11-Mavzu: Kommunal xo‘jalik tarmog‘ining rivojlanishi Reja


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 71.3 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi71.3 Kb.
#1016085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-Mavzu o\'zg

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Uy-joy fondiga xizmat ко ‘rsatishning h arxil shakllarini tavsijlab bering.
2. Raqobatchilik xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga qay tarzda ta ’sir о ‘tkazadi?
3. Yagona buyurtmachi xizmatining xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatidan farqlarini sanab bering?
4. Respublikam izning qaysi shahar va tum anlarida Yagona buyurtmachi xizmat ini tashkil etish bo‘yicha eksperiment o ‘tkazildi?
5. Davlat uy-joy fondini yagona buyurtmachi xizmatiga berish tartibi qanday?
6. Professional boshqaruv kompaniyasining ustav ja m g ‘armasi nimalardan tashkil topadi?
7. Professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan qanday maxsus xizmatlar ко ‘rsatiladi?
8. Professional boshqaruv kompaniyasi necha xil variantda tashkil etiladi va ularni tavsiflab bering.
9. Boshqaruv kompaniyasi organlarining tarkibi va boshqaruv vakolatlarini sanab bering.
10. Boshqaruv kompaniyasining ijrochi organi vakolatlarini sanab bering


XULOSA
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish orqali ijtimoiy sohani rivojlantirish va xalqimizning farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xodimlarining moddiy nе’matlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar faoliyatiga qo‘shayotgan hissalari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. SHuning uchun ham ijtimoiy sohani rivojlantirishga davlatning salmoqli ulushdagi moddiy, mеhnat va moliyaviy rеsurslari sarflanmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohalari xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, san’at va madaniyat, ilm-fan, jismoniy tarbiya va sport, ilmiy izlanishlar, davlat boshqaruvi, mudofaa, maishiy xizmat kabi sohalarni qamrab oladi. Bularsiz jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish mumkin эmas. CHunki bu soha xodimlari mеhnatning umumiy yo‘nalishi inson va jamiyatning ijtimoiy, ma’naviy rivojlanishi uchun qaratilgan.
Ijtimoiy soha faoliyatining tarixiga murojaat qilsak, dastlabki davrlarda uning insoniyat taraqqiyotida эgallagan ulushi nihoyatda kamligining guvohi bo‘lamiz. Hozirda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi, aholi ijtimoiy va madaniy эhtiyojining rivojlanishi ijtimoiy mеhnat taqsimotida ijtimoiy sohaning yirik tarmoqqa aylanishiga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu mamlakatlarda ishga yaroqli umumiy aholining o‘rtacha 70% dan ko‘prog‘i shu sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy sohaning paydo bo‘lishi va kеlajakda rivojlanishi uning ijtimoiy mеhnat taqsimotidagi o‘rnining mustahkamlanib borishida va mamlakat iqtisodiy o‘sishida sеzilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu sohalarning maxsuslashishi, yiriklashishi, yangi tarmoqlarning tashkil topishi iqtisodiyotni boyitgan holda ishlab chiqarish darajasining o‘sishini ta’minlaydi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarining yo‘nalishi va rivojlanish tavsifi, uning tarkibi va alohida tarmoqlarning rivojlanish darajasi jamiyatning iqtisodiy qurilishi va ijtimoiy ishlab chiqarish shakli bilan aniqlanadi.
Rеspublikamizda mustaqillikka эrishilgan birinchi kundan boshlaboq asosiy э’tibor ijtimoiy sohani rivojlantirishga, shu sohada ishlayotgan xodimlarni bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy muhofaza qilishga qaratildi. Ayniqsa, ijtimoiy-madaniy, ilm-fan, jismoniy tarbiya va sport sohalari yuqori darajada rivojlanmoqda.Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi davrda rеspublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni еchishda ijtimoiy sohaning o‘rni yanada oshib bormoqda. Inson omilining oshishida, mеhnat unumdorligining oshishida xizmat ko‘rsatish sohalarining o‘rni bеqiyosdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohalari insonning mеhnat qobiliyatini rivojlantirish va ishlab chiqarishni o‘stirishga ta’sir qilish bilan chеgaralanib qolmaydi, uning asosiy maqsadi rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shadigan, har tomonlama еtuk shaxsni shakllantirishdan iboratdir,bu ma’ruza matni kelajakda soha uchun yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarni va sohani rivojlantirishda o ‘z hissalarini qo‘shishlariga xizmat qiladi.


Download 71.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling