5.Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin).
D.B.Elkoninning tasnifi etakchi faoliyat (A.N. Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Etakchi faoliyatning inson Shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:
1) go`daklik davri – tug`ilgandan 1 yoshgacha; asosiy faoliyat – bevosita emotsional muloqot;
2) ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat – predmet bilan nozik harakatlar qilish;
3) maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat – rolli o`yinlar;
4) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha; asosiy faoliyat – o`qish;
5) kichik o`smirlik davri 10 yoshdan 15 yoshgacha: asosiy faoliyat – Shaxsning intim muloqoti;
6) katta o`smirlik yoki ilk o`spirinlik davri – 16 yoshdan 17 yoshgacha: asosiy faoliyat – o`qish, kasb tanlash.
D.B.Elkonin tasnifining, ko`pchilik psixologlar ma’qullashiga qaramay, unda ayrim munozarali jihatlar ham bor. Umuman esa D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa, yosh davrlari psixologiyasida muhim o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |