11-mavzu: Rasmiy matn va uning lingvistik tahlili Reja


Download 38.5 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1549095
Bog'liq
11-mavzu


11-mavzu: Rasmiy matn va uning lingvistik tahlili
Reja:

  1. Rasmiy uslub. Rasmiy matn.

  2. Rasmiy matnning uning o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Rasmiy matnga qo‘yiladigan talablar.

  4. Ish yuritish hujjatlari tili. Rahbarlar nutqi tahlili.

Tayanch iushunchalar: uslub, qolip, aniqlik, vazifaviy uslub, ekslralingvistikomil, manliqiylik, izchiliik, ob'yektivlik, qisqalik
0‘zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki * .milga—til va tildan tasqarida bo‘lgan omillarga tayanadi. Bu nslublaming NA. Baskakov, A. Sulaymonov, A. Shomaqsudov, G’. Abdurahmonov, B.O'rinboev, S. Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo‘lib, ularda asosan beshta: so‘zlashuv, mnmabop, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar e‘tirof etiladi.
Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining davlat ma’muriy, huquqiy inuassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon boMadigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, luiyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda ■hakllanadi. Bu uslubning o‘z me’yorlari mavjud.
Jumladan, aniqlik. Ushbu uslubda shakllangan matnlarda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq, tushunarli tilda bayon qilinishi kerak. Masalan, ()‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakoiat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. (0‘zbekisron Respublikasining Konstitutsiyasi. 7-modda).
Qolip. Fikr, mulohaza bayon asosan bir qolipda ifodalanadi. Ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy huyatlaming har birining o‘ziga xos bayon etish qolipi bo'ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, ma’muriy javobgarlik„fuqarolik holati, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, guvoh, jamoat kafllligi, surishtiruv va boshqalar.
Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emotsional ekspressiv bo‘yoqqa ega boigan so‘zlarning ishlatilishi me‘yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi.
Rasmiy uslubning grammatik me'yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so‘z turkumidagi so'zlar ko‘p qoTlaniladi. Noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi. Bu uslubda fe‘lning harakat nomi shakli faol qo‘llaniladi. Gapning kesimi ko‘pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga tez-tez murojaat etiladi.
Rasmiy uslubning sintaktik alomatiari ham matnda darho! ko‘zga tashlanadi. Unda, asosan, darak gaplar, ayniqsa, uning qo‘shma gap shakli ko‘p ishlatiladi. Yoyiq va murakkab so‘z birikmalari mahsuldor hisoblanadi. Gap tuzilishida o‘zbek tilidagi odatdagi me‘yorga amal qilinadi va yuqoridagi jihatlari bilan ilmiy uslubga o‘xshab ketadi.
Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling