11-mavzu: Muqobil va raqobatbardosh investitsiya loyihalari tahlili reja


Download 68.03 Kb.
bet4/5
Sana11.11.2023
Hajmi68.03 Kb.
#1765816
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu.In.tah

11.4-jadval.
O‘zaro ziddiyatli loyihalarni investitsiyalash natijalari.



Investitsiyalash variantlari va ko‘rsatkichlari

Pul tushumlari, yillarda

0

1

2

3

4

Ko‘mir sxemasi.
Ko‘mir uchun investitsiya - 1
Ko‘mir uchun investitsiya - 2

- 1000
-



750
-



500
- 1000



750

500

Ko‘mir sxemasi bo‘yicha jami NPV







173,59







Gaz sxemasi.
Gaz uchun investitsiya

- 1000


350


350


350


350


Gaz sxemasi bo‘yicha jami NPV







109,45







Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, investitsiya loyihalarining taqqoslama hayotiylik davri sharoitida ko‘mir sxemasi ikki martalik investitsiyalanishiga (mablag‘ sarflanishiga) qaramasdan sof joriy qiymatning katta tushumini ta’minlash imkoniga ega. Shunga ko‘ra, investitsiyalashning ushbu varianti iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.


Bajarilgan hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, ko‘mir sxemasi bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar qo‘shimcha foyda olish imkonini beradi. Lekin, hisob-kitob natijalari investitsiyalash ob’ektining qoldiq qiymati miqdori (qoldiq qiymati bo‘yicha uni boshqalarga sotish imkoniyati) loyihani amalga oshirish imkoniyati va amortizatsiya ajratmasi sxemasi kabi bir qator omillarga bog‘liq.
Odatda, eng foydali variant deb topilgan investitsiya loyihasini tanlab olish taxminlar asosida qabul qilingan hisob-kitoblarning to‘g‘riligiga bog‘liq. Lekin investor uchun eng muhimi hisob-kitoblarning aniqligini oshirish yoki hisob-kitoblarning qandaydir usullaridan foydalanish emas, balki qabul qilingan boshlang‘ich ma’lumotlar va shart-sharoitlarning aniqlanishi hisoblanadi. Bunday holatda, hatto, hisob-kitoblarning soddalashtirilgan usullari ham ularning ishonchliligini pasaytirish xavfini keltirib chiqarmaydi va butkul asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini bermaydi.
Ko‘p hollarda, investitsiya loyihasida ishtirok etuvchi iqtisodchi mutaxassislarda investitsiyalarning samaradorligini baholash bo‘yicha hisob-kitoblarni soddalashtirishga xohish va talab paydo bo‘ladi. Xususan, agar muqobil loyihalarni baholash va taqqoslash sof joriy qiymat (NPV) miqdori bo‘yicha amalga oshirilsa hamda investitsiyalar uzluksiz ravishda reinvestitsiya qilinishi mumkin bo‘lsa, shunday hollarda xohish va talab yuzaga keladi. Tushunarli bo‘lishi uchun transport kompaniyasi bilan bog‘liq misolga qaytamiz. Ushbu kompaniya yana 4 yil ishlatish mumkin bo‘lgan eski va foydalanish muddati 9 yil bo‘lgan yangi yuk tashish mashinasidan birini sotib olish masalasini hal qilishi lozim. Bunda muqobil investitsiya loyihalarini NPV miqdori bo‘yicha oddiy taqqoslashning iloji yo‘q. Sababi, investitsiya loyihalarining hayotiylik davri turlichadir va teng emas. Hisob-kitoblarning taqqoslanishini ta’minlash uchun esa ularni yagona davomiylik davriga, ya’ni 36 yilga (4 x 9 = 36) keltirish lozim va ular aynan mana shu davr so‘ngida bir vaqtda o‘z faoliyatlarini (reinvestitsiyalanishini) yakunlaydilar.
Bunday masalani hal etish uchun soddalashtirilgan usul – ekvivalent annuitet (Ea) dan foydalanish tavsiya etiladi. Bu usul faqat investitsiya loyihalari bir xil risk darajasiga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Ekvivalent annuitet (Ea) ni hisoblash formulasi quyidagicha:

Bu yerda, Ea – kelgusi pul tushumi (RMT); NPV – sof joriy qiymat (annuitetning joriy qiymati PVAt ni ifodalaydi); PVA1t,k – k daromadlilik stavkasida har bir t davr oxiridagi annuitetning joriy qiymati.
Agar PVA1t,k = (1-1/(1+k)t)/k ekanligini nazarda tutsak, formulani quyidagi soddalashtirilgan ko‘rinishga keltirishimiz mumkin:



Bu formula barcha raqobatlashuvchi investitsiyalar cheksiz reinvestitsiyalashni nazarda tutgan bo‘lsa yoki barcha muqobil loyihalarning hayotiylik davri bir vaqtning o‘zida tugallanmaguncha reinvestitsiya qilinish hollarida qaysi loyihada ekvivalent annuitet eng katta miqdorga ega bo‘lishini va barcha pul tushumlarining eng yuqori NPVmiqdori ta’minlanishini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Tushunarli bo‘lishi uchun yuqoridagi isitish va elektr ta’minotiga oid misolga qaytamiz.
4-misol. Ko‘mirdan foydalanish texnologiyasini amalga oshirishga ikki karra investitsiyalashni sun’iy qabul qilish qaroridan chetlashgan holda ko‘mir va gaz sxemasini ikkala sxema uchun ekvivalent annuitetlar asosida taqqoslashga harakat qilamiz. Buning uchun, eng avvalo, diskont stavkasini 10% ga teng deb qabul qilib olamiz va uning asosida ikkala loyihaning har birini amalga oshirish davrlari uchun hisoblash ishlarini o‘tkazamiz (2 yil – ko‘mir sxemasi uchun, 4 yil – gaz sxemasi uchun). Natijada quyidagilarni hosil qilamiz:
Ko‘mir sxemasi bo‘yicha:


,

Gaz sxemasi bo‘yicha:





Ko‘rib turganimizdek, hisoblashning bunday soddalashtirilgan usulida energiya ta’minotining ko‘mir sxemasi gaz sxemasidan afzalroq hisoblanadi. Ekvivalent annuitet usuli cheklangan investitsiyalardan samarali foydalanish sharoitida, ayniqsa, juda ham qo‘l keladi.
Shuni hisobga olish kerakki, ayrim toifadagi investorlar o‘z kapitalining qaytishiga qiziqqan paytlarida, nafaqat, ularning qoplanish davrini, shuningdek bozor qiymati (real, joriy qiymati) bo‘yicha qoplanish davrini bilishni xohlaydilar. Investitsiyalashdan maqsad kapital qiymatining kamayishidan saqlanish va uni o‘stirishdan iborat ekanligi bois, qilingan investitsiyalarning necha yilda haqiqiy qiymatda qaytishini aniqlashning ham ahamiyati katta. Lekin uning bozor qiymati jihatidan qoplanish davri miqdor (nominal summa) ko‘rsatkichi bo‘yicha qoplanish davridan farq qiladi va u hamisha miqdor (nominal summa) ko‘rsatkichi bo‘yicha qoplanish davridan katta hisoblanadi. Kapitalning bozor qiymati bo‘yicha qoplanish davri uning nominal summasi bo‘yicha qoplanish davriga qanchalik yaqin bo‘lsa, investitsiyalash investor uchun shunchalik foydali hisoblanadi. Shuningdek investitsiyalanayotgan loyihaning hayotiylik davri qanchalik katta bo‘lsa, investor uchun yuqori foyda olish va o‘z kapitalini ko‘paytirish (qiymatini oshirish) imkoniyati ham shunchalik katta bo‘ladi.
Shunday holatlar ham kuzatiladiki, bunda analitiklar pul oqimlari bilan (ko‘p hollarda, bevosita) bog‘liq bo‘lmagan o‘zaro ziddiyatli investitsiyalarga duch kelishlari mumkin. Deylik, firma xizmat ko‘rsatish binolarini jihozlashda u yoki bu turdagi yoritish asboblaridan qaysi birini tanlash masalasini hal etar ekan, u bunday investitsiyalashning maqsadga muvofiqligiga hech bir shubha qilmaydi, sababi, qorong‘ilikda ishlashning o‘zi sira mumkin emasligi ravshandir. Bunda asosiy muammo yoritish (investitsiya loyihasi) usullaridan qaysi biri u yoki bu vaqtdagi istiqbolda kichikroq joriy (diskontlashtirilgan) xarajatlarga ega bo‘lishini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun eng arzon loyiha tanlab olinishi lozim.
Agar biz turli hayotiylik davriga mo‘ljallangan loyihalarga duch kelsak va agar baholanayotgan faoliyatni davom ettirish uchun asosiy vositalarning almashtirilishi (reinvestitsiya) talab etilsa, bunday sharoitlarda bizga faqat ko‘rib o‘tilgan uslubiy qo‘llanmadan foydalanish va ekvivalent annuitetni aniqlash zarur bo‘ladi. Bunga o‘xshash hollarda uni ekvivalent yillik xarajatlar (Eyx) deb nomlash aniqroq bo‘lgan bo‘lardi.
Buning tushunarli bo‘lishiga quyidagi misol yordam beradi.
5-misol. Faraz qilaylik, yuqori tashkilot ma’muriyati kasalxona binosini qayta ta’mirlash loyihasiga suv yoki elektr isitish tizimidan qaysi birini kiritish masalasini hal etishi lozim bo‘lsin. Bunda tahlil uchun diskont stavkasi 10% darajasida belgilab olingan. Suvni isitish tizimining xizmat muddati esa 5 yilga teng, uni vujudga keltirish va saqlab turish bo‘yicha xarajatlarning diskontlashtirilgan joriy qiymati ushbu davr mobaynida 100 mln. so‘mni tashkil etadi. Shuningdek elektrli isitish tizimi uchun bu ko‘rsatkichlar tegishlichi 7 yil va 120 mln. so‘mni tashkil etadi. Ekvivalent yillik xarajatlarni aniqlash uchun biz quyidagi jadvaldan foydalanamiz.

Download 68.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling