11-Mavzu: Og’ishgan xulqning psixodiagnostikasi Reja


Deviant xulk-atvornipsixodiagnostik natijalar tahlili


Download 25.19 Kb.
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi25.19 Kb.
#1647621
1   2   3   4   5
3. Deviant xulk-atvornipsixodiagnostik natijalar tahlili
Deviant xulq-atvor uchun eng muhim xususiyatlardan biri ularning qanchalik foydali yoki zararlilik darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy me’yorlarning har bir o’zgarishda jamiyat fikri keskin o’zgaradi; yangi qarashlar va xulq-atvor shakllarining tarafdorlari va unuga qarshi turuvchilar paydo bo’ladi: bir vaqtning o’zida o’z ta’sirini yo’qotayotgan me’yor o’rniga yangi me’yor paydo bo’ladi. Oila nikoh munosabatlarida er-xotinning do’stligi, o’rtoqligi. Sevgisi, bir-birini moddiy yoki boshqa tomonlardan qaram bo’lmasligi me’yordir. Bunda hisob-kitob bilan oila qurish, mansab uchun ajralish deviant xulq-atvor bo’ladi.Deviant xulq-atvor ikki xil darajada o’rganiladi. Individual va ommaviy. Individual darajada ma’lum bir kishining aniq bir ish qilishi ommaviy darajada shu turdagi hodisalar majmui, ijtimoiy me’yorning buzilishlari. tizimi haqida so’z boradi. Har bir ijtimoiy me’yor va undan chekinish. ijtimoiy guruhlar tomonidan har xil baholansada, ijtimoiy rivojlanish nuqtai nazaridan ijtimoiy me’yorlarning baholar yo’nalishi bir xil ko’rsatkichga ega. Deviant xulq-atvor, holati va darajasi turli mamlakatlar regionlar, xududiy birliklarda turlichadir. Deviant xulq-atvor turlari taqsimoti ularning hududiy kesimdagi sifat va miqdoriy tavsifi xulq-atvorning geografiyasini tashkil etadi. Bunda ko’rib chiqilayotgan xudud tuzilishi va dinamikasi deviant xulq-atvorning sifat ko’rsatkichi bo’ladi. Tuzilishi deganda mavjud xudud ichidagi har xil chekinishlar, jinoyatchilik, boshqa qonun buzilishlar, ichkilikbozliklar, ma’naviyatsizlik va hokazolar orasidagi munosabatlar tushiniladi. Bu munosabatlar foizlar va umumiy ko’rsatkichlarda aks etadi. Shuningdek, bu ko’rsatkich ro’yxatga olingan xulq-atvor hodisalari soniga ko’ra va bu holatlarni amalga oshirganlar soniga ko’ra hisoblanishi mumkin. Deviant xulq-atvor geografiyasini, tuzilishi va dinamikasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ushbu jarayonning makon va zamonda amaliy uzgarishning ikki turi ko’rsatiladi. 1.Chekinishlar darajasining o’zgarishi deviant xulq-atvor hodisalar sonining umumiy o’sishi yoki kamayishi yoyinki aksincha,jamiyatda xulq-atvorning ma’naviy va xududiy me’yorlari mustahkamlanishi bilan ushbu ko’rsatkichlarining kamayishi. 2.Ko’rsatkichlarning o’sishi va kamayishi shuningdek muhim holatlari darajasida ham deviant xulq-atvor tuzilishining o’zgarishi. Ushbu tuzilish jihatidan o’zgarishlar turlicha bo’lishi mumkin: ogir turlarning yengil turlar hisobida o’sishi yoki aksincha. Deviant xulq-atvor turlarining biridan ikkinchisiga o’tishi masalan, ichkilikbozlikdan jinoyatga, biron bir yosh (yoki jins) vakillari salbiy xulq-atvorning boshqalariga nisbatan o’sishi va shu kabilardan tuzilishjihatidal o’zgarishlar u yoki bu mamlakat hududida yuz beradigan umumiy ijtimoiy va psixologik jarayonlarga ham bog’liq bo’ladi. Inson butun hayoti davomida bir tekis bo’lmasada me’yorlarga moslashib boradi. Qonunlarda ko’rsatilishicha va bizning ongimizda an’anaviy ravishda voyaga yetganlar ko’p narsani tushunishadi. aksariyat hollarda ongli harakat qilishadi va o’z qilmishlariniig oqibatlari uchun javob berishlari shart degan fikr o’rnashib qolgan. Biroq, bu ijtimoiy me’yorlarga qat’iy moslashib bo’lindi degani emas, u keyin ham shakllanib boradi va hatto butunlay o’zgarib ketishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan «o’tish davrida» masalan, bolalikdan o’smirlikka o’tishda yangi ichki omillar, ya’ni xulq-atvor mustaqilligi paydo bo’ladi. Bolalikdan farq qilgan holda o’smir hatti-harakati uning ongi bilan boshqarib boriladi va ijtimoiy ma’lumotlar manbasida ko’proq shaxsiy tajribaga tayanadi. Aynan ana shu yoshda ijtimoiy me’yorlarga har xil qarashdan xulq-atvor sabab va maqsadlari turlicha shakllanadi. Deviant xulq-atvorni ko’pincha me’yorlarning teskarisi ekanligini hisobga olganda, me’yorning «oynadagi aksi» deyiladi. Tadqiqotchilarning ko’rsatishicha bu «aks tasvir» deviant xulq-atvordan ko’ra jamiyatdagi umum qabul qilingan me’yorlarga qarshi turuvchi ijtimoiy guruhlar tomonidan tuziladigan «yashirin meyorlar»da ko’proq ko’zga tashlanadi. Bunday guruhiy me’yorlar «rasmiy me’yorlar»ning ba’zi boshqaruv uslublarini butunlay teskari holatga olib keladi. Mazmunan esa bu me’yorlar umum qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga teskaridir. Deviant xulq-atvor mexanizmlari quyidagilarni me’yorga teskari ish qildiruvchi qat’iyat, motiv va maqsadlarni paydo qiluvchi moslashuvi amalga oshiruvchi ichki va tashqi omillarning o’zaro harakatini o’zida mujassamlashtiradi-yu deviant xulq-atvorni metodik nuqtai nazardan tekshirilganda bu o’rinda ikkita asosiy yondashuv mavjudligi ko’zga tashlanadi. 1. Deviant xulq-atvorning konkret turlari jinoyatchilik, boshqa qonunbuzarlik, ichkilikbozlik, o’z-o’zini o’ldirish, giyohvandlik va hokazo. Mexanizmlarini klassifikasiyalash va alohida o’rganishdan iboratdir. Bunda ushbu hodisalarni amalga oshirgan har bir guruh shaxslarning xulq-atvor xususiyatlarini chuqur o’rganish mumkin, biroq ularni birlashtirib turuvchi umumiylikni aniqlab bo’lmaydi. 2. Deviant xulq-atvor ularning barcha turlarida uchraydigan umumiy mexanizmlarni, xulq-atvor mexanizmlari xususiyatlari bilan shaxs xususiyatlari aloqasini, deviant xulq-atvor turidan qat’iy nazar real sharoitlarni aniqlashdan iborat. Ijtimoiy me’yorlar. odatda eng ko’p tarqalgan ijtimoiy holatlarga asoslanadi. Bu holatda me’yor hech qanday qarshiliksiz amalda bo’ladi va ko’pincha anglanmaydi ham. Biroq kam uchraydigan holatning paydo bo’lishi biri qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, kattalarga hurmat tushunchasi boshqa me’yor yoki ushbu holatda harakatlanayotgan subyektning aniq manfaatlari bilan ziddiyatga kelmasa hech qanday qiyinchilik tug’ilmaydi. Bundan ma’lum bo’ladiki hayot sharoitlari ba’zi hollarda subyekt oldida qo’yadigan ma’naviy va ruhiy muammo har qanday holatda ham o’z individual qiziqishlari, manfaatlari va intilishlariga qarshi chiqib, me’yorga bo’ysunish lozimmi yoki teskarisini bajarish kerakmi degan savolga javob topishdan iboratdir. Deviant xulq-atvorning ichkilikbozlik, giyohvandlik turlari bilan bog’liq holatlarning fark qiluvchi tomonlari mavjud. Shunday farqlarning uchtasini ko’rsatish mumkin. 1. Birinchi farq salbiy hayot hodisalarini uzoq davom etishi bilan ajralib turishidan, ba’zan esa turmush tarzini bir bo’lagiga aylanib qolishdan iborat bo’ladi. Doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof muhitdan norozilik, o’qishdagi, do’stlar orasidagi tushunmovchiliklar va hokazolar bularning barchasi o’smir ruhiyatini jarohatlaydi, u yoki bu yo’l bilan mavjud vaziyatni o’zgartirishga urinadi. 2. Bu holatni hal qilish ma’lum qiyinchiliklarga ega, bularning ikkinchi farqi ham shu bilan bogliq, mavjud yoki xayoliy holatning asosligi. Amaliyotning ko’rsatishicha, har qanday holatda ham ko’p «qurbon» berib bo’lsada, ijtimoiy haqiqatga erishish mumkin. Lekin hamma gap shundaki, subyekt «qurbon»bera oladimi, o’smir o’z turmush tarzini o’zgartirishi, qiziqishlarini almashtirishi, do’stlar bilan aloqani uzishi bitirishi, qiziqishlarini almashtirishi, do’stlar bilan aloqani uzib biror kasbga ega bo’lishi mumkinmi yoki yo’qmi? O’smirning qat’iy qarorga kela olmasligi ko’pincha bu holatni chiqib bo’lmaydigan «holat» deb baholashi o’smirni ko’ngilhushlik vositalariga ichkilik va giyohvandlik moddalariga ruju qo’yishiga olib keladi. 3. Bunday holatlarning uchinchi farqi shundaki, ular hal qilishning «sarob», ya’ni, hal qilib bo’lmas yo’llarini, «taklif» qiladilar. Ya’ni ularga bu holni hal qilishda qatiy qaror qilishga zaruriyat yo’qdek tuyuladi. Bu yo’l esa turli ziddiyatlarning chuqurlashuviga va o’smir ruhiyatiga psixologik sindromlarning rivojlanishiga olib keladi. Deviant xulq-atvor mexanizmlarini o’rganayotganda o’smirning psixologik va psixofiziologiya xususiyatlari, masalan, o’smirning turli qiyinchiliklarni yengishi yoki undan qochishiga, sharoitga moslashishi yoki qutulishiga, sharoitni baholash va qaror qabul qilishidagi tezkorlik xususiyatini ham e’tiborga olish lozimligini ko’rsatadi. Deviant xulq-atvorning mexanizmnni soddalashtirganda unda to’rtta asosiy bo’g’in namoyon buladi: muammoviy (ziddiyatli) sharoit, qadriyatli-me’yoriy boshqaruv qaror qabul holatini amalga oshirish. Deviant xulq-atvorning ommaviy va individual darajalari orasidagi faqat to’gri aloqalar emas, balki teskari aloqalar ham mavjuddir. Psixologik va kriminologik adabiyotlarda psixologik o’z-o’zini himoya qilishning eng ko’p tarqalgan quyidagi usullari ko’rsatib o’tilgan. Keltirilgan zararni inkor etish. Ayblovchilarni ayblash. «Yanada muhimroq» sharoitlarga asoslanishi. Psixologik tadqiqotlarga asoslanib, ma’naviy rivojlanish bosqichlari asosida deviant xulq-atvorning o’z-o’zini himoya qilish usullarini ko’rib chiqish mumkin. Birinchi bosqich «ma’naviyatgacha bo’lgan ong» ikkita pog’onadan iborat. Birinchi, quyi pog’ona haqiqiy ma’naviy qarashlar yo’q. rasmiyta’liklarga «aks holda jazolashlari» tufayligina amal qilinadi. Ikkinchi pog’onada ijtimoiy me’yorlarga bo’ysunishdan foyda olishga intilish qo’yiladi. Shu tariqa ma’naviyatgacha bo’lgan ong darajasida subyektning ijtimoiy qarashi asosida shaxsiy foyda va manfaatlari yotadi. Ma’naviy burch va shaxsiy mas’uliyat hissi haqidagi tassavur mavjud bo’lmaydi.



Download 25.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling