11. Mavzu. Subtropik mintaqa tuproqlari geografiyasi reja subtropik mintaqaning tabiiy iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari


Subtropik chala cho’l va cho’l oblasti


Download 138.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi138.01 Kb.
#1526913
1   2   3   4
Bog'liq
11 mavzu (1)

Subtropik chala cho’l va cho’l oblasti 


Sahroi Kabir va Arabiston yarim orolining shimoliy qismlari, Old Osiyo cho’llari, 
Avstraliya materigining janubi, Chilining markaziy qismlari, Kalifomiyaning kichikroq qismi, 
Kalaxari cho’lining janubiy hududlari ushbu oblast tarkibiga kiradi. Shuningdek, O’rta Osiyoning 
janubiy hududlari ham mazkur oblast tarkibiga kiradi. Bu hududlarda sial karbonatli, ko‘pincha 
sho‘rlangan va dag‘al tarkibli nurash po‘sti katta maydonlami egallaydi. Hududning 3/4 qismini 
subtropik cho’llaming sodda va kam rivojlangan tuproqlari ishg‘ol etgan. Shuning uchun 75 % 
maydoni tosh va chag‘ir toshli cho’l tuproqlari, qum va qumloqlardan iborat boiib, qolgan 25 % 
maydonlardagina bo‘z tuproqlar tarqalgan. Tuproqlaming turlicha boiishida litologik - 
geomorfologik sharoitlaming xususiyatlari hal qiluvchi rol o‘ynaganligi maium. Hammasidan 
ko‘proq cho’llaming toshloq va toshloq loyli tuproqlari keng tarqalgan. Ayniqsa, Osiyoning 
toshloq cho’llarida sur - q o ‘ng‘ir cho‘1 tuproqlari rivojlangan. Subtropiklaming qumli cho’llari 
toshloq loyli cho’llarga nisbatan kichikroq maydonlami egallaydi. Qumli cho’llarda qum 
marzalari, do‘ng qumlari kabi relyef shakllari keng tarqalgan boiib, ular turli darajada o‘simliklar 
bilan qoplangan (mustahkamlangan), ana shular ostida qumli cho‘l tuproqlari shakllanadi. Ko‘chib 
yuruvchi barxan qumlar unchalik katta boimagan maydonlarni egallaydi.
Asosiy tipik bo‘z tuproqlar tog‘oldi va tog‘laming pastki qismlaridagi lyossimon 
yotqiziqlar va lyosslarda shakllanadi. Bulardan tashqari cho’l oblasti tuproq qoplami tuzilmasida 
sho ‘rxoklar va taqir lar ham muhim o‘rin tutadi (yuqoridagi tuproqlaming genezisi va xossalariga 
oid maiumotlarga VII. 7.2. bandda kengroq to‘xtalingan).
Subtropik semam o‘rmon oblastida yetakchi qishloq xo‘jalik tarmoqlari - choychilik, 
subtropik mevachilik (limon, apelsin, mandarin, xurmo, anjir, anor va b.) hisoblanadi. Yana 
shuningdek. uzum, efirmoyli va dorivor o‘simliklar yetishtirish ham rivojlangan.
Subtropik kserofit - o‘rmon va buta - dasht oblastida yuqoridagi mevalardan tashqari 
vinochilik, ipakchilik, asalarichilik hamda turli boshoqli (bug‘doy, makka va b.), sabzavot va 
yemxashak ekinlari yetishtirish rivojlangan. Dehqonchilik sug‘orma va lalmi tarzda amalga 
oshiriladi.
Cho’l zonasida hududning 76 % maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanilsa-da, shuning atigi 
1,7 % i haydaladigan yerlar, 0,1 % i yem-xashakka moijallangan, 74 % i esa yaylovlarga to‘g‘ri 
keladi.
Tog‘oldi chala cho’l zonasining 69 % i qishloq xo‘jalik yerlari boiib, shuning 18 % 
maydoni sug‘oriladigan yerlar, 0,7 % i yemxashakka moijallangan, 46 % i yaylovlarga to‘g‘ri 
keladi. Asosiy qishloq xo‘jalik tarmogi - paxtachilikdir.
Umuman subtropik mintaqaning dehqonchilikda o'zlashtirilganlik darajasi 17 % boiib, eng ko‘p 
haydaladigan tuproqlar qurg‘oqchil va semam oblastlardagi jigarrang, qizil va sariq, qora 
subtropik hamda qayir tuproqlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Nil, Dajla, Furot, Hind, Amudaryo kabi 
daiyo vodiylarida eng qadimgi dehqonchilik madaniyati markazlari tarkib topgan.

Download 138.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling