11-mavzu: Statistik fizika va tеrmоdinamika Reja
Download 89 Kb.
|
Fiz E11
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tashqi kuchlar ta’siri bo‘lmaganda gaz molekulalarining hajm bo‘yicha taqsimlanishi
Fluktuatsiya (lot. fluctuatio tebranish) — fizik kattaliklarning o`z o`rtacha qiymatlaridan tasodifiy og`ishi. Tasodifiy omillarga bog`liq bo`lgan har qanday kattaliklarda fluktuatsiya sodir bo`ladi. Statistik fizikada fluktuatsiya tizim zarralarining issiklik harakati tufayli vujudga keladi. Broun harakati mayda zarralarga muhit molekulalari ko`rsatayotgan bosimning fluktuatsiyalari natijasida sodir bo`ladi. Fluktuatsiya fizik o`lchashlar aniqligini chegaralab qo`yadi, radiopriyomniklarda shovqin hosil qiladi. Shuning uchun statistik fizika, radiotexnika va h.k. larda fluktuatsiyalar hisobga olinadi. Fluktuatsiya har qanday tasodifiy jarayonlarga tegishli.
3. Tashqi kuchlar ta’siri bo‘lmaganda gaz molekulalarining hajm bo‘yicha taqsimlanishi Hozirgi zamon fanining ma’lumotlariga ko‘ra har qanday modda (jism) molekula deb ataladigan alohida zarrachalardan tuzilgan bo‘lib, molekula o‘z navbatida atomlardan tashkil topgandir. Atom-muayyan kimyoviy elementning barcha xususiyatlarini o‘zida saqlagan eng mayda zarrasi. Har qanday elementning atomi proton va neytronlardan tashkil topgan musbat zaryadli yadrodan va uning atrofida aylana yoki elliptik orbitalar bo‘yicha harakatlanadigan manfiy zaryadli elektronlardan iborat murakkab sistemadir. Molekula-muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalariga ega bo‘lgan va mustaqil ravishda mavjud bo‘la oladigan eng mayda zarrasi. Molekula bir xil yoki har xil atomlardan tashkil topishi mumkin. Molekulaning xossasi- uning tuzilishiga, qanday atomlardan tashkil topganligiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashuviga, ular o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashish kuchlarining tabiatiga bo\liq. Tabiatdagi barcha jonli va jonsiz narsalarning hammasi moddalardan iboratdir. Ma’lum bo‘lgan moddalarning xossalari aniqlanib ularga nomlar ham berilib bo‘lingan. Hozirgi kunda taxminan ikki milion xil modda mavjud. Bir xil atomlardan tuzilgan molekulali moddalarga oddiy moddalar deyiladi. Har xil atomlardan tuzilgan molekulali moddalarga murakkab moddalar yoki kimyoviy birikmalar deyiladi. Molekulalarning o‘lchamlari juda kichik bo‘lib, ularning diametrlari 2×10-8sm chamasida bo‘ladi. SHunipng uchun, har qanday gazning bir kub santimetrida 2,7·1019 ta molekula bor. (normal sharoitda) Bu sonning qanday katta ekanligini tasavvur qilish uchun quyidagi misolni keltirishimiz etarlidir: Ichi bo‘sh bo‘lgan 1 sm3 si\imli ampulani teshigidan har sekundda 100 mln donadan havo molekulasi o‘tadigan bo‘lsa, ampulani normal zichlikkacha to‘l\azish uchun 9000 yilga yaqin vaqt zarur bo‘ladi. Molekula va atomlarning massasi juda kichik bo‘ladi. Masalan, normal sharoitda vodorod molekulasining massasi mng≈3,3×10-24g. ga teng. Hisob ishlarida molekulalarning massalarini absolyut qiymatlaridan emas, balki nisbiy qiymatlaridan foydalanish qulay bo‘ladi. SHuning uchun har qanday atom va molekulaning massasi halqaro kelishuvga muvofiq uglerod (6S12) atomi massasining 1/12 qismi bilan taqqoslab olinadi_ bu holda nisbiy massa butun songa yaqin bo‘ladi. Moddalar nisbiy molyar massasi (yoki atom) deb, shu molekula (yoki atom) massasining uglerod molekulasi (yoki atomi) massasining 1/12 qismiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling