11-mavzu: Muqobil va raqobatbardosh investitsiya loyihalari tahlili reja


Download 68.03 Kb.
bet1/5
Sana11.11.2023
Hajmi68.03 Kb.
#1765816
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu.In.tah












11-mavzu: Muqobil va raqobatbardosh investitsiya loyihalari tahlili


REJA:



  1. Muqobil (o‘zaro ziddiyatli) investitsiya loyihalari tahlili. O‘zaro ziddiyatli investitsiya loyihalarini taqqoslash va qiyosiy baholash.

  2. Investitsiyalarning muqobil variantlarini ishlab chiqish va ularni baholash. Investitsiyalarning qoplanishi bo‘yicha o‘zaro ziddiyatli loyihalar tahlili.


  1. Muqobil (o‘zaro ziddiyatli) investitsiya loyihalari tahlili. O‘zaro ziddiyatli investitsiya loyihalarini taqqoslash va qiyosiy baholash.

Investitsiyalarning safarbar etilishi, ko‘p jihatdan, loyihalarning yuqori samaradorlikka egaligiga asoslanadi. Sababi, bunday investitsiya loyihalari katta foyda olish imkonini beradi. Odatda, yuqori foyda olish aksariyat investorlarning asosiy maqsadi bo‘lganligi bois, bunday loyihalarni moliyalashtirishdan investorlar manfaatdor bo‘ladilar. Lekin hamma investorlar ham investitsiya loyihasini moliyalashtirishdan avval ularning turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholaydilar va loyihani moliyalashtirish uchun o‘zlarining turli xil talablarini qo‘yadilar, shuningdek o‘z imkoniyatlarini ham hisobga olishga majburlar. Xohish va maqsadlarga mos bo‘lgan loyihalarning ular tomonidan moliyalashtirishga qabul qilinishlari tabiiydir.


Odatda, barcha investitsiya loyihalari ham bir xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘lavermaydi. Ayrim ko‘rsatkichlar bir loyihada yuqori ijobiy bo‘lsa, boshqa loyihada esa aksincha bo‘lishi mumkin va yana bir ayrim ko‘rsatkichlari esa bir loyihada boshqa loyihadagiga nisbatan pastroq miqdorga ega bo‘lishi mumkin. Bir sohaga xos bo‘lgan loyihalarning bunday (o‘zaro ziddiyatli) ma’lumotlarga ega bo‘lishi, ular o‘rtasidagi raqobatni vujudga keltiradi. Investitsiya qarorlarini qabul qilish, ayniqsa, raqobatli investitsiyalar sharoitida birmuncha qiyin vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
Investitsiya loyihalari o‘rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, quyidagi sabablarga asoslanadi:
1. Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qoplanishi va yuqori foyda keltirishi.
2. Investorning kapital budjeti cheklanganligi.
Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o‘zaro ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi. Muqobil (o‘zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini aniqlashga va uni ko‘zlangan maqsad yo‘lida moliyalashtirishga imkon beradi. Muqobil loyihalarni o‘zaro taqqoslashda, eng avvalo:
- ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga;
- vaqt omiliga;
- yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo‘yicha bajariladigan ish (xizmat) hajmiga;
- ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda);
- moliyaviy ko‘rsatkichlarga (baho darajasi, inflyatsiya va kredit uchun foiz stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim.
Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo‘ladi. Lekin loyihalarning texnologik tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha quvvatining bosqichma-bosqich o‘zlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish zarur.
Odatda, ob’ektni ishga tushirishning birinchi bosqichining o‘zidayoq to‘liq loyiha quvvatiga erishishni rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining aksariyat qismi noreal hisoblanadi. Sababi, turli xil texnologik, ishlab chiqarish va tijorat qiyinchiliklari oqibatida (sotish hajmining tushib ketishi, xom ashyova ishchi kuchi ta’minotidagi nomuvofiqliklar va shu kabilar) loyihalar ishlab chiqilgan rejalariga mos kelmay qolishligi mumkin. Ayniqsa, bunday holat loyiha quvvatining birinchi yilining o‘zidayoq to‘liq o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarida kuzatilishi mumkin. Chunki, aksariyat hollarda, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish ishlarida ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan loyiha rejasini ishlab chiqishda uni loyihaning to‘liq quvvatiga erishishini investitsiya ob’ektini ishga tushirgan vaqtning uchinchi-to‘rtinchi yillariga kelib, yirik va murakkab loyihalarda esa 4-7 yillar ichida o‘zlashtirishga moslashtirishga harakat qilinadi. Odatda, bunday rejalashtirish soha, loyiha xususiyatlaridan, ishlab chiqarishning turlaridan, bozor holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi va mahsulotning uzluksiz va maksimum imkoniyatlar bilan sotilishiga qaratilgan bo‘ladi. Loyihalardagi bu va boshqa jihatlar ular ichidan eng samaralisini tanlashda ziddiyatli holatlarni keltirib chiqarishi sababli to‘g‘ri qaror qabul qilish muammosi har doim dolzarb masala hisoblanadi.
1-misol. Faraz qilaylik, yangi qurilgan ko‘pqavatli aholi uylarini isitish uchun korxona isitish va energiya ta’minotining ko‘mir, gaz, mazut turlaridan birini tanlashi lozim. Yuqori darajadagi energiya ta’minotiga erishish uchun barcha usullarning taqqoslama tahlili o‘tkaziladi (bunda tahlilning oddiy va tushunarli bo‘lishi uchun biz investitsiya loyihalarining barcha variantlarining hayotiylik davri bir xil - 4 yilga teng deb faraz qilamiz) va ular quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan.



Download 68.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling