11-mavzu. O'Zbekiston va jahon hamjamiyati reja xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi
O'zbekistonning, Belorus va Moldova bilan aloqalari
Download 56.78 Kb.
|
11- mavzu (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekistonning Kavkaz orti mamlakatlari bilan aloqatari
O'zbekistonning, Belorus va Moldova bilan aloqalari. Belorussiya Respublikasi Oliy Kengashining raisi S.Snushkevichning 1991-yil pyg 6-noyabrda O'zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O'zbekiston bilan Belorus o'rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida Toshkentda I.Karimov va S.Shushkevich O'zbekiston Respublikasi bilan Belorus Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risida shartnoma imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o'rtasida 1992-yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to'g'risida bitim imzolandi.1994-yil 21-22-dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'Idi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muas-sasalari o'rtasida 18 ta hujjat imzolandi. O'zbekiston bilan Belorus o'rtasida do'stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san'at sohasida hamkorlik qilish to'g'risida shartnomani I.Karimov va A.Lukashenko imzoladilar. Hukumatlar o'rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o'zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo'l, havo yo'li va pochta aloqasi bo'yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi.
O'zbekistonning Kavkaz orti mamlakatlari bilan aloqatari: 1995-yil 30-31-mart kunlari O'zbekiston Prezidenti I.Karimov Moldova Respublikasidarasmiysafarda bo'ldi. I.Karimovva Moldova Prezidenti Mircha Snegur o'rtasidagi muzokaralar nihoyasida O'zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o'rtasida do'stona hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Hukumatlaro'rtasidaerkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, madaniyat va san'at, pochta xizmati, aloqa, bank sohafarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo'lga qo'yish, ikki tomonlama soliq olmaslik to'g'risidagi o'ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huqnqiy zamin yaratdi.O'zbekiston uchun ishlab chiqilayotgan shakar, dori-darmon, qishloq-xo'jalik texnikasi, elektro-texnika asbob-uskunalari, sug'orishda foydalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati uchun esa, O'zbekiston paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat hamkorligining zaminidir.1995-yil 5-sentabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi Eduard Shevarnadze rasmiy tashrif bilan O'zbe-kistortda bo'ldi. Bu tashrif O'zbekiston bilan Gruziya o'rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I.Karimov va E.Shevarnadze tomonidan O'zbekiston va Gruziya o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzodandi. Ikki mamlakat o'rtasida sarmoyalarni o'zaro himoya qilish va rag'batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo'jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog'liqni saqlash, sayyohlik, atrof-muhit muhofazasi bo'yicha hamkorlik to'g'risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar imzolandi. Mazkur bitimni ro'yobga chiqarishda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1996-yil may oyida Gruziya Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Islom Karimovning Gruziyaga safari chog'ida E.A.Shevarnadze bilan xalqaro Transkavkaz yo'li, uning Gruziyadan o'tadigan qismini barpo etish, Gruziyaning Poti bandargohi imkoniyatlaridan O'zbekiston yuklarini tashishda foydalanish masalalari bo'yicha ahdlashib olindi. I.Karimov va E.Shevarnadze O'zbekiston va Gruziya o'rtasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish to'g'risidagi Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningek, O'zbekiston bilan Gruziya o'rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tartibot, pochta aloqasi, savdo, soliq, bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin hukumatlararo bitimlar imzolandi.O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida davlatlararo aloqalar yo'lga qo'yildi va rivojlanib bormoqda. 1996-yil 27-may kuni Islom Karimov boshliq O'zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo'ldi. Ikki davlat Prezidentlari O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar. Ikki qardosh mamlakat o'rtasida davlatlararo aloqalar yo'lga qo'yildi. Safar chog'ida O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida savdo-iqtisodiy, soliq, bojxona, havo yo'li, avtomobil va temir yo'li aloqalari, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish bo'yicha 20 ga yaqin hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari xalqaro Transkavkaz yo'lini barpo etish, uning Ozarbayjondan o'tadigan qismini shakllantirish, O'zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon chiqarish, Ozarbayjon bandargohlarini ta'mirlash masalalari to'g'risida kelishib oldilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida o'zaro maslahatlashuvlar yo'lga qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1995-yil 6-8-iyun kunlari Davlat tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Mazkur tashrif chog'ida I.Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Guntis Ulmanis bilan O'zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. O'zbekiston va Latviya hukumati o'rtasida transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik sohalar bo'yicha hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi.Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996-yil 23-mayda O'zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o'rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki Prezident O'zbekiston bilan Latviya o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish to'g'risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumatlararo fuqarolik, mehnat, huquq-tartibot, xalqaro avtomobil qatnovi, temir yo'l transports madaniyat, bojxona ishida o'zaro hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi. Download 56.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling