A. N. Leontev ong,faoliyat,shaxs to’G’risidagi qarashlari
Download 1.23 Mb.
|
Umumiy psixologiya slayd
A.N. LEONTEV ONG,FAOLIYAT,SHAXS TO’G’RISIDAGI QARASHLARIMirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Karimova Guljahonning UMUMIY PSIXOLOGIYA fanidan bajargan MUSTAQIL ISHIMAVZU: A.N. Leontev ong,faoliyat,shaxs to’g’risidagi qarashlari Reja: 1. A.N. Leontevning psixologiyadagi turli nazariyalari 2.Ong,aql-idrok va faoliyat haqidagi qarashlar 3.Leontevning shaxs va uning rivojlanishidagi qarashlari D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. D.B. Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: 1. Go‘daklik davri-tug‘ilagndan 1yoshgacha-yetakchi faoliyat-bevosita emotsional muloqot; 2. Ilk bolalaik davri-1 yoshdan 3 yoshgacha-yetakchi faoliyat-predmetlar bilan nozik harakatlar qilish; 3. Maktabgacha davr-3 yoshdan 7 yoshgacha-rolli o‘yinlar; 4. Kichik maktab yoshi davri-7 yoshdan 10 yoshgacha-o‘qish; 5. Kichik o‘smirlik davri-10 yoshdan 15 yoshgacha-shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; 6. Katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri-16 yoshdan 17 yoshgacha; -yetakchi faoliyat-o‘qish, kasb tanlash davri. A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob‘ekti, ham sub‘ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta‘rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub‘ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a‘zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta‘rificha, shaxs - bu tashqi ta‘sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir. Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo‘lmagan tushunchalar qo‘llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq. 1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham egadir. 2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi. 3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. SHaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi. Mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri-o‘zlashtirish jarayonini berilgan topshiriqni o‘zlashtirish jarayoni sifatida maxsus tashkil etishdir. Bu jihatdan ancha ishlangan sistema P.YA.Galperinning aqliy harakatlarini etap bo‘yicha tarkib toptirish nazariyasiga asoslangan ta‘lim toptirish nazariyasiga asoslangan ta‘lim sistemasidir. Bu nazariya L.S.Vigotskiyning takliflari asosida vujudga kelgan bo‘lib, A.N.Leontevning aqliy harakatlarini tarkib toptirish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tadqiqotlarida rivojlantirilgan mazkur nazariya odamning psixik faoliyatini tarkib toptirishga oid umumiy nazariyaning tarkibiy qismidir. Ana shu nazariyaga muvofiq, odamning anogenetik rivojlanishida harakatlar interiorizatsiyasi degan jarayonlar, ya‘ni tashqi harakatlarning sekin-asta ichki, aqliy harakatlarga aylanish jarayonlari ro‘y beradi. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasini ong tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu ma‘noda ong «ijtimoiy mahsul» bo‘lib anglangan borliqdan bo‘lak boshqa narsa emasdir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘sishini ta‘kidlaydi. D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta‘kidlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan material qanday o‘zlashtirilayotgani haqida juda umumiy tasavvurgagina ega bo‘ladi, o‘qitishda esa u odatda har kimning individual imkoniyatlarini emas, balki o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchi ko‘zda tutadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling