11-mavzu. To’G’riqanotlilar turkumi reja


Download 90.93 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi90.93 Kb.
#1528942
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11. entomologiya


11-MAVZU. TO’G’RIQANOTLILAR TURKUMI
Reja:

  1. Uzun mo’ylovli to’g’ri qanotlilar

  2. Kalta mo’ylovli to’g’ri qanotlilar



Tayanch so’zlar: chigirtkalar, bitlar, teng qanotlilar, kandalalar yoki yarim qatiq qanotlilar


To’g’ri qanotlilar-Ortnoptera (Pryamokrle).

Bu turkum vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan. Ular ancha yirik bo’lib, gavdasi cho’ziq| boshi gipognatik tipda, tanaga erkin birlashgan, og’iz apparati kemiruvchi tipda, oldingi ust qanoti tersimon, orqa qanotlari pardasimon va yelpigichsimon tuzilgan.


Bosh qismida bir juft murakkab 1-3 ta oddiy ko’zlari bor, mo’ylovlari ko’p bo’g’imli, turli shaklda, ular ingichka va har xil uzunlikda, ba’zilarida gavdasidan uzun (Masalan, temirchaksimonlar, chirildoqsimonlar), ba’zan gavdaning yarmiga teng bo’ladi. Masalan; chigirtklarda.
Qanotlari yaxshi taraqqiy etgan, ba’zilarida yo’q yoki temir qanot bo’lib aniqtomirlangan. Oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Orqa oyoqlarining soni va boldirlari yo’g’onlashgan, baquvvat tikanlari bor. Ular sakrash uchun moslashgan. Ko’p turlarida oldingi va o’rta oyoqlari yurish, yugurish. Tirmashish uchun xizmat qiladi. Ba’zilarida kovlagich tipda tuzilgan.
Ba’zilarida, masalan, chigirtkalarda qorinchasining 1-tergitida, temirchak va chirildoqlarda oldingi boldirlarida tovush eshitish -timpanelь organi bor.
Ko’pchilik termirchaklar va chirildoqlarda, asosan erkak individlarining orqa sonlari va ust qanotlaridajoylashgan maxsus tovush chiqarish (chirillash) moslamalari bor.
To’g’ri qanotlilar tuxumlarini yerga, qisman o’simliklarga qo’yadi. Ular tuxum, lichinka yoki imago davrida qishlaydi. Ular 2 xil sharoitda uchraydi: 1.Fitofillar, bular o’simliklarda uchraydi. Ularning tanasi silliq yonboshi siqiq-tekis, yashil yoki sarg’ish rangda bo’ladi.
2.Geofillar tuproq orasida uchraydi. ularning tanasi yassi, usti notekis, tuproq rangda bo’ladi.
To’g’ri qanotlilar o’simlikxo’r, yirtqich, hammaxo’r bo’lishi mumkin. Ko’p turlari, masalan, chigirtkalar qishloq xo’jaligi zararkunandalari hisoblanadi.
Bu turkumning 20 000 dan ortiq turi bor. Bu turkum 2 ta kenja turkumga bo’linadi:
1.Uzun mo’ylovli to’g’ri qanotlilar-Dolicnocera
2.Kalta mo’ylovli to’g’ri qanotlilar-Brachycera.
1-Kenja turkum: Uzun mo’ylovli to’g’ri qanotlilar-Dolichocera

Bularning hammasida mo’ylovlari uzun qilsimon, eshitish organi oldingi oyoqlarining son qismida joylashgan. Urg’ochilari qorinining keyingi bo’g’imida uzun tuxum quygichi bor. Bularga 2 ta katta oila kiradi.


Bosh oila: Temirchaklar-Tittigonioidea vakillarining mo’ylovi uzun, panjalari 4 bo’g’imli, tuxum quygichlari o’roqsimon yoki qilichsimon shaklda, tserkilari kalta bo’ladi.
Erkak individlarida ust qanotlarining birining asosida yo’g’onlashgan tomir, ikkinchi (o’ng tomondagi) qanotda ingichkalashgan (parda) qism bor. Ular bir-biriga ishqalanishi natijasija chirillagan ovoz chiqaradi. Eshitish organi oldingi boldirlar asosida joylashgan. Bular o’simlikxo’r, yirtqich bo’lib, tuxumlik davrida qishlaydi. Bular Kavkaz, Qrim, Sibirь, Qozog’iston, O’rta Osiyo va boshqa joylarda uchrab, g’alla, kartoshka, tamaki, beda barglari yoki nixollarni keltirib katta zarar yetkazadi.
Bosh oila: Chirildoqlar-Yrylloidea bular tashqi ko’rinishdan temirchaklarga o’xshaydi. Farqi: oyoq panjalari 3 bo’g’imli, tserkilari yumshoq bo’ladi. Chirildoqlar tanasi yirik, yassi va silliq bo’ladi.
Mo’ylovlari ingichka va qilsimon, lichinkalik davrida qishlaydi. Ular bir nechta oilaga bo’linadi:
1-Oila: Chirildoqlar, bu oila vakillari xonadonlarda uchraydi. kech qurunlari chirillgani uchun uy qora chirildog’i deyiladi. Oziqa qoldiqlari va non qoldiqlari bilan oziqlanadi. Panjalar 3 bo’g’imli, kattaligi 12-15 mm.
Cho’l chirildog’i keng tarqalgan. Tuxumini iyun oyida qo’yadi. Iyul oyida lichinkalari chiqadi va o’simlikka zarar yetkazadi. Lichinkalari qishlaydi va may oyida voyaga yetadi. Voyaga yetgach parnik, poliz ekinlariga katta zarar yetkazadi. Rivojlanish davri 13-14 oy davom etadi.
2-Oila: Poya chirildoqlari yoki parmalovchilar, bularda tuxum qo’ygichi to’g’ri, ba’zilarida qanotlari kichik yoki yo’qolgan. Tuxumlarini o’simlik poya va novdalari ichiga qo’yadi. Bular O’rta Osiyoning ekinzorlariga, g’o’zaga katta zarar yetkazadi.
3-Oila: Buzoqboshilar vakillarida kalta va muskulli oyoqlari yer kovlashga moslashgan, qanotlari kalta, urg’ochilarida tuxum quygichi yo’q. Kattaligi 3,5-5 sm, zax tuproqli joylarda uya kovlab yashaydi, kechasi aktiv hayot kechiradi. O’simlik ildizi, kartoshka, sabzavaot va g’o’za ildizini qirqib, katta zarar yetkazadi.

2-Kenja turkum: Kalta mo’ylovlari to’g’ri qanotlilar-Vrachycera.


Bularga chigirtkasimonlar, tetrogidrosimonlar va triperstosimonlar bosh oilalari kiradi.



Download 90.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling