11-mavzu. O'Zbekiston va jahon hamjamiyati reja xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi
O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligi
Download 56.78 Kb.
|
11- mavzu (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekiston va Yaponiya hamkorligi
O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligi:1992-yil mart oyida O'zbekiston va Janubiy Koreyao'rtasidadiplomatikaloqa o'rnatildi. 1992-yil 19-iyunda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqafarga asos soldi. «O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik asoslari to'g'risida» Deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida, O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag' sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga mo'ljallangan rejalari belgilab olindi. Janubiy Koreyadagi DEU Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi qurishga kelishildi.1992-1996-yillarda «O'zDEUavto» O'zbekiston-Janubiy Koreya qo'shma avtomobil zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1996-yil 25-mart kuni avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi.O'zbekiston bilan Koreyaning «Kobul Tekstayl» kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik yildan-yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur kompaniya O'zbekistonga 250 mln. AQSH dollari hajmida sarmoya kiritdi va o'zlashtirildi. «Kobul Tekstayl» ishtirokida Toshkent, To'ytepa va boshqa shaharlarda qo'shma korxonalar barpo etildi va xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O'zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib bormoqda. 1999-yilga qadar O'zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd. AQSH dollari hajmida sarmoya kirib keldi va ozlashtirildi. O'zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan qo'shma korxonalar faoliyal ko'rsatmoqda. Ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997-yildayoq I mird. AQSH dollaridan oshdi. O'zbekiston va Yaponiya hamkorligi: O'zbekiston Sharqning eng rivojlangan mamlakati - Yaponiya bilan ham hamkorlik qilmoqda. Yaponiya 1991-yildayoq O'zbekiston mustaqilligini tan oldi, 1992-yilda o'zaro diplomatik aloqalar o'rnatildi.1994-yil 16-19-may kunlari O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo'ldi. Safar paytida «O'zbekiston bilan Yaponiyao'rtasidamunosabatlarning asosiy prinsiplari haqida» qo'shma bayonot, tashqi ishlar bo'yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O'zbekiston delegatsiyasi mashhur Panasonik konsernida bo'ldi va uning rahbariyati bilan O'zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respublikamiz shaharlarida Panasonik mahsulotlarini sotish yo'lga qo'yildi. Yaponiya O'zbekistonga 100 mln. AQSH dollari hajmida beg'araz yordam berdi.O'zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur «Mitsui», «Mitsubisi», «Sumitoto», «Tomen», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalarining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Ular bilan O'zbekiston tashqi iqtisodiy vazirligi o'rtasida hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o'nlab firma va kompaniyalar Ko'kdumaloq, Sho'rtan neft-gaz konini o'zlash-tirishda, Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodini ta'mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta'mirlashda o'z sarmoyalari bilan qatnashdi. O'zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e'tibor be-rayotganligi sababli 1999-yil aprel, 2001-yil may oylarida Yaponiyaning «Keydzay Doyukay» korporativ rahbarlar uyushmasining Prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. «Keydzay Doyukay» uyushmasi tashabbusi bilan Yaponiya O'zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda.Yaponiya hukumatining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida O'zbekistonda telekommunikatsiya, transport infratuzilmasi va ta'lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 560 mln. AQSH dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa yoqilg'i-energetika va to'qimachilik sohalari uchun O'zbekistonga 720 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berdi.O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002-yil 28-31-iyul kunlari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo'ldi. Yaponiya bosh vaziri Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo'lib o'tdi. Tashrif natijasida O'zbekiston Respublikasi va Yaponiya o'rtasida: • do'stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to'g'risida Qo'shma Bayonot; • iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O'zbekistondagi islohotlarni qo'llab-quvvatlashash to'g'risida Qo'shma Bayonot»; Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi, O'zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vaziriigining «Mitsubisi», «Mitsui», «Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalari bilan hamkorligi, O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan «Bank of Tokyo-Mitsubisi» o'rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat imzolandi.Safar natijasida O'zbekiston bilan Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik yatigi, strateglk bosqichga ko'tarildi.1995-2002-yillarda Yapoaiyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan kreditlari miqdori 1,6 mird. AQSH dollarini tashkil etui, O'zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda.O'zbekistonda 10 dan ortiq O'zbekiston-Yaponiya qo'shma korxonalari Ьаfo etildi va faoliyat ko'rsatmoqda.O'zbekiston Tinch okean havzasi mamlakatlari - Malayziya va Indoneziya bHan davlatlararo aloqalar o'rnatdi. Bu borada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992-yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga ega. Safar kunlarida O'zbekiston va Malayziya o'rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O'zbekiston va Indoneziya o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatish bo'yicha qo'shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo'yicha qo'shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi. 1995-yil 8-10~aprel kunlari Indoneziya Rcspublikasi Prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi. Muzokaralar nihoyasida O'zbekiston Prezidenti I.Karimov va Indoneziya Prezidenti Suxarto O'zbekiston RespubHkasi bilan Indoneziya Respublikasi o'rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to'g'risida qo'shma bayonnoma imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig'ida samolyotlar qatnovini yo'lga qo'yish to'g'risidagi hukumatlararo bitim imzolandi. O'zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vyetnam Sotsialistik Respublikasi, Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo'lga qo'yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda. Download 56.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling