11-mavzu: Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari


Download 339.74 Kb.
bet29/31
Sana16.06.2023
Hajmi339.74 Kb.
#1510644
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
11-mavzu. (1)

TUSHUNTIRISH XATI


Tushuntirish xati talaba yoki xodim, ishchi yoki xizmatchi tomonidan ta’lim-tarbiya yoki ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tartib-qoidaga rioya qilinmaganlik sabablari ko‘rsatilib yozilgan xatdir.
Rahbar o‘z nomiga yozilgan tushuntirish xati asosida xodimga nisbatan qanday chora ko‘rish-ko‘rmaslik haqida ma’lum xulosaga keladi. Uning zaruriy belgilari quyidagicha: tushuntirish xati kimga va kimdan yo‘llanmoqda, tushuntirish xati yozuvi, asosiy matn, imzo, sana. Namuna:
SamDU o‘zbek filologiyasi
fakulteti dekani T.Qurbonov-
ga 3-kurs talabasi Rayimshuku
rova Mohigul tomonidan


TUSHUNTIRISH XATI


2003 yilning 13 yanvar kuni ertalab Nuroboddan chiqqan avtobus Samarqand shahriga kechikib kelganligi sababli 1-juftlik darsga ulgura olmadim. Bu kamchilikni boshqa takrorlamaslikka harakat qilaman.
_______________ Rayimshukurova M.
2003.13.02.


FARMOYISH
Ma’lum tashkilot yoki muassasa ma’muriyati doirasida amal qilinadigan hujjatlardan yana biri farmoyish bo‘lib, u ham mazmunan buyruqqa o‘xshab ketadi. Farmoyish yordamida ham xuddi buyruqdagiday shu tashkilot yoki muassasa doirasida jamoa yoki alohida xodimlar zimmasiga ma’lum yumushlarni amalga oshirish vazifasi yuklatiladi. Uning buyruqdan farqi shundaki, ular kadrlar masalasiga oid bo‘lmaydi. Faqat ish faoliyati doirasini qamrab oladi va tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidangina emas, balki o‘rinbosarlar, bo‘lim boshliqlari tomonidan ham chiqarilishi mumkin. Masalan, universitet doirasida farmoyishlar prorektorlar, fakultetlar dekanlari tomonidan chiqariladi va o‘z faoliyatlari doirasida huquqiy-ma’muriy kuchga ega bo‘ladi. Uning buyruqdan yana bir farqi shundaki, buyuraman so‘zi o‘rniga tavsiya qilaman, ruxsat beraman, ma’qullayman singari so‘z va iboralar ishlatiladi. Namuna:

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti


O‘zbek filologiyasi fakulteti
2003.22.01. Samarqand sh.
05
2002-2003 o‘quv yili qishki sessiyasini fakultet talabalari o‘rtasida amaldagi tartib-qoidalar va talablar darajasida o‘tkazish maqsadida muayyan ishlarni amalga oshirish zarur. Shu munosabat bilan quyidagilarni
TAVSIYA ETAMAN:


1. Barcha kafedralarda 2003 yilning 26 yanvaridan 8 fevraligacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladigan qishki sessiya yakuniy nazoratlarini o‘tkazish grafigi belgilansin.
2. Har bir fan bo‘yicha bo‘ladigan yakuniy nazoratlarni obyektiv tarzda o‘tkazish maqsadida uch kishidan iborat komissiya tuzilsin.
3. Yakuniy nazoratlarning o‘z vaqtida o‘tishi va ballarning obyektiv q?yilishini ta’minlash kafedra mudirlari zimmasidagi ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tilsin.
Fakultet dekani dos. Qurbonov T.I.



Download 339.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling