11-mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari
Download 339.74 Kb.
|
11-mavzu. (1)
MA’LUMOTNOMA
Ma’lumotnoma bo‘lib o‘tgan voqyea-hodisa yoki hozirda mavjud holat to‘g‘risida axborot beruvchi yoki bo‘lmasin uni tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, rasmiy-huquqiy kuchga ega bo‘ladi hamda so‘ralgan taqdirdagina tashkilot yoki muassasa yoki uning bo‘limlari rahbarlari imzosi bilan beriladi. So‘rovlar yuqori va teng mavqyedagi tashkilotlar, ma’muriy organlar va shu ma’lumotnoma tegishli bo‘lgan kishilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotnoma ikki xil bo‘ladi: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnoma. Xizmat ma’lumotnomasida tashkilot va uning bo‘linmalarida biron bir vazifaning bajarilishi haqidagi axborot aks etgan bo‘ladi. Ular turli xil jadvallar bilan to‘ldirilishi mumkin. Bu kabi ma’lumotnomalar yuqori tashkilotlarning quyi tashkilotlar faoliyatidan to‘liq xabardor bo‘lib turishiga ko‘maklashadi. Masalan: SamDU o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2000-2002 yillardagi faoliyatini kompleks tekshirish natijalari haqida MA’LUMOT 1. 2000 yildan buyon kafedra yig‘ilishlari bayonnomalari kompyuterga yozilgan, ammo ularning hammasi ham pechatlangan holda saqlanayotgan emas. Ilmiy ishlar rejalari muhokama qilingan umumiy mavzu «Mustaqillik davri o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi semantik-uslubiy siljishlar» deb nomlanadi va kafedrada ilmiy tadqiqotlar ana shu mavzu rejasi asosida olib borilmoqda. 2. Kafedradagi seminari ilmiy-metodik seminar, deb nomlanadi. Kafedra hayotiga va o‘zbek tilshunosligi hamda uni o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan masalalar ana shu seminarda muhokama qilib berilmoqda. 3-4. O‘zR Prezidentining Oliy Majlis sessiyalarida qilgan ma’ruzalari muhokama etilib borilayotgani to‘g‘risidagi bayonnomalar, garchi to‘liq bo‘lmasa ham mavjud. Prezident va hukumat qarorlari vazirlik, rektorat va dekanat topshiriqlari tarzida kafedra a’zolari tomonidan hayotga tatbiq etilmoqda. 5. Milliy dastur ikkinchi bosqichining amalga oshirilishi bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedrada faqatgina bakalavrlar emas, balki magistrlar, aspirantlar va doktorantlar ham tahsil olishadi. 6. Kafedrada hozirda beshta magistr, oltita aspirant, bitta doktorant mavjud bo‘lib, ularning tadqiqot mavzulari quyidagicha: - Haqberdiyeva Dilrabo. Gazeta sarlavhalari va ularning semantik uslubiy xususiyatlari. - Maxmadiyev Shavkat. O‘zbek xalq eposlaridagi frazemalarning lingvopoetikasi. - Pardayev Azamat. O‘zbek tilida undovlar va modal so‘zlar uslubiyati. - Narziyeva Nazokat. O‘zbek tilida tasviriy so‘zlar uslubiyati. - Do‘sanova Dilorom. Abdulla Oripov asarlari frazeologiyasi. - Ortiqova Zilola. Alisher Navoiy «Sab’ai sayyor» dostonining lingvopoetikasi. Har bir tadqiqotchi, unga berilgan mavzu va tayinlangan ilmiy rahbar kafedra yig‘ilishlarida atroflicha muhokama qilib borilmoqda. Bu haqda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. 7. Keyingi uch yil ichida kafedrada 5 ta magistr o‘qib tugatdi va dissertasiyalarini muvaffaqqiyatli himoya qilishdi va ulardan bir kishi – O.Yusupova aspiranturaga hozirlik ko‘rmoqda. 2 kishi – R.Suvonova, M. Boboyorov nomzodlik dissertasiyasini himoya qilishdi, yana 1 kishi – F.Bobojonov shu yilning dekabr oyida himoya qiladi. 1 ta doktorlik va 4 ta nomzodlik dissertasiyasi yozib tugallanish arafasida. 8. Magistr va aspirantlarga mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish tashkilotlaridan maslahatchilar tayinlash ko‘zda tutilayotgan emas. Ammo boshqa oliy o‘quv yurtlaridan bu ishni amalga oshirish tajribada sinab ko‘rilmoqda. 9. Magistrlarga faqat tajribali hamda ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar dars berib kelishmoqda. 10. Olimpiada g‘oliblari mavjud. 2000 yilda O.Yusupova faxrli 2-o‘rinni egallagan. 11. O‘zR FA Til va adabiyot instituti bilan ilmiy hamkorlik mavjud. 12. 2000 yilda 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 2 ta bibliografik ko‘rsatkich, 2001 yilda esa 15 ta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan. 13-2000 yilda 23 ta, 2001 yilda esa 71 ta maqola nashr qilingan 14- Universitetda 10.02.02 – milliy tillar (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasini berishga Ixtisoslashgan kengashning hamda kafedra qoshida ilmiy seminarning mavjudligi tufayli keyingi yillarda respublikada o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha yozilayotgan deyarlik barcha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari shu yerda muhokamadan o‘tmoqda. Ularning soni har yili 10 tadan 20 tagacha boradi. 15. 2000 yilda uslubshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan edi. «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari hamda uning turkiy xalqlar madaniyati va jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro konferensiya shu yilning 25-26 noyabr kunlari o‘tkaziladi. Bu kabi ilmiy tadbirlar o‘tkazilishining ahamiyati g‘oyatda katta ekanligi hyech kimda shubha tug‘dirmaydi. 16. Kafedrada bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning barchasi amaliyot, xususan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq. Tekshiruvchi: falsafa fanlari nomzodi, dos. M.S. Madirimova Rasmiy ma’lumotnomalar yuqori tashkilotlar rahbarlari, tekshirish ishlari olib borayotgan komissiyalar nomiga yozilishi ham mumkin. Unda ma’lumotnomaning nima haqda yozilayotgani, ma’lumotnoma mazmuni aks etgan bo‘ladi va rahbarning imzosi chekilib, sana qo‘yiladi. Shaxsiy ma’lumotnomalar ham rasmiy hujjat sanaladi. Ammo u bir shaxs yoki xodimning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotnigina qamrab oladi. Bunday ma’lumotnomalar uning qachon va qayerda tug‘ilgani, qayerda yashashi va kim bo‘lib ishlashi, sog‘ligi va sudlangan-sudlanmaganligi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular blankalarda - maxsus qog‘ozlarda yozilib, tashkilot devonxonasida qayd etilib boriladi. Masalan: NIZOM Mustaqillikdan keyin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l ochib berildi. Jumladan, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kichik va o‘rta beznisni rivojlantirish masalalarining qonunlar hamda maxsus hukumat qarorlari bilan belgilab qo‘yilganligi xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo‘lib hisoblanadi. Mana shu imkoniyatlardan lisey va kollejlarni bitirgan va tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ham foydalanishlari mumkin. O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, kichik sexlar, korxonalar ochib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib yoki dehqon-fermer xo‘jaliklari tashkil qilib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylandi. Bu vazifalarni amalga oshirish jarayonida ayrim hujjatlardan xabardor bo‘lish zaruriyati tug‘iladi. Ya’ni firmalar, kichik korxonalar tashkil qilish tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishning qonuniy yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadi. Ana shunday hujjatlardan biri nizomdir. Nizom firma, kichik korxona, fermer xo‘jaligi tashkil qilish jarayonida rasmiylashtiriladigan asosiy hujjat bo‘lib, u ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari, burchi va vazifalari, boshqaruv va huquqiy-tashkiliy shakli, mulki va mablag‘lari, mehnat turlari va ularga haq to‘lash singarilarni me’yorlashtiradi va bu korxonaning butun faoliyati ana shu Nizom asosida olib boriladi. U korxonalar va muassasalar ta’sis etish paytida tuziladi va yuqori tashkilot – aniqrog‘i hokimiyatlar qarori bilan tasdiqlanadi. Bu hujjat kim tomonidan tasdiqlangani, ta’sis etilayotgan korxona, xo‘jalik yoki muassasaning nomi, o‘rtada Nizom degan yozuv, matn, ta’sis etuvchining imzosi, sana va joyi kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. Download 339.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling