ularga har tomonlama yordam berish, talabalarga nisbatan samimiy va g’amxo‘r bo‘lish.

  5. O‘qituvchining talabalar bilan ishlashdagi o‘zini tuta bilishligi hamda sport faoliyatida talabalarga ta’sir ko‘rsatishning xilma - xil usullarini ularning sport mahoratini hisobga olgan holda qo‘llashi.

  6. Talabalarga sport musobaqalarini tashkil etishda ishonish va sport to‘garaklarini muntazam ravishda tekshirib turish.

  7. O‘qituvchining talabalar bilan munosabatidagi amaliy emotsional aloqa bog’lashning pedagogik jihatdan asoslangan holda birga qo‘shib olib borilishini hisobga olish.

  8. Talabalar bilan sport faoliyatida munosabatda osoyishta, qat’iylik muvozanatlilik va nutqning ifodaliligi.

Jismoniy madaniyat o‘qituvchisining pedagogik mahoratining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hamma xislatlari chuqur ichki bog’lanishga egadir. O‘qituvchining talabalarga jismoniy mashg’uloti va sport musobaqalari jarayonida bu xususiyatlarning har biri uning kundalik ishlarida xatti - harakatlarida, nutqida, ba’zan esa sharoitga qarab talabaga ta’sir ko‘rsatishning muayyan chorasini qo‘llashdan o‘zini tutib qolishda ham aniq ifodalanadi.
Jismoniy madaniyat fakultetida ta’lim olayotgan vaqtida maktabda ishlashi uchun zarur bo‘lgan bilimlarni oladi, xolos. Asosan jismoniy madaniyat va sport amaliy ishdagina u mukammal o‘qituvchi bo‘lib yetishadi. Mana shu sport, ta’lim - tarbiyaviy ish jarayonidagina aqliy, jismoniy, psixologik faoliyatining va o‘qituvchi shaxsining ba’zi bir xususiyatlari: pedagogik kuzatuvchanlik, harakat xotirasining hozirjavobligi, mustaqil va ijodiy fikr yuritish uslubi, nutqining aniqligi, to‘g’riligi, maqsadga intiluvchanlik, musobaqada g’alabani oldindan ko‘ra bilish va boshqalar shakllanadi.
Mustaqil va ijodiy fikr yuritish uslubi jismoniy madaniyat o’qituvchisining sport faoliyatida, jismoniy mashqlarni yuqorida aytilganidek, ko‘ngildagidek ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Ijodiy fikr yuritish uslubiga ega bo‘lgan o‘qituvchi yolg’on gapirishga yo‘l qo‘ymaydi, o‘zining sport tajribasini ham, boshqalarning sportda erishgan yutuqlarini ham so‘zlab beradi. Bunday o‘qituvchining sport mashg’uloti jarayonlari hamisha jonli, qiziqarli o‘tadi va samarali bo‘ladi, chunki u talabalarning sport faoliyatini doimo faollashtirib boradi.
Keyingi yillardagi pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, guruh rahbari talabalar jamoasidagi, rahbarligidan tashqari, ijodkor tashabbuskor, tashkilotchiga aylanmoqda. Masalan, sport to‘garaklari va fan to‘garaklariga jalb qilishda guruh rahbarining o‘z talabalariga qaydarajada ta’sir eta olganligi yaqqol ko‘rinadi. Yaxshi ta’sir etilib, tarbiyaviy ishlar me’yorida ketayotgan bo‘lsa, bu guruh albatta, ilg’or bo‘la oladi.
Demak, har bir o‘qishdan tashqari o‘tkaziladigan tadbir o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘ymog’i lozim:

  1. O‘tiladigan o‘qishdan tashqari ish ta’lim - tarbiya birligiga asoslanmog’i kerak;

  2. Guruh rahbari o‘qishdan tashqari ishlarni rejalab, oldindan o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan holda tashkil qilmog’i lozim;

  3. O‘qishdan tashqari ishlarni har bir tarbiya ishiga kompleks yondashgan holda olib borish kerak;

  4. Talabalarda ma’naviy dunyoqarash kurtaklari va ijtimoiy faollikni tarkib toptirish;

  5. Mustaqillikdan keyin sportchilarning hayoti va sportda erishgan yutuqlarini farqlay bilishga o‘rgatish;

  6. Talabalarda Vatanimizda va chet ellarda bo‘layotgan ijtimoiy - siyosiy voqealarga qiziqishni shakillantirish;

  7. Ijtimoiy foydali ishga, sportga, xalq mulkiga nisbatan axloqiy munosabatda bo‘lish;

  8. Sport faoliyatida ishtirok etishni istamaydigan talabalarga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash;

  9. O‘z jamoasiga g’amxo‘rlik qilish, sport ishlariga yordam berishga oshiqishni tarbiyalash;

  10. Talabalar bilan munosabatda axloq madaniyati qoidalarini bajarish, saxiylik, xushmuomalalik, o‘qituvchi va do‘stlarini sevish va hurmat qilishga odatlantirish.

Shunday qilib, sport - pedagogik mahorat asoslarining shakillanishi, sportda olib boriladigan ta’lim - tarbiyaviy ishlarning hamma shakl va uslublari, o‘qishdan tashqari olib boriladigan ishlarning maqsadi, talabalarning odob - axloq ruhida tarbiyalash, ilmiy dunyoqarashini shakillantirish, zamonimizning yetuk kishilarini tarbiyalashdan iborat bo‘lmog’i lozim.

Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling