11-mavzu. Qurilishda narx shakllanishi va smeta ishi reja
Download 41.99 Kb.
|
11.1-Mavzu.
Mamlakat iqtisodiyotida qurilish alohida mustaqil tarmoq hisoblanilib, uning asosiy maqsadi yangi hamda harakatdagi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’yektlarni rekonstruksiyalash, kengaytirish, ta’mirlash va qayta jihozlash natijasida harakatga tushirishdan iboratdir. Qurilish tarmog‘i mamlakat iqtisodiyotining dinamik rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratganligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida boshqa tarmoqlardan farq qiladigan qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Tarmoqning xususiyati uning oxirgi mahsuloti, mehnat sharoitining o‘ziga xosligi, qo‘llaniladigan texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, boshqarish va material-texnika ta’minoti tavsifnomasi bilan ta’riflanadi. Ko‘rsatilgan xususiyatlar umumiy-qurilayotgan ob’yektlarning vazifasiga qaramasdan tarmoq uchun bir xil va maxsus-alohida qurilish ob’yektlariga xos turlarga bo‘linadi. Qurilishning umumiy xususiyatlari. Ko‘chmaslik (statsionarnost), vaqtinchalik, qurilish ishlab chiqarishining va oxirgi mahsulotining bir tipda emasligidir. Ob’yekt ekspluatatsiyaga topshirilgandan so‘ng qurilish-montaj ishlari to‘xtatiladi va ishlab chiqarish vositalari yangi joyga ko‘chiriladi. Qurilishda ish o‘rinlari, qurilish mashinalari, mexanizmlari, uskunalari ko‘chib yuradi, qurilish mahsuloti esa ko‘chmasdir. Sanoatda esa aksincha, mahsulot odatda ko‘chib yuradi, ish o‘rinlari esa bir joyda mahkamlangan. Qurilishning oxirgi mahsuloti ma’lum vaqt oraligida biriktirilgan territoriyada yaratiladi. Qurilish mahsuloti uzoq muddatga o‘n-yuz yillarga xizmat qiladi. Qurilish jarayoni tarkibiga kiruvchi hamma jarayonlar texnologik bog‘lanishdadir. Sanoatda mahsulot ishlab chiqarilguncha ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zlashtiriladi. Qurilishda qurilish-montaj ishlari boshlanguncha vaqtinchalik ishlab chiqarish-maishiy va ma’muriy–xo‘jalik binolari quriladi, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yotqiziladi, yo‘llar quriladi, elektr tarmoqlari ulanadi va boshqa ishlar bajariladi. Barcha bu xususiyatlar o‘ziga xos tashkiliy shakllarni va qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birgalikda qurilish muddatining davomiyligi xo’jalik oborotidagi mablag‘larning tugallanmagan qurilishlarga yo‘naltiradi. Qurilish muddatining me’yordan oshishi va texnologik progressining takomillashuvi oldin qurilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning qayta ko‘rib chiqilishini, yangi texnika va texnologiyalarni jalb qilishni talab etadi. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi alohida jarayonlarni jiddiy ketma-ketlikda bajarilishini talab qiladi: bir ishlab chiqarish jarayonining tugallanishi bilan keyingisi boshlanadi. Har bir qurilish jarayoni oldingisini tugatmasdan boshlanmaydi; o‘z mehnatining oraliq mahsulotini bunday sharoitda omborlarda saqlashning imkoniyati yo‘q. Shuning uchun qurilish jarayonini fazoda joylashtirib bo‘lmaydi, bir vaqtning o‘zida ishchilarni mutaxassiligi va kvalifikatsiyasi bo‘yicha ishlatib bo‘lmaydi. Qurilish-montaj ishlarining murakabligi uning turlarini oy davomida nisbiyligini ta’minlab bo‘lmaydi, bu esa professional malakali ishchilar tarkibini aniqlashda qiyinchiliklarni olib keladi. Oxirgi qurilish mahsulotini ishlab chiqishda turli tashkilotlarning qatnashishi. Sanoatda har qanday kooperatsiyalash darajasida oxirgi mahsulotni bitta bajaruvchi ishlab chiqadi va sotadi. Ob’yektning qurilishda alohida konstruktiv elementni yaratayotgan bir nechta qurilish tashkilotlari(bosh pudratchi, subpudratchi) ishtirok etadi. Bu har bir tashkilot mahsulotining tayyorlangan qismini sotadi. Qurilish ishlariga klimat va mahalliy sharoitning ahamiyati. Yillning qish faslida ham qurilish ishlarini bajarish kerak, bu esa qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bundan tashqari seysmik talablar, joyning relefi, tuproq qatlamining tarkibi, yer osti suvlarining joylashishi, qurilish materiallarini joyga olib kelish kabi masallar ham qurilish ishlari sharoitini belgilaydi va aks hollarda qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Qurilishdagi ishchilar boshqa tarmoqlardagiga nisbatan ko‘proq klimatik sharoit ta’siri ostida faoliyat olib boradi. Shuning uchun qurilish-montaj ishlarni yilning eng qulay fasllariga rejalashtirishga harakat qilinadi. Shuning uchun qurilish, montaj, ta’mirlash-qurilish ishlariga tuzatish koeffitsetlari kiritiladi, bu koeffitsentlar normativ ish sharoitidan chetlanishlarni inobatga oladi. Qurilishning maxsus xususiyatlari Qurilishning maxsus xususiyatlari quriladigan bino va inshootlarning turlichaligidan kelib chiqadi. Bularga: sanoat, fuqaro-turar joylari, ijtimoiy –maishiy, transport, qishloq xo‘jaligi, meliratsiya va suv xo‘jaligi, turba uzatish magistrallari, elektr tarmoqlari va boshqalar kiradi. Sanoat binolarining qurilishi quriladigan ob’yektning murakkabligi va uning ajratilgan territoriyada konsentratsiyalanishi bilan tavsiflanadi. Bir joyda ish bir yildan ko‘p muddatda olib boriladi. Bunday qurilish korxonasida odatda kadrlar qo‘nimsizligi mavjud bo‘ladi. Transport ob’yektlari, turba uzatish magistrallari, melioriatsiya va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi ob’yektlari, elektr tarmoqlariga bir joyda ish hajmining uncha katta emasligi, ishlarni turli joylarda tashkil etish, u yoki bu ob’ketning tugallanishiga qarab tarkibning ko‘chib yurishi kabilari bilan tavsiflanadi. Turar joy binolarini, ijtimoiy-maishiy xizmat ob’yektlarininig qurilishi kompleks qurilishda qat’iy navbatning amal qilinishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birgalikda turar joy massivini qurishda uy-joylar bilan birgalikda yo‘llar, suv tarmog‘i, elektr ta’minoti, issiqlik tarmog‘i, maktablar, bolalar bog‘chalari, savdo ob’yektlari, madaniy va maishiy xizmat ob’yektlari ham quriladi. Ana shu ob’yektlarning qurilish norma va qoidalariga rioya qilinmasligi sanitariya va shaharsozlik norma qoidalarining buzilishiga olib keladi. Ijtimoiy ob’yektlar qurilishi qurilish texnikalarining, brigada va qurilish ishtirokchilarining tez joylarini almatirish bilan tavsiflanib, bu qurilish tashkiloti uchun ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarib, ularning samaradorligini pasaytiradi. Yuqorida qayd etilgan qurilishning barcha uziga xos xusuyatlari qurilishning bahosiga ta’sir etadi. Download 41.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling