11-Mavzu: Kommunal xo‘jalik tarmog‘ining rivojlanishi Reja


Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Download 71.3 Kb.
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi71.3 Kb.
#1016085
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-Mavzu o\'zg

Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Ushbu mavzuda mamlakatimiz aholisi turmush darajasi va farovonligini oshirish borasida olib borilgan islohotlar, shahar va shaharcha kommunal xoʻjalik korxonalari sanoat korxonalarini suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa bilan taʼminlash zarurligi,talabalarga kommunal xoʻjalik korxonalari haqida tushunchalar berishdan iborat.


Tayanch iboralar: Yagona buyurtmachi xizmati, yagona buyurtmachi xizmatining moliyaviy mablag‘lari, shartnomaviy shartlar, davlat mulki, yagona buyurtmachi xizmati boshligi, professional boshqaruv kompaniyasi, boshqaruv kompaniyasi faoliyati predmeti, moliyaviy boshqaruv, maxsus xizmatlar ko‘rsatish, boshqaruv organlari, umumiy yig‘ilish, boshqaruv kompaniyasining ijrochi organi.
Kirish
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘tgan qisqa vaqt mobaynida iqtisodiyotning barcha sohalari kabi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ham ulkan qayta qurishlar amalga oshirildi. Eng awalo uy-joy fondi xususiylashtirildi. Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning qonuniy-huquqiy asoslari shakllantirildi. Kommunal xo‘jaligini boshqarish tizimi isloh qilindi. Sohadagi korxona va tashkilotlar faoliyati erkin bozor tamoyillari asosida tashkil etildi. Iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchilar o ‘rtasida shartnomaviy munosabatlar joriy etildi. Kommunal xizmatlar sohasida bahoni shakllantirish va yoqilg‘i resurslarni iqtisod qilish b o ‘yicha ijobiy natijalarga erishildi. Respublikamizda turar joylarni boshqarish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish ishlarini tubdan yaxshilash, aholining ko‘p kvartirali uylarni saqlash va mukammal ta’mirlashdan m anfaatdorligini oshirish, shuningdek uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o ‘zini o ‘zi boshqarish instituti sifatida shirkatlarning nufuzini, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida 2006-yil 12-aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xususiy uyjoy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 64-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorga muvofiq uy-joy kom m unal x o ‘jaligi sohasini rivojlantirishning keng qamrovli dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur dasturga muvofiq sohada malakali kadrlarga bo‘lgan o ‘tkir ehtiyojdan kelib chiqib, «Servis (uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar) va «Ko‘chmas mulk ekspertizasi 3 va uni boshqarish» bakalavriat ta ’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. «Servis (kommunal xo‘jaligi sohasi), «Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish», «Iqtisodiyot (qurilish)», va «Menejment (qurilish)» ta’lim yo‘nalishlarida «Uyjoy kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi» fani kiritildi. Kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti faniga soha uchun malakali kadrlar tayyorlashda asosiy va muhim fan sifatida qaralib, unda kommunal xo‘jaligi sohasi faoliyatini ta’minlayotgan iqtisodiy tizimni, unda amal qilayotgan iqtisodiy qonuniyatlarni, sohani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning mohiyatini, sof raqobat muhitida kommunal xizmatlar bozorini shakllantirish va uy-joy fondidan foydalanishni tashkil etishda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiy masalalarni ochib berishga alohida e ’tibor qaratildi. Darslikda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga yagona tizim sifatida qaralib, tizimda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlari oddiy va tushunarli tilda bayon etilgan. Respublikamizda uy-joy qurilishi, kommunal xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarning o‘zvaqtida, to‘g‘ri va maqsadli amalga oshirilayotganligini asoslab berishga harakat qilindi. Shuningdek, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.

11.1 Uy-joy kommunal xo‘jalik tarkibi. Respublika aholisining turmush samaradorligini oshirishda uy-joy, kommunal xo‘jaligi xizmatining o‘rni va jahon moliyaviy-iytisodiy inqirozi sharoitida uy-joy kommunal xo‘jalikni rivojlanishiga ta’sir etadigan omillar.



Download 71.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling