11-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni
Download 127.51 Kb.
|
11-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni. «Olloh barchamizning qalbimizda, yuragimizda. Yaratganni doimo yod etamiz undan madad so’raymiz. Binobarin, islom dini hayotimizning tub zamiriga chuqur singib ketgan. Bu –inkor etib bo’lmaydigan haqiqat». I.KARIMOV «Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’p-ko’p muhim masalalardan iborat. Endigi eng dolzarb vazifamiz-bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o’quvchilarimiz, talabalarimizga keng jamoatchilikka sodda, lo’nda qilib tushuntirib berish va ularni hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo’shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat...»1 «Milliy g’oya, milliy mafkurani ishlab chiqish uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg’or vakillari, kerak bo’lsa, mutafakkirlari, xalq, Vatan ravnaqi uchun hayotini bag’ishlaydigan fidoiy ziyolilar mehnat qilishi lozim»2. Biz ziyolilar oldiga ulkan va juda mas’uliyatli vazifalar qo’yildi. «Amaldagi davlat va jamiyatimiz qurilishida, iqtisodiyotimiz va ma’naviyatimizni shakllantirishimizda mutlaqo yangi-yangi qadamlar qo’yilmoqda, zamon talablariga hamohang o’zgarishlar ro’y bermoqda, ammo maktab va o’quv yurtlarida bolalarimizga ertaga bizning o’rnimizni bosishi lozim bo’lgan o’z farzandlarimizga daqqiyunusdan qolgan darslik va kitoblar asosida bilim va tarbiya bermoqdamiz. Bunday achinarli holatlarga barham berish vaqti keldi»3. Mustaqillik davrida yurtimizda dinimizga yangicha qarash va munosabat bildirish imkoniyati yaratildi. Yangi Dinshunoslikni o’qitish metodikasi fani vujudga keldi. Bu fan dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo’qotish maqsadida emas, balki uni milliy ma’naviyatning bir bo’lagi sifatida yondoshib, uni xolisona o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. O’zbek xalqining ilg’or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud bo’lib kelgan dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o’rganish, talabalarda vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg’ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Dinshunoslikni o’qitish metodikasi fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalalr chiqara oladigan diniy va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to’g’ri dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, fuqarolik , Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qilishi lozim. Din va Qonun o’zaro munosabatlarini bilish Respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda talabalarga Dinshunoslikni o’qitish metodikasi fanini o’qitish muhim masalalardan biriga aylandi. Ushbu fan bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratish, buning uchun chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislar bilan ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish mazkur ishni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 127.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling