11 Mavzu: Shaxs muammolari, bemor shaxsi va kasallik. Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika diontologiya masalalari


Download 336.6 Kb.
bet2/6
Sana02.01.2023
Hajmi336.6 Kb.
#1075238
1   2   3   4   5   6
Tibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilar-dan iborat:
— tibbiyot xodimlari xulq-atvorining davolash samarador-ligini imkoni boricha oshirishga qaratilgan tamoyillarini o'rganish;
— tibbiy xizmatdagi noqulay omillarga, hamshira va shifokor faoliyatidagi ziddiyatlarga, patologik ko'rinishlarga barharn berish;
— tibbiyot xodimlari bilan bemorlar o'rtasida o'rnatila-digan o'zaro munosabatlar tizimim o'rganish;
— zamonaviy tibbiyot va bemor talabiga javob bermay-digan tibbiyot xizmatining zararli omillarini tugatish.
Tibbiyot xodimi bemorlar bilan, o'z kasbdoshlari bilan muloqotda sabr-chidamli, samimiy xushniuomalada bo'lishi, kasbdoshlariga mehribon bo'lishi lozim.
Haqiqatan ham tibbiyot xodimi har kuni ertalabdan kechgacha qancha-qancha bemorlar, xodimJar bilan muorna-lada bo'ladi. Uning kayfryati va ish qobiliyati ana shu muomalagabog'liq. Demak, deontologiya tamoyillari nafaqat tibbiyot xodimlari, balki barcha kasbdagi kishilarga ham taalluqlidir, chunki har qanday bemor tibbiyot xodimi bilan axloq-odob doirasidagi harakatlarni, so'zlarni ishlatishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy tibbiy muassasalar paydo bo'la boshladi. Bu muassasalar bemorlarga pulli xizmat ko'rsatadi. Xususiy tibbiy muassasalarda xizmat qiladigan tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalasi, ayniqsa, dolzarb hiseblanadi. Chunki ularga birlamchi murojaat qilgan kishi ushbu dargoh, unda xizmat ko'rsatuvchi xodimlar to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini, baholarini berishadi. Shuning uchun ham ularning faoliyatida xushmuomalalik muhim o'rin egallaydi. Xushmuomala— ichki madaniyatning ifodalanish shakli, odamlar bilan muomala qilish shaklidir. Uning negizini kishining o'z qadr-qimmatini bilishi va boshqalarni hurmat qilish hissi tashkil etadi. Xushmuomala boshqa odamlar bilan munosabatda va og'ir-vazmin bo'lishda, o'z izzat-nafsini tiya bilishda, boshqalarning mayl va istaklariga qarshi chiqmaslik, balki hurmat bilan qarashda ifodalanadi.
Odob — xulq-atvorning shartli ravishda qabul qilingan qoidasi bo'iib, u odamning jamoat orasida o'zini tuta bilishidan dalolat beradi. Bularga ongli ravishda amal qilgan odam boshqalarni hurmat qila oladi. Ularning istak-xohishini tushuna oladi. Odob — xulq-atvor borasidagi me'yorni his qilish demakdir.
Bu xulq-atvor me'yori kishilar bilan munosabatda ziyrak, ehtiyotkor va e'tiborli bo'lishga, faqat o'z nuqtai nazaridangina ish ko'rib qolmay, balki boshqa odamlarning fikrini hisobga olib ish ko'rishga asoslanadi.

Download 336.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling