Malaka oshirish institutlari


Download 32.59 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi32.59 Kb.
#1234672
Bog'liq
1-5


MALAKA OSHIRISH INSTITUTLARI
Mustaqillik yillarida ta’limning barcha sohalari kabi malaka oshirish tizimida qator o‘zgarishlar vujudga keldi.
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad - o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va oshirish, ularning ilmiy saviyasini takomillashtirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda shaxsiyatini rivojlantirishdan iboratdir. O‘zbekistondagi xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish kurslari tashkillanish jarayoniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda turli shakllarni va ularning o‘ziga xos tarixini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, mamlakatimizda bunday kurslarning kunduzgi, qisqa muddatli va masofaviy o‘qitish shakllari mavjud.
Malaka oshirish tizimi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2006 yil 16 fevraldagi 25-son qaroriga muvofiq xalq ta’limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishning asosiy maqsadlari, vazifalari, shakllari, uslublari va tartibini belgilaydi.
2012 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga aylantirildi. 22 iyunda shu Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
2012 yil 28 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, o‘sha yilning 24 iyulida esa “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, o‘sha yilning 28 dekabrida esa ana shu Farmonni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi 234-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbilari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 11 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarining namunaviy o‘quv-dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-sonli buyrug‘i, “Xalq ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari”, o‘quv-mavzu reja va o‘quv dasturlariga muvofiq malaka oshirish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida tayyorlangan. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda pedagog kompetentligi, pedagogik innovatsiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash, hamkorlik pedagogikasi, ta’lim jarayonini takomillashtirishning samarali yo‘l va usullarini joriy qilish masalalari yoritilgan.
234-sonli qaror bilan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan fan va ta’lim sohasi mutaxassislari Yer yuzining yetakchi ilmiy va ta’limiy markazlariga malaka oshirish va amaliyot o‘tash uchun yuborib turiladi. Bundan tashqari, mamlakatimizda ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari faoliyat olib bormoqda. Ularda yoshlarimiz chet tilida jahonning ilg‘or sohalarini puxta-pishiq o‘zlashtirib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishmoqda. Mustaqillik yillarida yetuk kadrlar tayyorlash, buning uchun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yaratilgan bu “mustahkam poydevor” hozirning o‘zidayoq o‘z natijalarini ko‘rsatdi. 2015 yilning 12 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishdek ezgu maqsad ko‘zda tutilgan. Chunki kun sayin o‘zgarib borayotgan zamon bilan hamnafas bo‘lmay turib bugungi talablarga to‘la javob beradigan bakalavr va magistrlar tayyorlashning hech iloji yo‘q. Bu yuksak maqsadga yetish uchun esa, avvalo, oliy ta’lim muassasasi rahbar va pedagog kadrlarining o‘zi yetuk mutaxassis bo‘lishi kerak. Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi shu maqsadni ro‘yobga chiqarishning eng muhim jabhasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3289-sonli qarori malaka oshirish tizimiga tub burilish yasadi.
Mazkur qaror qabul qilingunga qadar respublika xalq ta’limi tizimida jami 4 916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9 680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta barkamol avlod markazlari faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institutlar mavjud bo‘lgan.
Qarorda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini tashkil etish belgilangan.
Shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik normativ asoslarini ishlab chiqish, ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-3305-son, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1026-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qarorda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish belgilangan.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida Nizom» asosida ishlab chiqilgan Nizomga binoan tashkil etadi.
Bo‘lim o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmon, Qaror, Farmoyishlariga amal qiladi. Shuningdek, ushbu bo‘lim malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ul hisoblanadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari sifatida:

  • O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ijtimoiy – iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatini izchil nazorat qilish hamda xolisona baholash tizimini yaratish;

  • tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilish;

  • idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishuchun Akkreditsiya komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etish;

  • O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatiga oid talablari bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish;

  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun talablar va mezonlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • davlat talablarini, shuningdek ular asosida ta’limning tegishli turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish;

  • respublika hududida malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berishda ekspertiza o‘tkazish kabilar kiradi.

Shuningdek, bo‘lim:

  • Tinglovchilarning yakuniy baholarini tahlil qilish asosida nazorat ballarining xolisligini, malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlari sifatini baholaydi va takliflar tayyorlaydi;

  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ahvoliga doir masalalar bo‘yicha muntazam ravishda ekspert xulosalari, hisobotlar, tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlaydi hamda ularni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyatiga kiritadi;

  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun jalb etiladigan ekspertlarni tanlash o‘qitish va o‘qitish yakunlari bo‘yicha ushbu ekspertlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish ishlarini amalga oshiradi;

  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirishini ta’minlaydi;

  • attestatsiya o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatadi;

  • idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) hamda ularning maqomini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha materiallar ekspertizasini va tegishli xulosalarni tayyorlaydi;

  • tinglovchilar bilimlarining yakuniy baholarini tahlil qilish asosida nazorat ballarining xolisonaligini, respublikaning barcha malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘quv rejalari va dasturlari sifatini baholaydi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyatiga takliflar kiritadi;

  • attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsisidan o‘tkazish uchun tegishli materiallarni akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etadi;

  • «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to‘g‘risidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatiga taalluqli talablarining bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

  • ta’lim muassasalarining maqomi va yo‘nalishlarini o‘zgartirish, shuningdek o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha belgilangan tartibda zarur takliflarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyatiga kiritadi.

Bugungi kunda respublikamizda 3 ta malaka oshirish institutlari, 55 ta malaka oshirish hududiy markazlari (fakultetlari), 5 malaka oshirish mintaqaviy markazlari, 16 ta malaka oshirish tarmoq markazlari (jumladan, BIMM), shuningdek, korxona va tashkilotlar qoshida tashkil etilgan markazlar va o‘quv kurslari mavjud. Mazkur bo‘lim barcha malaka oshirish institutlari, markazlari va o‘quv kurslari faoliyatini muvofiqlashtiradi va amliy yordam beradi.
Jami 450 taga yaqin kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim turlari bo‘yicha faoliyat yuritish uchun litsenziya berilgan.
Hozirgi kunda bo‘lim xodimlari tomonidan malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Shu bilan bir qatorda, malaka oshirish tizimini baholashning yangi mezonlarini ishlab chiqib, tajriba-sinovdan o‘tkazmoqda.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil etadi:
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi faoliyatining rejasi:
2023-yilda Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini tashqi baholashdan o`tkazish jadvali
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi faoliyatidagi o‘rganishlar natijasi:
.
Download 32.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling