“Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlash to'g'risida”gi qaror ijrosini ta’minlash
Download 93.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Hujjat
- Bu sahifa navigatsiya:
- B U YU R A M A N : 1.
19.05.2023 10 -um-son “Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlash to'g'risida”gi qaror ijrosini ta’minlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-martdagi PF-45-son “Ish haqi miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy ta‘lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 28-apreldagi 11-q/q va /8-q/q-son “Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida B U YU R A M A N : 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 10-bandida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshganda oliy ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarini o‘zgartirish lozimligi va ushbu bazaviy lavozim maoshini o‘zgartirish oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtirilishi belgilanganligi qayd etib o‘tilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 28-apreldagi 11-q/q/8-q/q-son qarori bilan 2023-yil 1-maydan oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdori 1-ilovaga, rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdori 2-ilovaga hamda boshqa xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin. 3. Bosh buxgalter (A.Normurodov): Yuristlar malakasini oshirish markazining rahbar, professor-o'qituvchilari ish haqlarini qayd etib o‘tilgan Qo‘shma qaror ilovalaridagi bazaviy Iavozim maoshlari miqdorlari bo'yicha o'z vaqtida qayta hisob-kitob qilinishini ta’minlasin; 2023-yil 1-maydan e'tiboran Markazning professor-o'qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lash bo'yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorini o'zgarishi munosabati bilan qo'shimcha talab etiladigan mablag'lar bilan o'z vaqtida ta'minlasin. 4. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish direktor o‘rinbosari K.Islamov zimmasiga yuklansin. Direktor SH.RABIYEV Toshkent shahar Download 93.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling