11-Mavzu: Muloqot-ijtimoiy-psixologik kategoriya sifatida Rеjа: Mulоqоt to‘g‘risidа umumiy tushunchа


Psixologik ta`sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta`sir ko`rsata olishdir


Download 159.71 Kb.
bet4/4
Sana07.01.2023
Hajmi159.71 Kb.
#1083511
1   2   3   4
Bog'liq
11-Ma\'ruza muloqot psixologiyasi

Psixologik ta`sir – bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta`sir ko`rsata olishdir.







V erbal ta’sir - buso’zvanutqimizorqaliko’rsatadiganta’sirimizdir. Bundagiasosiyvositalarso’zlardir.
P aralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar: tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
N overbal ta’sir - Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilinganlar, tashqi qiyofa va signallar kiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo`lg’usi pedagog -psixologlardan psixolik bilimdonlik talab etiladi. Buning ijtimoiy- psixolik treninglar yordamida amalga oshiriladi. Odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o`zini to’g’ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening muloqotga o’rgatishdir. Muloqotga o’rgatish hozirgi zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to’g’ri moslashishga yordam beradi.
Buning uchun maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan. G’arbda shu maqsadda T- guruhlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik his etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari- guruhiy munozaralar, rolli o’yinlar, psixolik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening guruh a’zolari 7-15 kishigacha bilib mashg’ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi.
Ularning muloqot manbaida o’zini «o’zgalar» o‘rniga qo’yish, ularning ichki olamini to’g’ri tushinish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi.
Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qo’yiladi:
1. Munozara yoki o’yinlar jarayonida har bir ishtirokchi vaziyatni yoki rolni faol o’zlashtirib, shar bir holatdan o’zi uchun xulosa chiqarishga olib kelish zarur.
2. T- guruhlarda muloqotning nutq shakllaridan tashqari, nutqsiz-noverbal shakllari ham keng qo’llanishi, ya’ni har bir ishtirokchi (o’rganuvchi) har bir harakat, ritmning mohiyatini ham tushunib uni hayotda ishlatishga ham erishish zarur.
3. Har bir ishtirokchi kundalik yuritib, uni har galgi mashg’ulotlardan so’ng o’ziga his- kechinmalari, muammolarni yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlarini odilona yozib borishi muhimdir.
4. T- guruhga qatnashish ixtiyoriy bo’lganligi uchun, har bir a’zo mashg’ulotlarni qoldirmaslikka harakat qilingani zarur,- chunki bu a’zolarning o’zaro munosabatlariga, guruhning muhitiga bevosita ta’sir qiladi.
Mashg’ulotlar maxsus xonalarda, shovqin surondan xoli yerda tashkil etilishi, shinam bo’lishi kerak.


Nazoratuchun savollar:
1.Muloqot deb nimaga aytiladi?
2.Inson hayotida muloqotning o`rni va ahamiyati?
3.Muloqotning qanday turlaridan foydalanamiz?
4.Muloqot turlarining har birining xususiyatlarini qisqacha tavsiflab bering.
5.O`qituvchining nutqiga qanday talablar qo`yiladi?
6.Shaxs xususiyatlari muloqotda qanday aks etadi?
7.Muloqot madaniyati deganda nimani tushunasiz?
8.Muloqot shaxslararo munosabatlar vositasi.
Download 159.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling