Kirish. I bob : Siyosiy matnlar va uning lingvistik ekspertizasi
Download 57.09 Kb.
|
sabina
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI TAHLIL ………………23
MUNDARIJA MAVZU : SIYOSIY MATLAR LINGVISTIK EKSPERTIZASI KIRISH. …………………………………………………………………..3I bob : Siyosiy matnlar va uning lingvistik ekspertizasi1.LINGVISTIK EKSPERTIZA QANDAY JARAYONNI QAMRAB OLADI? ……………………………………………………………………………5 2.O‘ZBEK YOZMA MATNLARIDA LINGVISTIK EKSPERTIZA O‘TKAZISH MAQSADI VA ASOSLARI…..…………………………………………18 II bob LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI 3.LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI TAHLIL………………23XULOSA ………………………………………………………...33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …………34 KIRISH Bir soʻz bilan aytganda qonun hujjatlari loyihalarini til qoidalariga mosligini oʻrganish deb xulosa berish mumkin. Uning huquqiy asoslariga keladigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organning qaroriga koʻra lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi mumkinligi belgilangan. Hukumatning 2021-yil 28-oktyabrdagi 662-son qaroriga muvofiq esa, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2023-yil 1-yanvardan lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi belgilangan. Aslida qanday edi, tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, lingvistik ekspertiza boʻyicha qonunchilik mustahkamlangan boʻlmasada, qonun loyihalarini ishlab chiquvchilar, qonun chiqaruvchi organ tarkibida turli tarkibiy qismlar boʻlib, lingvistik ekspertiza komissiyalari mavjud. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yangi ishlab chiqilayotgan loyihalar endilikda huquqiy ekspertizalar qatorida shu jarayonda ilk lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi belgilangan. Qarorda belgilangani kabi 2023-yil 1-yanvardan boshlab loyihani ishlab chiquvchining tashabbusi bilan yoxud topshiriqqa asosan vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin loyiha matni davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida lingvistik ekspertizadan oʻtkaziladi, demak loyiha birlamchi ishlab chiqilganida shu tashkilotning oʻzida oʻtkazilishi belgilangan. 2022-yil davomida qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va lingvistik ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan bir necha bor seminarlar, oʻquv darslari oʻtkazildi. Xoʻsh, lingvistik ekspertiza oʻzi nima va uni qanday oʻtkazamiz? lingvistik ekspertiza bu — loyiha matni oʻzbek tilida qabul qilinsa, demak shu til qoida va talablariga muvofiqligi mutaxassis tomonidan oʻrganilishi va unga adabiy til normalari asosida toʻgʻri xulosa berilishi koʻzda tutiladi. Mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar davlat tilida qabul qilinadi, aynan davlat tilida ish yuritish, uning qoidalariga mos kelishi shu lingvistik ekspertiza talablariga kiradi. Taqdim etilgan loyiha matnining davlat tili, imlo, uslubiy, grammatik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligini tekshirish, loyiha matni aniq va tushunarli bayon qilinganligi, soʻz birikmalari toʻgʻri tanlanganligiga hamda oʻzaro toʻgʻri bogʻlanganligiga baho berish, loyihada yangi atamalar qoʻllanilganda, ularga mos taʼrif berilishini tekshirish hamda mantiqiy, tahririy xato-kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Loyihada soha atamalarining toʻgʻri qoʻllanilishi, yangi atamalar qoʻllanilganda, ularga mos taʼrif berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, jumlalarning soddaligi va qisqaligi, taʼriflarning aniqligi hammaning talqinida bir xil maʼno berilishiga eʼtibor qaratiladi. Imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi esa tilning sofligiga xizmat qiladi.1 Download 57.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling