Kirish. I bob : Siyosiy matnlar va uning lingvistik ekspertizasi


Download 57.09 Kb.
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi57.09 Kb.
#1437585
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sabina

Me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning majburiyatlari kuyidagilardan iboratdir:

  • me’yoriy nazoratni o‘tkazishda faqatgina nazoratni o‘tkazish paytida amalda bo‘lgan standartlar, rahbarlik maqomidagi texnik hujjatlar va direktiv (so‘zsiz bo‘ysunishni talab qiluvchi) hujjatlarga tayanish, xato va kamchiliklarni aniq va asoslangan holda ko‘rsatish, me’yoriy-texnik hujjatlarning muayyan talablariga yo‘llanmalar bergan holda tekshirilgan hujjatlarni to‘g‘irlash bo‘yicha aniq takliflar berish, ya’ni ishlab chiquvchilardan amaldagi klassifikatorlarga muvofiq belgilashlarni o‘zlashtirishni talab qilish;

  • tekshirilayotgan hujjatlarga o‘zining qaydlarini belgilangan tartibda kiritish;

  • ishlab chiquvchi bo‘linmalarning rahbariyatiga texnik hujjatlarda standartlar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy ravishda taqdim qilish;

  • ijrochilarga konsultatsiyalar berish, shuningdek ularga yuqori sifatli hujjatlarni ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish;

  • taqdim qilingan hujjatlar standartlar, rahbarlik maqomidagi texnik hujjatlar va direktiv hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda barcha tekshirilgan va qabul qilingan hujjatlarni belgilangan tartibda imzolash.

Me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim quyidagi huquqlarga egadir:
1. Quyidagi hollarda unga taqdim qilingan hujjatlarni tekshirmasdan turib ijrochiga qaytarish:

  • hujjatlarni imzolash va jamlash qoidalari buzilgan;

  • ishlar palapartish bajarilgan;

  • hujjatlarga shakl berishning standartlar talablariga mos kelmasligi;

  • o‘zgartirishlar kiritilishiga asos bo‘lgan hujjatlarning yo‘qligi (o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi xabarnomani tekshirishda);

  • hujjatlarning mikrofilmlashtirish uchun yaroqsizligi.

  1. Hujjatlarni ishlab chiquvchidan tekshirish paytida paydo bo‘ladigan savollar bo‘yicha tushuntirishlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni, shuningdek tekshiruv o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan – ilgari ishlab chiqilgan va foydalanilgan hujjatlarni talab qilish;

  2. hujjatga o‘zgartirishlar kiritilganligini tekshirishda u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarga ham o‘zgartirishlar kiritishni ishlab chiquvchidan talab qilish;

  3. tekshirish jarayonida paydo bo‘ladigan savollar bo‘yicha tushuntirishlar olish uchun hujjatlarni ishlab chiquvchini chaqirib olish.

  1. Quyidagi hollarda taqdim qilingan hujjatni imzolamaslik:

  • me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning talablari bajarilmaganda;

  • korxonada tekshiriladigan texnik hujjatlarga yo‘llanma beradigan me’yoriy-texnik hujjatlar bo‘lmaganda;

  • “Nazoratchining xato va kamchiliklarni qayd qilish ro‘yxati” ijrochi tomonidan qaytarilmaganda.

  1. Hujjatlarda standartlar, rahbarlik maqomidagi texnik hujjatlar va direktiv hujjatlar talablaridan chetlashishlar mavjud bo‘lganda korxona bosh muhandisining chetlashishlar kartasi yoki o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi xabarnoma bilan rasmiylashtirilgan yozma ruxsatnomasini talab qilish.

  2. Texnik hujjatlar amaldagi standartlar, rahbarlik maqomidagi texnik hujjatlar va direktiv hujjatlar talablariga mos kelmagan taqdirda texnik xizmat xodimlaridan chizmalarga va boshqa texnik hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritishni talab qilish.

  3. Korxonalardan texnik hujjatlarni qabul qilib olish komissiyasining ishida ishtirok etish.

Me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim texnik hujjatlar va o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi xabarnomalarning mazmuni va shaklini tartibga soluvchi barcha ma’lumotlarga erkin erishish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Hujjatlarni ishlab chiquvchi va me’yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim o‘rtasidagi kelishmovchiliklar standartlashtirish xizmatining rahbari tomonidan hujjatlarni ishlab chiqishni amalga oshiruvchi bo‘linmalarning rahbarlari bilan birgalikda kelishilgan holda hal qilinadi.

XULOSA
O‘quv lug‘atchiligi. O‘tgan asr bosh­laridan Yevropaning bir nechta taraqqiy etgan davlatlari, xususan, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida amaliy tilshunoslik taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda lug‘atlarning ilk avlodi – o‘quv lug‘atchiligi taraqqiyotiga e’tibor oshdi. O‘quv lug‘atlari leksikografiyaning ta’limiy zarurat tufayli tug‘ilgan janri, lingvistik kompetentlikni oshirishning “strategik” vositasi, o‘quv lug‘atchiligi esa tilshunoslikning eng “qaynoq” sohasiga aylandi.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda bu sohani rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Qarshi davlat universitetida professor Baxtiyor Mengliyev rahbarligida 2007-yilda ona tili ta’limi uchun 10 dan ortiq ilk o‘quv lug‘atlari yaratildi va ta’limda “o‘quv lug‘ati” tushunchasi ommalashdi. Baxtiyor Meng­­liyev va Bashorat Bahriddinova tomonidan “Ma’rifat” gazetasining 2013-yil 13-sentabr sonida “O‘quv lug‘atlari” sarlavhali maqola chop etildi va u o‘zbek o‘quv lug‘atchiligining istiqbollarini belgilab berdi. Bashorat Bahriddinova, Zoira Rahmatova, Gulandom Mirxanovalar tomonidan fan doktori va falsafa doktori dissertatsiyalari himoya qilindi. O‘quv lug‘atlarini yaratish bo‘yicha davlat grantlari e’lon qilindi. Zotan, metodik va huquqiy jihatdan asoslangan leksik minimumlar, terminologik o‘quv lug‘atlari, darajali, interaktiv lug‘atlar, o‘zbek tilining milliy-madaniy xususiyatlarini tavsiflaydigan o‘quv izohli lug‘atlarisiz bugungi ona tili ta’limini tasavvur qilish qiyin.

Zamonaviy shaxsning muhim ko‘rsatkichi hisoblangan kommunikativ qobiliyatni o‘stiruvchi mazkur antroposentrik lug‘atlarni yaratish va ularni elekt­ronlashtirish zarurati, mamlakatimizda ling­vodidaktika, lingvometodika, peda­gogik leksikografiya, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi amaliy tilshunoslik sohalari taraqqiyotini taqozo qiladi.


Download 57.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling