11-mavzu: Muqobil va raqobatbardosh investitsiya loyihalari tahlili reja
Download 68.03 Kb.
|
11-mavzu.In.tah
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3-jadval. Optimal samaraga ega loyihalar.
- 2.Investitsiyalarning muqobil variantlarini ishlab chiqish va ularni baholash. Investitsiyalarning qoplanishi bo‘yicha o‘zaro ziddiyatli loyihalar tahlili.
11.2-javdal.
Muqobil investitsiya loyihalarini amalga oshirish tahlili.
Foydalilik (PI) indeksi bo‘yicha yuqoriroq reytingga ega bo‘lgan va umumiy qiymati kompaniya budjetiga to‘g‘ri keladigan quyidagi loyihalarni tanlab olamiz. Tanlab olingan loyihalar guruhi bo‘yicha daromadning sof joriy qiymatini (sof keltirilgan qiymatini) hisoblab topamiz: NPV = 199320 - 130190 = 69130 ming doll. PI = 1,53 11.3-jadval. Optimal samaraga ega loyihalar.
Tahlil natijalaridan ko‘rinib turibdiki, mazkur to‘rtta investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qabul qilish kompaniya uchun foydali bo‘lib, uning kapitalining sof joriyqiymati 69130 ming doll.ga o‘sishi ta’minlanishi va investitsiyalar rentabelligi esa 53% ni tashkil etishi ko‘rinib turibdi. Ikkala loyihada hisob stavkasidan yuqori (tegishlicha 15% va 18%) ko‘rsatkich qayd etilgan va ularning ikkalasi ham samarali hisoblanadi. Demak, qiyosiy tahlil etish natijasida mazut sxemasiga nisbatan ko‘mir sxemasi va gaz sxemasi iqtisodiy jihatdan samaraliroq ekanligi tasdiqlandi. Biroq eng samarali investitsiya loyihasini tanlashga, nafaqat, diskont stavkasi, shuningdek loyihalarning hayotiyligidagi farqlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu misolda ko‘mir sxemasi eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega loyiha hisoblanadi. Muqobil investitsiya loyihalarining bunday taqqoslama tahlili ular ichidan eng samarali loyihani tanlab olishga va loyihani moliyalashtirish uchun to‘g‘ri qaror qabul qilishga imkon beradi. Umuman, muqobil loyihalar tahlili investorning moliyalashtirish uchun qabul qilgan loyihasining bexato tanlanishini va ishonchliligini ta’minlaydi. 2.Investitsiyalarning muqobil variantlarini ishlab chiqish va ularni baholash. Investitsiyalarning qoplanishi bo‘yicha o‘zaro ziddiyatli loyihalar tahlili. Investitsiyalarning muqobil variantlarini ishlab chiqish ularning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Muqobil loyihalar ichida afzali deb topilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish investor xarajatlarini samarali tashkil etish, investitsiya xarajatlarining tezroq qoplanishi va yuqori foyda olish imkonini ta’minlaydi. Investitsiya loyihasining hayotiylik davri ancha uzoq bo‘lgan davrda investitsiya xarajatlarining qisqa vaqt ichida to‘liq qoplanishi qolgan davr mobaynida loyihadan katta foyda olishga imkon beradi va investitsiyalarning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Amaliyotda shunday holatlar ham yuz beradiki, bunday paytlarda investitsiyalashning qaysi variantlarini qabul qilish masalasi jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Masalan, transport kompaniyasi foydalanilgan, lekin yana 3-4 yil xizmat qilishi mumkin bo‘lgan yuk tashish mashinasini yoki xizmat muddati 8-10 yil bo‘lgan yangi yuk tashish mashinasini sotib olishi mumkin. Bunday paytda kompaniya investitsiyalashning qaysi varianti afzal ekanligini aniqlash uchun ularni qanday taqqoslash lozimligi muhim vazifa hisoblanadi. Investitsiyalashdagi bunday muammolarni to‘g‘ri hal qilish uchun yuqoridagi ko‘rib o‘tgan ko‘p qavatli aholi uylarini isitish loyihalari misoliga qaytamiz. 3-misol. Bilamizki, energiya ta’minotining ko‘mir sxemasini tanlashda pul tushumlari 2 yildan so‘ng butunlay to‘xtagan edi. Shunga ko‘ra, ko‘mir sxemasi variantining hayotiylik davri 2 yilga teng bo‘lib, shu hayotiylik davr mobayniga va xususiyatiga o‘xshash bo‘lgan yana bir yangiqo‘yilmani amalga oshirish mumkin. Bunday taxminning ahamiyati juda katta, sababi, u ko‘mir va gaz sxemalarining sof joriy qiymatini maksimallashtirish salohiyatini taqqoslash imkonini beradi (bu yerda mazut sxemasini inobatga olmaganligimizga sabab, uning NPV ko‘rsatkichining eng kichik qiymatga egaligidir). Bunda har bir sxemaning 4 yillik hayotiylik davriga egaligini (ya’ni, qat’iy rejaga ko‘ra, korxona faoliyatining uning markazlashtirilgan isitish va energiya ta’minoti tizimi tarkibiga qo‘shib olinishi bilan tugallanilishini) nazarda tutsak, u holda quyidagi jadvalda umumlashtirilgan investitsiyalash natijalariga ega bo‘lamiz. Download 68.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling