11 Mavzu: Shaxs muammolari, bemor shaxsi va kasallik. Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika diontologiya masalalari


Tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalalari


Download 336.6 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2023
Hajmi336.6 Kb.
#1075238
1   2   3   4   5   6
Tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalalari. Hozirgi kunda tibbiyot amaliyotiga aholini sog'lomlash-tirishning turli tadbirlari joriy qilinmoqda. Ayniqsa, ,,Sog'lom organizm" uchun kurashuvchi ,,Lemon" dasturi o'z tamoyillari biian boshqalardan ajralib turadi. Tibbiy amaliyot-da hamshiraning bajaradigan ishlar ko'lami shifo^orlar bajaradigan ishlar ko'lamidan kengroqdir. Lekin bu tadbir-larning sifat darajasi qanday? Yakuniy samaradorligi yetarlimi? Faqat buyurilgan muolajalarni bajarish bilan bemoaning dardiga davo topib bo'lmaydi. Buning uchun hamshira bemor psixplogiyasini, Lining muolajagacha boMgan ruhiy holatini baholay olishi lozim. Buning uchun hamshira deontologiya tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bo'lishi shart. U shifokor bilan bemor o'rtasidagi ishonchli ko'prik bo'lishi zarur.
Hamshira va bemor o'rtasidagi deontologik munosabatlar: Hamshiralar kasalxonadan yoki poliklinikadan ishdan qaytgandan so'ng. ,,Shu bugun juda charchadim", Juda ko'p ish bo'ldi" deya, toliqqanliklarini bildirishadi. Haqi-qatan ham ishlari og'ir, lekin xizmat joyidagi tartibsizlik charchoqqa sabab bo'lishi mumkin. Venger olimiari hamshira faoliyati bo'yicha bir necha o'nlab tadqiqbtlar olib borib, ularni charchatadigan asosiy omil bemorning injiqligi, his-tuyg'uga berilishi, jizzakiligi sabab bo'lishiga amin bo'lishdi. Shuning uchun ham Parasels: ,,Sevgi va g'amxo'rlik" — barcha dori-darmonlardan afzaldir, deydi.
Ayrim hollarda hamshiralar bemorlarga g'amxo'rlik, xushmuomalalik qilib, ertasiga xayfsan olishadi. Chunki bernorlardan qay biriga e'tibor kamaygan bo'lsa, o'sha bemor shikoyat qiladi. Lekin u ,,men hamma ishni qildim-ku", degan fikrda bo'ladi. Haqiqatan yuzaki qaraganda shunday tuyuladi. Mehnatkash, har narsaga ulguradigan hamshira bor kuchi va bilimini ishga solib, bemorning ko'nglini topish uchun jami choralarni ko'radi. Shunday bo'lsa-da, ish mobaynida u yoki bu darajadagi xafagarchiliklar, kelishmovchiliklar bo'iib turadi. Ambulatoriya sharoitida bunday holatlar bemorlarning toqat bilan kuta olmasligi, injiqligi hamshira va shifokorlar uchun muammolar tug'diradi.
Tibbiyot fanlarining rivojlanishi hamshiraning amaliyot-dagi roli ortib borayotganligini ko'rsatmoqda. Endilikda bemorni tarbiyalash hamshiradan yuqori saviyada tibbiy va texnik, psixologik bilimlarga ega bo'lishni talab qilmoqda. Shuning bilan birgalikda hamshiraning vazifalari har tomonlama murakkablashib bormoqda. Turli hisobotlar, bemorlarni turli shifobaxsh ichimliklar va ovqatlar bilan ta'minlash, yordamga muhtoj bemorlarni ovqatlantirish, cho'miltirish, yotoq joylarini saranjom-sarishta qilish, bemor gigiyenasi bilan bog'liq boshqa topshiriqlarni bajarish ana shuiar jumlasiga kiradi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, hamshira yuqorida aytilgan ishlarni bajaraman, deb o'zining asosiy ishi—bemorni parvarish qilishga juda ham kam vaqt sarflaydi. Demak, zamonaviy tibbiyotda hamshiralarni ikkilamchi vazifalardan ozod qilish, faqat bemorni parvarish qilish uchun sharoit yaratib berish zarur. Hamshira faoliyatidagi kamchiliklardan bin bu hamshiraning o'z vazifalarini mexanik bajarishidir. Bunda hamshira o'zi bilgancha bemorni parvarish qilish bilan shug'ullanib, harorat o'lchash, inyeksiya qilish, dori modda-larni tarqatish kabi vazifalarni bajaradi xolos. Ular bemorga psixologik nuqtayi nazardan e'tibor bermaydi. Uning bemor bilan muloqoti doirasi chegaralanib qoladi. Bu esa hamshira bilan bemor o'rtasida sovuq munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Natijada, hamshiraning ko'ngil so'rashni bilmasligi, e'tiborsizligi bemorlarning shikoyat qilishlarigacha borib yetadi.
Hozirgi zamon tibbiyotiga ,,hamshiralik ish jarayoni" tushunchasi kirib keldi. Agar bu jarayon tahlil qilinadigan bo'lsa, uning har bir bosqichi bemor bilan hamshira o'rtasi-dagi munosabatga borib taqaladi. Hamshiralik ishi jarayoni ilmiy asoslangan, bemorning ehtiyojlariga xizmat qiladigan professional hamshiralik yordamiga asoslangan faoliyat hisoblanadi. Bunda bemorning hamshiraga bo'lgan ishonchi muhim o'rin tutadi. Bemor hamshiraga ishonsa, bemor unga o'zining ichki kechinmalarini, g'am-tashvishini aytadi. Yaxshi hamshira esa undan o'z yordamini ayamaydi. Hamshira bu ishonchni oqlashi, bemor sirlarini saqlay bilishi muhimdir. Ko'pgina hollarda hamshiralar bu fazilatga ega bo'lmaydi va bemor sirini boshqa bemorlarga yetkazadilar. Natijada, bunday hamshiralarga bo'lgan ishonch yo'qoladi.
Hamshira faoliyatida mish-mishlar, soxta ma'lumot berish, yomon va qo'pol ohangda gaplashish, bemor bilan hamshira munosabatlarining buzilishiga olib keladi.
Bemorlarga hurmat bilan murojaat qilish, ularga namunali xizmat ko'rsatish bemor biian hamshira o'rtasidagi muno-sabatni yanada yaxshilaydi. Bunda bemorni tushunish, unga e'tibor bilan qarash ham o'zaro ishonchni mustahkamlaydi. Zero, bemorning aqliy rivojlanganligi, bilimdonligi va shaxsiy fazilatlarini hamshiraning ish jarayonida o'rganib borishi muhimdir. Shundagina har bir bemorga individual yondashish mumkin bo'ladi. Hamshira bemor dardini, ruhiy azoblarini his qila olishi, uni o'zida anglay bilishi hamshira fapliyatining yanada mukamallashganligidan dalolat beradi.
Tibbiyot amaliyotida turli tavsifdagi hamshiralarni uchra-tish mumkin. Ayniqsa, milliy urf-odatlarimiz hamshiralarimiz faoliyatida yaqqol aksini topadi. Ularda mehribonlik, odamiylik, o'zgaga hurmat hissi juda yuqori bo'ladi.

Download 336.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling