11-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni


Jaynizm-(hind.”jinna”-g’olib)-


Download 127.51 Kb.
bet14/19
Sana28.12.2022
Hajmi127.51 Kb.
#1013131
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Jaynizm-(hind.”jinna”-g’olib)-eramizdan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida qad. Hindistonda yuzaga klgan va olamning asosida ikki ibtido: materiya va jon yotadi deb hisoblaydigan ta’limot. J.ta’limotiga ko’ra, insonning asosiy maqsadi tashqi olam xukmronligidan qutulish va kamolga erishishdir. Inson tabiati ham moddiy ham ruhiydir. Jon bir vaqtning o’zida nafis jon(jiva) va dag’al materiya birligidan iborat. Insonning joni (jivasi) qanday bo’lsa, u ham shunday bo’ladi, buholat esa karma-nafis materiyaga bog’liq. Karma jonni (jivani) o’z ta’siridan chiqarmaydi. Yaxni yoki yovuz karmalar mavjud. Bu esa insonlarning turli shaxsiy sifatlarini belgilaydi. J.ta’limotining tarafdorlari inson komillikka erishishi mumkin, buning uchun inson o’z karmasiga rioya qilishi va o’z ehtiroslaridan qutulishga intilishi kerak. Inson yovuz karmadan xalos bo’lishi uchun ezgu ishlarni bajarishi lozim. Inson o’z maqsadiga erishishi uchun to’g’ri ishonchga, to’g’ri bilimga, kamtarona hayotga intilishi lozim. Tashqi dunyoning azob uqubatlaridan xalos bo’lishi lozim. Unga xech kim yordam bermaydi. Inson har doim kechirish tamoyiliga amal qilishi, taqdira tan birishi, xalol bo’lishi, o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi, tashqi dunyoga bog’lanib qolmasligi, sabr toqatli bo’lishi kerak. J.da dunyo abadiy, u hech kim tomonidan yaratilmagan va yo’q qilib tashlanmaydi. Olamda ketma ketlik tartibi mavjud: quyi dunyoda jinlar va gunohkorlar yashaydi, o’rta dunyo biz yashab turgan dunyo, keyingisi-xudolar dunyosi va undan yuqorida xudolarga o’xshashlar dunyosi joylashgan.
Mazkur ta’limotning asoschisi Vartxamana bo’lib, u qalandarona hayot kechirgan. Hayotining 13 yili davomida tushida Nirvanning yorug’ nuri uning yo’lini yoritgan. O’shandan boshlab u o’zini “g’olib” (“jinna”) deb tanitgan.
Jaynizm ta’limotiga ko’ra, 24 payg’ambar asos solgan Ularning barchasi kshatriylar xonadonidan bo’lgan. Ularning 22tasi haqida ma’lumot deyarli yo’q. 23-chisi Vardxamana Maxaviradan 250 yil oldin yashagan. Unga Mahavira (ulug’ qahramon) degan nom berilgan. Unig shogridlari nigrantxa (kishandan ozod qilinganlar) deb atala boshladi. U mil.av. 527 yili 73 yoshida vafot etdi. Unga ko’ra, Maxavira nirvana-so’nggi ozodlik xolatiga erishgan.
Ta’limoti. Jaynizm ta’limoining asosiy g’oyasi barcha xind dinlari uchun umumiy bo’lgan kamalar va nirvana haqidagi ta’limot hisoblanadi. Bunga esa faqat tarkidunyo qilganlargina erishai. SHuning uchun bu ta’limotda tarkidunyochilikka alohida e’tibor beriladi. Inson dunyoda o’zining barcha ehtiroslaridan voz kechishi, o’z nafsini tiyishi, o’z o’zini yengishi-yangi karma xosil bo’lishiga yl qo’ymasligi kerak. Natijada karmaning kuchi yengilib, uning ruhi kishanlardan ozod bo’ladi. Kishining karmasi qanchalik zaiflashsa, uning ichki dunyosi boyib boradi. Bu jarayon ruhning butunlay ozod bo’lishi-nirvana xolati yuz beradi.
Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma’lum ahloqiy qoidalarni bajarish talab qilinadi. CHunki hayotning maqsadi ruhni yomon karmadan saqlash, yangi karmaning yuzaga kelishiga yo’l qshymaslik, borin ham asta sekin yo’q qilishdan iborat. Buning uchun dunyoviy kishi besh narsaga amal qilishi kerak: 1-zarar yetkazmaslik (axinsa), 2-orst so’zlash(satya), 3-o’zrilik qilmaslik (asteya), 4-zino qilmaslik (brahmacharya), 5-tamagirlik qilmaslik(apagigraxa). Mana shular insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari u ikki asos chin e’tiqod va to’g’ri bilim tamoyilariga amal qilishi lozim. Ularning biri jaynizm diniga e’tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi ruhning abadiy ozodligi va hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar uchun birmuncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan.
Jaynizm ta’limoti borliqning iloh tomonidan yaratilgani va uning ustidan nazorat qilib turishini tan olmayi. Unga ko’ra, ruh abadiy mavjudot, olam esa azaliydir. Ruh modiy tanani yengib abadiy hayotga yetishi mumkin. Jaynizmda zarar yetkazmaslik qoidasiga ko’proq e’tibor beriladi, ya’ni jonli yoki jonsiz narsalarga ozor yetkazmaslik.
Maxavira vedalarning ulug’ligini inkor etdi va veda urf odatlariga brahmanlarning xukmronligiga qarshi chiqdi. U insonni ma’naviy yuksaklikka olib boruvchi hayot qonunlarini, ashaddiy rohiblikni targ’ib eti. Maxavira vafotidan keyin uning 11 shogirdlari ta’limotini davom ettirdilar.
Jaynizmning asosiy qoida tamoyillari Maxavira tomonidan 45ta asarda bitilgan.Biroq mil.av. og’zaki matnlarni kitob xoliga keltirish vaqtida qilingan xarakatlar oqibatida jaynizm 2 oqimga shvetambarlar yoki svetambarlar (oq kiyim kiyganlar) va digambarlar (moviy kiyim kiyganlar)ga bo’linib ketdi.Digambarlar jaynizmning asl xolatini saqlab qolishga ko’proq axamiyat berganlar. Ular Rishabxaning qadimiy qonuni yo’qolgan deb hisoblab, shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas deb e’lon qildilar. Ular asosiy diniy qoidalarda farqlanmaydilar. Ularning urf odatlari, kiyinishi va boshqalarnin shakllanishiga sabab bo’ldi.
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim mil.dan ortiq jaynistlar mavjud. Ular Hindistonning bir qator mintaqalarida yashaydilar.

Download 127.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling