11-mavzu. O'Zbekiston va jahon hamjamiyati reja xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi
O'zbekiston va Ukraina hamkorligi
Download 56.78 Kb.
|
11- mavzu (1) (1)
O'zbekiston va Ukraina hamkorligi: Mazkur 2005-yil 14-noyabrda ittifoqchilik mimosabatlari to'g'risida shartnoma hujjatlari o'zaro xavfsizlikni ta'minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mustahkam poydevor bo'Iib xizmat qiladi. «O'zbek neft-gaz» milliy xolding kompaniyasi bilan «Lukoyl» neft kompaniyasi OAJ hamda «Gazprom» ochiq aksiyadorlik jamiyati o'rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O'zbekiston yoqilg'i-energetikasi sohasiga qariyb 2.5 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmi 2004-yilda 1 mlrd. 642 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
O'zbekiston Rossiya o'rtasidagi munosabatlar torn ma'nodagi teng huquqlilik, o'zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda.O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda I.Karimovning 1992-yil avgust oyida Kiyevga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo'Idi. Tashrif chog'ida, 25-avgust kuni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat o'rtasidadiplomatikmunosabatlar o'rnatish to'g'risida protokol va savdo iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi.1995-yil 20-21-iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O'zbekistonda bo'Idi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O'zbekiston-Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo'llari to'g'risida Deklaratsiya, O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to'g'risida shartnomani imzoladi. Safar chog'ida O'zbekiston va Ukraina hukumatlari o'rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999-yil oktabrida Ukrainaga safari chog'ida O'zbekiston va Ukraina o'rtasida 1999-2008-yillarga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik to'g'risida bitim imzolangan. Muxtasar qilib aytganda, O'zbekiston va Ukraina o'rtasida 1992-2002-yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo'yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O'zaro savdo hajmi 1992-yildagi 20 mln. AQSH dollaridan 2003-yilda 280 mln. AQSH dollariga yetdi. O'zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va engil sanoat moilari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o'zlashtirishda zarur bo 'Igan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati moilari, shakar, pista yog'i import qilinmoqda. 0 'zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo'lga qo'yildi. O'zbekistonda Ukraina investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo'shma korxonasi ishlamoqda. Jumladan, «ToshVALEO» qo'shma korxonasida bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, ikki davlat o'rtasida Urn-fan, ta'Hm, madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda. Download 56.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling