Dehqonchilikning asosiy qonunlari dehqonchilikni ilmiy asosda olib borishning ob’yektiv qonunlari; qishloq xo’jaligini intensivlash, ekinlardan mo’l hosil olishda ob’yektiv omillarning o’rni va rolini izohlab beradi


Download 8.51 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi8.51 Kb.
#1273922
Bog'liq
9- mavzuДехкончилик тизимлари


DEHQONCHILIKNING ASOSIY QONUNLARI — dehqonchilikni ilmiy asosda olib borishning ob’yektiv qonunlari; qishloq xo’jaligini intensivlash, ekinlardan mo’l hosil olishda ob’yektiv omillarning o’rni va rolini izohlab beradi. Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish; minimum, optimum va maksimum; hayot omillarining birgalikda ta’sir etishi; hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib bo’lmasligi qonunlarini o’z ichiga oladi. Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonunini nemis olimi Yustus Libix (1803-73) 1840 yilda ifodalab berdi. O’simliklarning biologik massasi va hosili bilan tuproqdan oziq moddalari chiqib ketadi. Lekin bu oziq moddalarning bir qismigina go’ng tariqasida yana tuproqqa qaytadi. Hosil bilan yerdan chiqib ketgan hamma mineral moddalarni, ayniqsa, fosforni tuproqqa to’la “qaytarish” kerakligi shu qonunda ta’kidlanadi. Bu qarash o’simliklarni mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish haqidagi nazariyaning asosini tashkil etdi. Yu. Libix nazariyasi, ayrim xatolarga qaramay, Agronomiya, jumladan agrokimyo fanida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Qaytarish qonuniga binoan tuproqdan o’zlashtiriladigan oziq moddalar ekvivalent miqdorda mineral va organik ug’itlar hamda turli xil agrotexnologik tadbirlar bilan yerga qaytariladi. Ishlab chiqarish sharoitida mineral o’g’it sifatida tuproqqa asosan azot, fosfor va kaliy, ayrim mikroelementlar qaytariladi, xolos. Masalan, bir tonna paxta tolasining hosil bo’lishi uchun o’rtacha sof 50 kilogramm azot, 15 kilogramm fosfor va 50 kilogramm kaliy sarflanadi. Moddalarni qaytarish qonunining buzilishi tuproq unumdorligini kamayishiga sababchi buladi. Dehqonchilikdagi minimum, optimum va maksimum qonunlarida o’simlik hayotida har bir hayot omiliga bulgan ta’sirchanlikning alohida ahamiyati borligi ifoda etilgan. O’simliklarda, rivojlanishning muayyan fazasiga utishi uchun vaqt (oy, kun) bilan birga minimum samarali temperatura yig’indisi talab etiladi yoki yerdan fosfor, kaliy va boshqa oziq moddalar miqdori bo’yicha 45 tsentner hosil olish mumkin, lekin tuproqda oson o’zlashtiriladigan azot miqdori faqat 25 tsentner hosil yetishtirish uchun yetarli, natijada amalda o’rta hisobda 25 tsentner atrofida hosil olinadi. Bunga sabab hosilning miqdori minimumda turgan azot miqdori bilan chegaralanadi. Optimum qonuni ham minimum qonun kabi mustaqil, usimlik uchun optimal o’sish sharoiti yaratilganda, eng kam mehnat va mablag’ sarflab, gektaridan eng ko’p va sifatli mahsulot olinishini ifoda etadi. Dehqonchilikning optimum qonuniga binoan, o’simlik barcha hayot omillari bilan optimal ta’minlangandagina hosil eng yuqori bo’ladi. O’simliklar hayotida eng qulay — optimal sharoit bilan bir qatorda, maksimal, ko’pincha ular uchun zararli sharoit, ayrim vaqtda o’simlikni quritadigan sharoit ham bo’lishi mumkin; bu xrdisa maksimum qonunida ifoda etiladi. Masalan, 35° dan yuqori temperatura g’o’za, 25° dan yuqori temperatura kartoshka o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi yoki mineral o’g’itni ortiqcha qo’llash ekin hosildorligini oshirmaydi, balki mahsulot sifatini pasaytiradi. Dehqonchilikda yuqori va barqaror hosil yetishtirish uchun minimum yoki maksimumda turgan omillarni muayyan tadbirlar bilan optimal miqdorga yetkazish, o’simlikning butun vegetatsiya davomida o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish kerak. Ammo ishlab chiqarishda ko’pincha minimum, optimum va maksimum qonunlar buzilayotgan hollar ham uchraydi. Masalan, tuproqda nam kam bo’lishiga qaramasdan, yerga ko’p marta ishlov beriladi, natijada nam yanada kamayadi. Hayot omillarining birgalikda ta’sir etishi qonuni o’simlikning hayot omillari alohida-alohida ta’sir etmay, bir-birlari bilan birgalikda ta’sir etishiga asoslanadi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun omillar majmuining ta’siri uzluksiz bo’lishi talab etiladi. Masalan, kuzgi g’alla nam yetarli, havo harorati 23° dan yuqori bo’lganda unib chiqib, 8-10 kundan keyin to’planish fazasiga o’tadi. Harorat 13° dan yuqori, ammo tuproqda nam kam (200-300 m3/ga) bo’lsa, to’planish 11 — 15 kundan keyin, ayrim vaqtlarda harorat 9— IV bo’lib, foydali nam miqdori esa gektariga 150-200 m3 ni tashkil etganda, bu jarayon 16-20 kungacha cho’ziladi. Havo harorati 7° dan past, namlik esa 100 mo’ga dan kam bo’lganda esa o’simlikning unib chiqish — to’planish tsikli 25 kunni tashkil etadi va hokazolar. O’simliklar hayot omillarining birgalikda ta’sir etishi qonuniyatlarini bilish, o’simliklarning hayot omiliga bevosita yoki bilvosita hamda unga yaqin turadigan omillarga ta’sir etish yo’li bilan hatto iqlim sharoiti murakkab, og’ir bo’lgan yillarda ham ekinlardan yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi. O’simlik hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib bo’lmaslik qonunini V. R. Vilyame (1863-1939) ta’riflab bergan. O’simlikdagi har bir hayot omilini, ularning o’zaro nisbati va munosabatlarini boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas. Ularning har biri boshqasining o’rnini bosa olmasligi nuqtai nazaridan teng ahamiyatlidir. O’simliklarning u yoki bu hayot omillariga ehtiyoji qanchaligidan qat’i nazar, ular o’simlik uchun bir xilda zarur. Masalan, o’simlikni hatto biron bir mikroelementga bo’lgan ozgina talabi qondirilmasa, undagi sodir bo’layotgan normal fiziologik jarayonlar hamda o’sishi va rivojlanishi buziladi, chunki har bir omil o’simlik hayotida ma’lum bir funktsiyani bajaradi. O’simliklar hayotida omillar orasida asosiysi va ikkilamchisi yo’q. Ular teng ahamiyatlidir. O’simliklarning hayot omillar tizimi har xil o’simlik uchun o’ziga xos. Dehqonchilik qonunlari va agrotexnika. O’simliklarning hayot sharoitini, masalan, tuproq sharoitini har xil agrotexnika usullari bilan boshqarish mumkin. Lekin qo’llanilayotgan har bir agrotexnika tadbiri bir yoki bir qancha omillarga ta’sir etishi yoki mutlaqo ta’sir etmasligi ham mumkin. Shuning uchun agrotexnika tadbirlari tizimini barcha hayot omillariga ijobiy ta’sir etadigan va o’simlik talabini krndira olishga moyil ketma-ketlikda o’tkazish zarur. Agrotexnika tadbirlari majmui ekinning butun vegetatsiya davomida o’zgarib turadigan talablariga muvofiq bo’lganda o’simlik o’sishi va rivojlanishini boshqaradigan eng ta’sirchan omilga aylanadi. Qo’llanilayotgan agrotexnika tadbirlari faqat ekinlarning hosildorligiga emas, balki hosil sifatiga ham ta’sir etadi. U yoki bu agrotexnika tadbirlarini noto’g’ri qo’llash natijasida paxtaning tola sifati yomonlashadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida shakar moddasi kamayadi. Agrotexnikada tadbirlarining muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri uni o’z vaqtida o’tkazish hisoblanadi. 
Download 8.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling