11 Mavzu: Shaxs muammolari, bemor shaxsi va kasallik. Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika diontologiya masalalari


Quyida shunday hamshiralarga misollar keltiramiz


Download 336.6 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2023
Hajmi336.6 Kb.
#1075238
1   2   3   4   5   6
Quyida shunday hamshiralarga misollar keltiramiz:
1. Vazifalarini mexanik bajaruvchi hamshira—hozirgi kunda eng ko'p uchraydigan hamshiralar sirasiga kiradi. Bu hamshiralar barcha vazifalarni qoida bo'yicha aniq, o'z vaqtida sinchkovlik bilan bajarishadi. Lekin o'zi tashabbus ko'rsatmaydi. Bemorning dardiga sherik bo'lish, uning hissiyotlarini anglash ularga yot.
2. ,,Yodlab olingan rolni ijro etuvchi" hamshira. Bu ham­shiralar alobida e'tiborga loyiqdir. Ular bemorning oldida har xil rollarga kirishadi, o'z vazifalarini bajarishga harakat qilishadi.
3. ,,Tajang" hamshira. Bunday hamshiralar o'z faoliyatida hissiyotga o'ta berilgan bo'lib, bemorlarga qo'pol, dar-g'azablik bilan munosabatda bo'ladilar, tez jahli chiqib tajanglik qilishlari bilan ajralib turadilar. Bu ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday hamshira qovoqlari soliq, peshonasi tirishgan, nimadandir norozi ko'rinadi. Ularnevroz holatida ayrim ishlarni bajarishmaydi. Ulardan shunday so'z-larni eshitish mumkin: ,,Nima, men sizlarning cho'rilaringmi yoki mening oyog'im tekinga kelganmi" va h. k. Buning oldini olish uchun psixiatrga murojaat qilish yoki ishdan bo'shatish choralari ko'riladi.
4. Erkaksimon yoki kuchli hamshira. Bularning yurish-turishi hamma bemor uchun tanish, muomalasi qo'pol, prinsipial bo'Isa-da, haq bo'lishadi. Ularda madaniyat, bilimdonlik yetishmaydi. Lekin ularqattiq e'ti-qodli, qat'iyatli, kechirmaydigan bo'lishadi. Bemordan tartibli bo'lishni talab qilishadi.
5. ,,Onaxon" hamshira. Bunday hamshira bizning kasal-xona, ambulaloriya va poliklinikalarimizda ko'p uchraydi. Haqiqiy o'zbek hamshirasining xususiyatlari shu hamshira timsolida yaqqol namoyon bo'ladi. Ish ular uchun hayotning ajralmas bir bo'lagi hisoblanadi. Ular hamma ishlarni bajarishga ulgurishadi.
6. Mutaxassis hamshira. Bu hamshiralar o'zining ay-rim shaxsiy xususiyatlariga ko'ra alohida mavqega ega bo'lishadi. Sunday hamshiralar yaxshi kotiba yoki texnik vazifalarni bajara oladigan bo'iadilar. Ular laboratoriyalarda, tibbiy uskunalar bilan ishlash joylarida xizmat qilishadi. Bu hamshiralar o'zlari bajaradigan ishlardan boshqa ishlarga qiziqishmaydi.
Hamshira shaxsi, uning ishlash uslublari, bemorlarga munosabati, bemor bilan ishlashning psixologik usullarini qanday egallaganligi - bular, o'z-o'zidan ravshanki, davolovchi ta'sir ko'rsatadi.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni ado etish uchun hamshiralar doimo izlanishda bo'lib, o'z ustida ishlashlari, bilimlarini tinmay oshirib borishlari kerak.







Kasalliklar va psixologik muammolarning o'zaro aloqasi


"Nervlardan barcha kasalliklar" iborasi ilmiy tasdiqlashga ega. VOZ bo'yicha kasalliklarning paydo bo'lishida psixikaning roli - 40%. Psixologik muvozanat buzilganida, organizm kasallikka olib boradigan jarayonlarning butun bir zanjirini boshlaydi:

  1. Stress va surunkali asabiy taranglik yurak, oshqozon, miya ishini buzadigan bachadonlarning gormonlar sekretsiyasini rag'batlantiradi.

  2. Uzoq muddatli salbiy his-tuyg'ular qon tomirlarining spazmlariga, qonda toksinlar to'planishiga, avtoimmun kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Allergiyaning psixologik muammosi - bu intolerans, vaziyatni rad etish, odam.

Download 336.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling