11. Mavzu. Subtropik mintaqa tuproqlari geografiyasi reja subtropik mintaqaning tabiiy iqlimiy sharoiti va tuproq oblastlari


Subtropik kserofit - o‘rmon va buta - dasht oblasti


Download 138.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi138.01 Kb.
#1526913
1   2   3   4
Bog'liq
11 mavzu (1)

Subtropik kserofit - o‘rmon va buta - dasht oblasti 
Mazkur oblast hamma materiklarda tarqalgan bo‘lib, O’rta dengiz bo‘yi, Kichik Osiyo, 
Kavkazortining markaziy qismlari, Janubiy va Sharqiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Myanma, 
Xitoyning juda katta maydonlari), Shimoliy Amerika (Texas, Nyu-Meksika, Arizona, Kalifomiya 
shtatlari), Avstraliya, Janubiy Afrika (Kalaxari cho‘lining janubi) va Janubiy Amerikani o‘z ichiga 
oladi. Ularning barchasi murakkab relyef tuzilishiga ega bo‘lib, tog‘ tizmalari, yassi tog‘liklar, 
plato va tog‘ oralig‘i botiqlarining almashinib kelishi xarakterli. Shu bois katta hududlarda 
gorizontal tuproq zonalari namoyon bo‘lmay, tog‘ balandlik mintaqalari hukmronligi yaqqol 
ifodalangan. Tuproq qoplamida jigarrang va sur jigarrang tuproqlar keng tarqalgan. U yoki bu 
guruh tuproqlari orasida o‘ziga xos qora subtropik tuproqlar ham muhim o‘rin tutadi.
Jigarrang va sur jigarrang tuproqlar asosan sial - karbonatli nurash po‘stida shakllangan 
bo‘lsa-da, jigarrang tuproqlar past bo‘yli siyrak kserofit o‘rmonlar ostida, sur jigarranglari esa 
butali subtropik dashtlar ostida uchraydi. Avstraliyada jigarrang tuproqlar quruq evkalipt 
o‘rmonlar ostida, O’rta dengiz mamlakatlarida boshoqli o‘tlar bilan qoplangan dag‘al bargli 
doimiy yashil butalar (makvis) yoki bargini to‘kuvchi butalar (shiblyak) ostida rivojlanadi. Ular 
uchun mavsumiy nam sharoitda suv bilan yuvilmaslik tartibi xarakterlidir.
Jigarrang tuproqlarda gumus miqdori 5-8 % ni tashkil etadi, reaksiyasi meyorga yaqin. Sur 
jigarrang tuproqlar jigarrang va bo‘z tuproqlar o‘rtasidagi o‘tkinchi holatni egallaydi. Ular 
jigarrang tuproqlardan kesmasining kam loylashganligi hamda gumus miqdorining unchalik ko‘p 
emasligi (2-4 %) bilan farqlanadi. Bundan tashqari ular o‘rtasidagi tafovutning asosi gidrotermik 
tartib hisoblanadi.
Qora subtropik tuproqlar asosan yassi, yuzasi kam o‘yilgan tekisliklar yoki botiqlarda 
rivojlansa-da, ba‘zan daryo vodiylari va dengiz bo‘yi terrasalarida ham uchraydi. Ba‘zilar ushbu 
tuproq genezisi va rivojlanishi gidromorf bosqich bilan bog’liqligini qayd etsalar-da, ular avtomorf 
sharoitlarda ham uchraydi. Ularda gumus miqdorining ko'pligi, suv bilan yuvilmaganlik tartibi va 
loyli - karbonat qatlamining mavjudligi uni qora tuproqlarga yaqinlashtiradi. Biroq, qurg‘oqchil 
issiq mavsumda juda qattiqlashadi va yuzasi yoriladi, namgarchilikda esa juda bo‘kib ketishi va 
boshqa xususiyatlari bilan tipik qora tuproqlardan farqlanadi.

Download 138.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling