11-mavzu: Muqobil va raqobatbardosh investitsiya loyihalari tahlili reja


Download 68.03 Kb.
bet2/5
Sana11.11.2023
Hajmi68.03 Kb.
#1765816
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-mavzu.In.tah

11.1-jadval.
Muqobil loyihalar tahlili



Investi
siyalar turlari

Yillik pul tushumlari summasi, yillar bo‘yicha mln. so‘mda

Sof joriy qiymat, NPV, mln. so‘m

Investitsiya
lar rentabel-ligi PI

Foyda-ning ichki me’yori, IRR,%




0-y

1-y

2-y

3-y

4-y

Ko‘mir
Gaz
Mazut

-1000
-1000
-500

750
350
180

500
350
180

0
350
180

0
350
180

95,04
109,45
70,58

1,095
1,109
1,141

18
15
16

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ko‘mir sarfi sxemasining past samaradorlikka ega bo‘lishiga sabab (RI = 1,095) isitish tizimining ishga tushirilishidan boshlab uchinchi yilga kelib va undan keyingi yillarda hech qanday pul tushumlarining umuman kelib tushmasligidir. Lekin aholi uylariga issiqlik uzatishni to‘xtatish imkonining yo‘qligigina uni ishlatishni davom ettirishni oqlaydi, xolos. Shu bilan birga 10% lik diskont stavkasida bu variant ijobiy NPV ga va u mazut sxemasidaga nisbatan katta miqdorga ega. Agar muqobil variantlarni IRR miqdori bo‘yicha taqqoslasak, ko‘mir sxemasi bir muncha afzalroq hisoblanadi. NPV miqdori bo‘yicha muqobil loyihalarning taqqoslanishi natijasida gaz sxemasi eng katta miqdorga egaligi ma’lum bo‘ladi. O‘z navbatida, mazut sxemasi investitsiyalarning rentabelligi ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori miqdorga egaligi ma’lum.
Amaliyotda ushbu misoldagi kabi muqobil loyihalarning o‘zaro ziddiyatli tahliliga, odatda, quyidagilar:
1.Kelgusi pul tushumlari jadvalidagi farqlarning mavjudligi.
2.Investitsiyalarning talab qilingan summasidan farqlarning mavjudligi sabab bo‘ladi. Bu holatni yuqorida keltirilgan misol jadvalidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bu yerda IRR ko‘rsatkichi bo‘yicha ko‘mir sxemasi gaz sxemasidan yuqori turadi (ya’ni tegishlicha 18% va 15%).Agar energiya ta’minoti sifatida ko‘mirdan foydalanish asosida olingan pul tushumlari qisqa davr ichida yuz berishi va keyingi yillardagi tushumning butunlay to‘xtashiga e’tibor qaratsak, ushbu loyihaning gaz sxemasi bo‘yicha muqobil variantga nisbatan qisqaroq davr ichida foyda ichki me’yorining yuqoriroq darajasi ta’minlanishini ko‘ramiz.
Boshqa tomondan olganda, mazut sxemasi investitsiyalangan har bir so‘mga nisbatan eng yuqori foyda keltiruvchi loyiha hisoblanadi. Biroq bu loyiha bo‘yicha talab etiladigan investitsiyalar gaz sxemasiga nisbatan kichik va ular bo‘yicha sof joriy qiymat (NPV) ham kichik hisoblanadi. PI va IRR bo‘yicha esa gaz sxemasidan yuqoridir. Umuman olganda, muqobil loyihalarning samaradorligini taqqoslama aniqlashda belgilangan diskont stavkasida qaysi loyiha yuqori sof joriy qiymatga ega bo‘lsa (turli variantlardagi investitsiyalar hajmi bir xil bo‘lgan hollarda) yoki hosil qilingan sof joriy qiymat hisobiga boshlang‘ich kapitalning eng yuqori o‘sishiga erisha olsa, o‘sha loyihaningiqtisodiy samaradorligi yuqori hisoblanadi. Bunda loyihalarning PI ko‘rsatkichi ham so‘zsiz eng katta miqdorga ega bo‘ladi. Lekin uning IRR ko‘rsatkichi boshqa loyihaning IRR ko‘rsatkichidan kichik bo‘lsa, u holda qanday qaror qabul qilish mumkin. Bunday hollarda loyihalarning NPV bo‘yicha diskontlash stavkasi k ga bog‘liqligini aks ettiruvchi grafikdan foydalanish mumkin.
Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim mashhur yirik kompaniyalar bir vaqtning o‘zida bir necha xil loyihalarni moliyalashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday paytda ushbu kompaniya bir qancha investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish va tanlashga qabul qiladi. Bunda kompaniya ularning eng samaralilarini tanlab oladilar. Tanlab olingan investitsiya loyihalarining qiymati esa o‘zining kapital budjetiga (moliyalashtirish imkoniyatiga) mos qilib olinadi va ularni amalga oshirishdan ko‘radigan foydani hisoblaydi.
2-misol. Faraz qilaylik, yirik kompaniya moliyalashtirish uchun bir nechta loyihalarni qabul qildi. Biroq u o‘zining 130000 ming doll. atrofidagi budjetidan kelib chiqib, eng samarali loyihalarni tanlashi lozim. Taqdim etilgan loyihalar quyidagi ko‘rsatkichlarni tashkil etadi.



Download 68.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling