11-mavzu. Qurilishda narx shakllanishi va smeta ishi reja


Download 41.99 Kb.
bet2/8
Sana06.11.2023
Hajmi41.99 Kb.
#1750253
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11.1-Mavzu.

BAHOLAR TURLARI

Ulgurji baho ulgurji savdo qiluvchilarning chakana savdo qiluvchi kompaniyalarga tovar, mahsulotlarni sotishlarida qo‘llaniladigan narx bo‘lib, ishlab chiqaruvchilarning bahosiga ulgurji savdo qiluvchining ishlab chiqarish va marketing xarajatlari hamda daromadi qo‘shilganda mahsulotning ulgurji bahosi yuzaga keladi. Odatda ulgurji baho chakana bahoning 60-70 foizini tashkil qiladi. Ulgurji baholar tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi.

Shartnoma baholar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda tovar (xizmat)laming jahon narxlariga yaqin turadi.

Chakana baholar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi. Chakana bahoga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni bog’lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Chakana baho – tovarlarning bitta yoki kichik turkumda sotilayotgan bahosidir. Uni ulgurji bahoga chakana savdo firmasining barcha boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish xarajatlarini hamda daromadni qo‘shish orqali aniqlash mumkin.

Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyalali narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narxlarda davlat narxlarining yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx -bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalanadi.



Demping narx. Bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.

Sotish hajmini o‘zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qollash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytiradi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.


Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling