11-Mavzu: Og’ishgan xulqning psixodiagnostikasi Reja


Ipoxondiriya shkalasi.(Hs)


Download 25.19 Kb.
bet5/5
Sana22.06.2023
Hajmi25.19 Kb.
#1647621
1   2   3   4   5
Ipoxondiriya shkalasi.(Hs) sinaluvchilarning salomatlik holatini qayd etganlik darajasini o‘lchaydi. Natijalarning qiymatini katta bo‘lishi yuqori darajada o‘zini nazoratlashni ifodalydi

  • Depressiya shkalasi (D).Depressiya holatini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ko‘rsatkichlarni yuqori bo‘lishi tushkun kayfiyatni, o‘z kuchiga ishonmaslikni, aybdorlik hissi yuqoriligini, irodaviy nazoratning sustligidan dalolat beradi..

  • Isteriya shkalasi (Hy).Ushbu shkala ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi emotsional o‘zgaruvchanlikni, murakkab psixologik muammolarni siqib chiqarishni, shaxsni ijtimoiy va emotsional kamol topmaganligini, jazavaga tushishni ifodalaydi.

  • Psixopatiya shkalasi (Rd). Xulq-atvorida emotsional zo‘riqishlarni bartaraf etishga layoqatli ekanligi va kuch-quvvatga egaligini baholaydi. Ushbu shkaladagi yuqori ko‘rsatkichlar shaxsni vaqtli yoki muttasil ijtimoiy muhitga moslasholmasligidan dalolat beradi va yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, nizolarga moyillik, kuchsiz emotsional nazorat, ijtimoiy me’yorlarga ehtiyotsizlikni ham ifodalaydi.

  • Nazokatlilik shkalasi ( muskulizm va feminizm)(Mf). Sinaluvchilarni ayollik yoki erkaklik xulq-atvor rollariga moslik darajasini o‘lchaydi. Natijalar sinaluvchilarning jinsiy xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha tahlil etiladi. Erkaklar variantida natijalarning yuqori bo‘lishi ayollarga xos xarakter xususiyatlarini yetarlicha ekanligini, ya’ni sezuvchanlik, shaxslararo munosabatning nozik tomonlarini tez tushunuvchan, qiziqishlarga gumanistik jihatdan yondashishini, ko‘ngli noziklikini tavsiflaydi.

  • Paranoyallik shkalasi (Pa). Qimmatli g‘oyalarni yaratishga layoqatlilikni yoritadi. Ko‘rsatkichlarni yuqoriligi shaxsda shubhalanishning yuqoriligi, fikrlashdagi sustlikni, diqqatni ko‘chuvchanligining pastligini, gina saqlovchi va betgachoparlikni ifodalydi.

  • Psixasteniya shkalasi (Pt). Bu shkala shaxsning bezovtali-badgumonlik xislatlarini baholash uchun mo‘ljalalangan. Pt bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich bezovtalikni, ishonchsizlikni, qaror qabul qilishda qiynalishni ifodalaydi.

  • Shizoidlik shkalasi (Sc). Ushbu shkala tafakkurdagi individuallikni, autizmni yoritishga yo‘naltirilgan. Shkaladagi yuqori ko‘rsatkich shaxsning shizoidligini tashxis etadi.

  • Gipomaniya shkalasi (Ma).Shkala bo‘yicha yuqori natijaga ega bo‘lgan shaxsda optimizm, faollik, qiyinchiliklarni inkor etish, qaror qabul qilishda qiynalmaslik xosligini ifodalaydi.

    Download 25.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling