11-mavzu. Moliyaviy hisobot: mazmuni, funksiyalari va turlari Reja: Moliyaviy hisobot va uning funksiyalari. Moliyaviy hisobot turlari. Moliyaviy hisobot


-sonli «Buxgalteriya balansi» shaklda


Download 21.99 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi21.99 Kb.
#1165798
1   2   3   4
Bog'liq
1 Moliyaviy hisobot va uning funksiyalari Moliyaviy hisobot tu

1-sonli «Buxgalteriya balansi» shaklda korxonaning xo’jalik mablag’lari va ularning joylashishi hamda tarkib topish manbalari o’z ifodasini topadi. Kor-xonaning mulki - bu uning mablag’lari summasining o’z mablag’lari manbalari sum-masiga to’g’ri keluvchi qismidir. Korxona moliyaviy barqarorligi esa uning mul-kiy holati hamda to’lov qobiliyati bilan baholanadi. Тo’lov qobiliyatini aniq-lashda esa korxona majburiyatlarini uning aylanma mablag’lari summasi bilan so-lishtirish lozim.


2-sonli «Moliyaviy natijalar tug’risidagi hisobot» shaklda korxonaning mahsulot sotishdan ko’rgan moliyaviy natijasi, asosiy faoliyat, umumxo’jalik fao-liyati bo’yicha moliyaviy natijasi va sof foydasi ko’rsatiladi. Bu shakl ma’lu-motlari buxgalteriya balansini tuzishda ishlatiladi.


3-sonli «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot” shakl kor-xonada mavjud mulkning holatini baholashda imkonini beradigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu shakl ba’zi ma’lumotlarini (masalan, yil boshiga va yil oxiriga qoldiq summasini) balansdagi shu moddalar bilan solishtirish mumkin. Тahlil uchun esa asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati ko’rsatkichi ishlatiladi. Ushbu shakl asosiy vositalar harakati bilan bog’liq barcha ma’lu-motlarni bergani sababli, ular asosida asosiy vositalar, ya’ni mulkning tex-nik holatini baholash mumkin.


4-sonli «Pul oqimlarining harakati to’g’risidagi hisobot» shakl korxona pul mablag’lari harakatini baholash nuqtai nazardan nihoyat darajada katta ahamiyatga ega. Bu hisobotni o’qishni bilgan kishi ma’lum bir darajada korxonaning moliyaviy natijalari shakllanishi haqidagi ma’lumot bilan tanishishi va uni 2-shakl ma’lumotlari bilan solishtirishi mumkin. Bu hisobot korxonaning naqd va naqd pulsiz muomalalarining umumiy aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni beradi. Hisobot davri boshiga qoldiqqa hisobot davridagi kirim qo’shilib, hisobot davridagi chiqim chegirilib yuborilsa, pul mablag’lari qoldigini hisobot davri oxiriga aniqlash mumkin.



Download 21.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling