11 Mavzu: Shaxs muammolari, bemor shaxsi va kasallik. Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika diontologiya masalalari
Download 336.6 Kb.
|
11 Mavzu: Shaxs muammolari, bemor shaxsi va kasallik. Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika – diontologiya masalalari.cc 11 Mavzu: Shaxs muammolari, bemor shaxsi va kasallik. Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika – diontologiya masalalari.Reja:
Shaxs muammolari, bemor shaxsi va kasallik Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika – diontologiya masalalari Tibbiyot deontologiyasi tamoyillari shakllanishining qisqacha tarixi: Tibbiyot deontologiyasi (yunoncha deontos - zarur, lozim bo'lgan narsa va logos — ta'limot) tibbiyot xodimlarining kasbiy xulq-atvori haqidagi fandir. Deontologiya Osiyo davlatlarida VI—IV asrlardayoq tarkib topgan. IV asrlardan boshlab O'rta Osiyo hududida zardush-tiylikta'limoti kuchayadi. Uning qonun-qoidalari ,,Avesto" kitobida o'z ifodasini topgan. Bu kitobda xususan, axloqiy tarbiya, bola tarbiyasiga doir qarashlar ham bayon etilgan. Shuningdek, uning ta'limoti uch ifodada: Humata—yaxshilik timsoli, Nuhta—to'g'ri so'z, Xvarshita—yaxshi xulqlarda mujassamlashgan. Mustaqil O'zbekistonimizda deontologiyaning shaklla-nishiga buyuk allomalarimiz Xorazmiy, Farg'oniy, Ismoil al Buxoriy, At-Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg'inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg'ariy va boshqa buyuk olim-larimiz o'zlarining yaratgan nodir asarlari bilan katta ta'sir ko'rsatishdi. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi o'lmas asarlari bilan O'rta Osiyoda tibbiyotning yuksalishiga o'zining bebaho hissasini qo'shgan. Abu Ali ibn Sino yaxshilikka olib boruvchi axloq qoi-dalarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd etadi. Abu Ali ibn Sinoning ta'kidlashicha, ,,Eng muhim axloqiy boylik adolatdir". Axloqiy tushunchalar aqlga, bilimga asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdon va olim bo'lmasin axloqiy tamoyillarga tayanmasa, u odobsizlik va yomonlikka yo'l qo'yadi. Ibn Sino o'zining ,,Qush tili" asarida ikkiyuzlamachilik, yolg'onchilik, xoinlik kabi illatlarni qoralaydi. Inson ustidan har qanday zo'ravonlikni qoralaydi. Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri o'zining yomon axloqiy illatlarini anglab, ularni yo'qo-tishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga e'tibor va g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lish alohida o'rin tutadi. Kimki, o'z axloqini tarbiyalash uchun o'z oldiga qo'ygan vazifasini bajarib, o'z xulqini tuzatishga intilsa, unga hech narsa qo'rqinchli emas. Kimki, o'z xatosini tuzata olsagina, u boshqaJarning tarbiyasi haqida g'amxo'rlik qila olishi mumkin. Download 336.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling