Kirish. I bob : Siyosiy matnlar va uning lingvistik ekspertizasi


O‘ZBEK YOZMA MATNLARIDA LINGVISTIK EKSPERTIZA O‘TKAZISH MAQSADI VA ASOSLARI


Download 57.09 Kb.
bet3/7
Sana07.05.2023
Hajmi57.09 Kb.
#1437585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sabina

1.2. O‘ZBEK YOZMA MATNLARIDA LINGVISTIK EKSPERTIZA O‘TKAZISH MAQSADI VA ASOSLARI

Bugungi kunda Yangi O’zbekistonning barcha sohalardagi taraqqiyot bosqichi Uchinchi Renessans davri bilan hamohang tarzda amalga oshmoqda. Bunday murakkab ijtimoiy-huquqiy jarayonlarda, eng avvalo, fanlarning o’zaro integrasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan o’zbek huquqshunosligi mustaqillik yillarida tubdan shakllanib, tadrijiy tarzda rivojlanishi, aynan boshqa fanlar bilan uyg’unlashib, yanada takomillashayotgani diqqatga sazovor.9


Bu borada yaqinda professor Shuhrat Ko’chimovning Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan chop qilingan “Qonun tili lingvistikasi” nomli ilmiy risolasi (monografiyasi) fikrimiz dalilidir. Mazkur ilmiy kitobning quyidagi ilmiy yangiliklarini qayd etish mumkin.
Birinchidan, O’zbekiston qonunlarining tili, yuridik terminologiya, qonunchilik uslubiyati masalalari ilk marotaba lingvistik jihatdan tadqiq etilib, o’zbek huquqshunosligi muhim ilmiy asar bilan boyidi. O’zbek qonunchilik tili, qonunchilik uslubiyati, uning funksional uslublari, yuridik terminologiya masalalarini lingvistik jihatdan ilmiy-nazariy tahlil qilish, uning lingvo-yuridik qoidalarini aniqlash va shu asosda qonun tiliga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishda muhim manba hisoblanadi.
Ikkinchidan, hozirda huquqshunoslik va uning boshqa ijtimoiy fanlar bilan integrasiyasi davlat va fuqarolik jamiyati rivojida muhim manba hisoblanadi. Boshqacha aytganda, huquqshunoslik va tilshunoslik fanlari integrasiyasi, ya’ni huquqning tilga, o’z navbatida, tilning huquqqa ta’siri masalalari mamlakatimiz mustaqilligidan keyin paydo bo’lgan yangi ilmiy yo’nalish deyishga to’la asoslar bor.
Uchinchidan, har qanday qonun huquqiy nuqtai nazardan qanchalik adolatli bo’lmasin, til va uslub jihatdan mukammal bo’lmas ekan, o’z oldiga qo’ygan strategik maqsad va taktik vazifalarini to’liq bajara olmaydi. Bunda, ayniqsa, qonun va davlat tili, qonun ijodkorligi faoliyatida til va uslubning tutgan o’rni masalalari muhim ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.10
To’rtinchidan, qonunshunoslik tili yo’nalishida, mustaqillikdan so’ng, mamlakatimiz huquqshunos va tilshunos olimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, turli darajadagi dissertasiyalar himoya qilinib, risolalar nashr etildi, lug’at va ilmiy maqolalar yaratildi. Biroq ushbu kitob sohaning o’ta murakkab va nozikligini inobatga olib, unda fanlararo ilmiy yo’nalish bo’lgani bois o’zbek huquqshunosligi va tilshunosligini integrativ tarzda, ya’ni obrazli aytganda, “tarozining pallasini teng saqlash” talab etadigan murakkab ilmiy-amaliy tadqiqot hisoblanadi.
Kitobda qonunchilik uslubiyati masalalari ilmiy jihatdan, jumladan, qonun tilining leksik-semantik, grammatik, sintaktik va morfologik xususiyatlari tadqiq qilingani amaldagi qonunlarimizni sifat jihatdan takomillashtirish va unga baho berish imkonini beradi.
Beshinchidan, jahon ilm-fanida “Yuris­lingvistika” deb nomlangan yangi maxsus fanlararo ilmiy yo’nalishning Yangi O’zbekistonda ham rivojlanishiga muhim hissa qo’shadi. Natijada mamlakatimiz qonunchilik tizimini takomillashtirish, norma ijodkorligida normativ-huquqiy hujjatlarni ham huquqiy, ham lisoniy yondashuvlar asosida qiyosiy tahlil etish imkonini beradi.
O’zbekistonda qonun ijodkorligi, sud lingvistikasi ekspertizasi, lingvokriminalistik ekspertiza sohalarining tom ma’noda rivojlanishi uchun aynan huquq va til integrasiyasi, ya’ni yurislingvis­tikaga asoslangan ixtisoslashgan kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yishga xizmat qiladi.
Mazkur ilmiy monografiyada o’zbek olimi professor Sh.Ko’chimov o’z tadqiqoti natijasida, jumladan, “Qonun tili har jihatdan mukammal bo’lishi uchun, avvalambor, ular o’zbek tilida yaratilishi, o’zbek tilining mavjud grammatik qonun-qoida­lariga to’la bo’ysunishi shart. Shundan so’nggina boshqa xalqlarning tillariga tarjima qilinishi kerak” hamda “Kons­titusiyamiz nafaqat yuridik jihatdan, balki ifoda usuli nuqtai nazaridan ham boshqa qonunlarga yuridik tilning yagona ilmiy-amaliy andozasi (etaloni) bo’lib xizmat qilishi lozim”, deb qayd etilgan xulosalari juda muhim hisoblanadi.
Insoniyat taraqqiyotining har bir davri ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, falsafiy qonuniyat va holatlardan kelib chiqqan holda ilmiy tafakkur darajasi va xususiyatlarini belgilaydi. Bu bevosita tafakkur mahsuli bo‘lgan fanlar va ularning rivojlanish tendensiyalarida o‘z ifodasini topadi. Tadqiqotchining dunyoqarashi, o‘rganish obyektiga doir muammolarni belgilashi va ularning yechimiga munosabati, tanlangan tadqiq metodologiyasi va metodikasi masalalari umumiy ilmiy tafakkur darajasi va xususiyatlari bilan bog‘liq. Fanlar tarixidan ma’lumki, an’anaviy ilmiy tafakkur provinsial cheklanganligi, dogmatikligi, konservativligi, umrini o‘tab bo‘lgan qat’iyatlarga muteligi bilan xarakterlanib, uning bu sifatlari o‘rganish obyektining to‘la ma’nodagi dolzarb muammolarini tushunib yetishiga to‘siq bo‘ladi. 11
An’anaviy tafakkur egasi obyektni taraqqiyotning mintaqaviy va global masalalari bilan yaxlitlikda idrok eta olmaydi, jamiyat va o‘rganish obyektining taraqqiyot tendensiyalarini anglab yetmaydi, fanning dolzarb vazifalarini ijtimoiy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib belgilashga ojizlik qiladi. Natijada fanning o‘zi o‘z taraqqiyotiga g‘ov bo‘lib qoladi. Umuman olganda, an’anaviy tafakkur jamiyat taraqqiyoti darajasidan orqada qolib, unga to‘sqinlik qila boshlaydi. Bu fanning yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yishi uchun muhim shart. Fanni yangi bosqichga olib chiqish yangi ilmiy maktablar zimmasiga tushadi. Ko‘rinadiki, fandagi turg‘unlik unda yangi ilmiy maktablar shakllanishi uchun zamin yaratadi.

Ilmiy maktab nima?

Ilmiy maktab – ilmiy qarashlar yaxlitligi va betakrorligi asoslangan ilmiy jamoa. U kafedra, institut, mamlakat doirasida olimlarning muayyan ilmiy g‘oya atrofida birlashuvlari asosida shakl­lanadi. Ilmiy maktab zakovati, qiziqishlar doirasi hamda ish uslubi yangi-yangi iste’dodlarni kashf qilish va jalb etishda katta ahamiyat kasb etadigan fan darg‘asi ta’sirida tashkil topadi. Bu ilmiy jamoa ichidagi munosabatlar tadqiqotlarning natijalari emas, balki ijodiy-ilmiy ishlar samaradorligini sezilarli darajada oshiradigan asl g‘oyalar haqidagi axborot almashuvlari ko‘rinishida bo‘ladi.

Bir ilmiy g‘oya muayyan maktab doirasida turli ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin. Bu – ijobiy hodisa. Zero, u yangidan-yangi maktablar shakllanishi va taraqqiy etishiga olib keladigan firqa va taraflar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

“Ilmiy maktab” atamasi ikki holatda qo‘llanadi:


1) umumiy qarash, g‘oya va qiziqishlar olimlarni birlashtiradi, uzviy hamkorlikka olib keladi. Bu yosh talantlarni jalb qilib, yangi fan sohalarining ko‘p yillik taraqqiyot darajasi va yo‘llarini belgilab beradi. Bunday maktab “baxtli vaziyat mahsuli” o‘laroq tashqi qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi;

2) ilmiy avlodlar almashsa ham, saqlanib qoladigan va rivojlanib boradigan aniq mavzu, umumiy qarash, qiziqish va an’analar sistemasi asosida tashkiliy ravishda birlashtirilgan ilmiy jamoa.

Ilmiy maktab ilmiy qiziqishlar uyg‘unligi va tadqiqotlar mohiyati­ning umumiyligi, asllik va betakrorlik,

ilmiy natijalarning yuqori darajasi va maktabning ijtimoiy tan olinishi, yetakchining rolini va maktabning istiqbol­larini ta’minlaydigan vorisiylik belgi­lariga ega.

Fanlarning falsafiy davrida hukm surgan maktablar mustaqil markaz va institutlar maqomida edi. Keyinchalik “ilmiy maktab” tushunchasi ostida olimlarning aniq norasmiy jamoasi tushuniladigan bo‘ldi. Masalan, qadimgi davrda san’at va falsafiy fikr maktablari (Arastu shogirdlari va davomchilari jamoasi) ilmiy maktabning yorqin ko‘rinishi edi.


Download 57.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling